Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Bolalarda pielonefrit bilan buyrak



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
o\'tkir pielonefrit

Bolalarda pielonefrit bilan buyrak 
kalavalari va kanalchalarida nuqsonli rivojlanish borligi orasida yaqin aloqa 
mavjud. 
Nefronlarning 
tug‘ma etilmaganligi (enzimopatiya, irsiy 
immunodefitsit holat) infeksiyaning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi.
Bolalarda pielonefrit rivojlanishiga eng ko‘p moyillik qiluvchi omillarga 
siydik yo‘llarida urodinamikaning buzilishi kiradi. Bolalarda pielonefrit kasalliklari 
bilan kasallanganlarning 92% da obstruktiv pielonefrit aniqlanadi. U jom ichki 
bosimining ko‘tarilishi bilan kuzatiladi, buning natijasida fornikal apparatdan
infeksiyalangan siydikning so‘rilishi, mikroorganizmlarning qonga yoki limfa 
tizimiga kirishi, uni blokada qilishi va oxirida interstitsiyaning zararlanishi uchun 
sharoit yaratiladi. 
Buyrakning qovuqdan siydik nayi bo‘shlig‘i bo‘ylab yuqoriga ko‘tariluvchi 
yoki urinogen yo‘l bilan infeksiyalanishi faqat qovuq–siydik nayi reflyuksi 
bo‘lganda kuzatilishi mumkin. Pielonefritning yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l bilan
rivojlanishining boshqa sabablari orasida (buyrakning qo‘shaloq bo‘lishi, 
gidronefroz, nefroptoz, urolitiaz va b.) uning uchrashi bolalarda 80% gacha 
uchraydi. Ko‘pincha bu yo‘l jomdan buyrak parenximasiga (pielointerstitsial 
reflyuks) infeksiya kirganda aniqlanadi. Buyrak jomida bosim ko‘tarilgan paytlarda 
kasallikning qo‘zg‘atuvchilari pielovenoz va pielolimfatik reflyuks yo‘llar bilan


orqaga - buyrakka qaytib umumiy qon aylanish doirasiga tushadi. SHunday qilib, 
bunday hollarda buyrakning zararlanishi gematogen yo‘l bilan ro‘y beradi. 
Buyrakda yallig‘lanish jarayonining keyingi rivojlanish mexanizmi yuqorida 
yozilganga o‘xshash bo‘ladi. Infeksiya jomdan shikastlangan fornikal zona orqali 
(fornikal reflyuks) yoki siydik kanalchalaridan (tubulyar reflyuks) buyrak 
to‘qimasiga kirishi mumkin. Urinogen yo‘l bilan infeksiyalanishida bakterial 
adgeziya fenomeni borligi, ya’ni ba’zi mikroorganizmlarning siydik yo‘llari 
epiteliysiga mahkam yopishish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. 
Qovuq bilan buyrak parenximasi o‘rtasida aloqa mavjud: siydik nayining 
subepitelial to‘qimasi buyrak darvozasi sohasida to‘g‘ridan–to‘g‘ri uning oraliq 
to‘qimasiga o‘tadi. Bu subepitelial to‘qimadan infeksiya buyrakning interstitsial 
to‘qimasiga siydik yo‘llarining pastki bo‘limidan siydik yo‘llari devori bo‘ylab 
yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l bilan tarqalishi mumkin deb, hisoblaydilar. 
SHuning bilan birga siydik nayining subepitelial to‘kimasiga infeksiyaning 
kirishiga javoban, uning devorida yallig‘lanish infiltratsiyasi paydo bulib, u siydik 
nayining qisqaruvchanlik funksiyasini buzadi. Bunday sharoitda qovuqdan 
infeksiyaning reflyuks yo‘li bilan siydik nayi bo‘shlig‘i orqali buyrakka kirishi 
yana yuz berishi mumkin. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin