florasida ko‘proq paydo bo‘ladi. Bakteriemik shok urosepsis namoyon bo‘lishi yoki
zo‘rayishi oqibatida ro‘y beradi.
Bakteriemik shok keksa yoshdagi (60 yoshdan katta), yo‘ldosh kasalliklari
(qandli diabet, surunkali o‘pka–yurak etishmovchiligi,
buyrakning surunkali
etishmovchiligi, latent gepatopatiya) bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatiladi.
Urologik bemorlarda bakteriemik shokning ko‘proq uchrashiga yordam
beradigan boshqa omillarga buyraklar va siydik yo‘llari nospetsifik yallig‘lanish
kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining keng qo‘llaniladigan antibiotiklarga va kimyoviy
antibakterial preparatlarga yuqori chidamliligi va kasalxona (gospital) shtammli,
ko‘pincha protey va ko‘k yiring tayoqchasiga o‘xshagan mikroorganizmlar borligi
kiradi.
Ko‘pincha bakteriemik shok bemorlarda buyrak va siydik – tanosil
a’zolarida o‘tkazilgan operatsiyalardan keyin, ya’ni
siydik oqimining buzilishi
natijasida yallig‘lanish o‘choqidan mikroorganizmlar va ularning toksini umumiy
qon aylanishiga kirishi uchun qulay sharoit yaratilganda paydo bo‘ladi. Siydik
oqimi buzilganda katta dozada antibiotiklar kiritilishi shokka sabab bo‘luvchi
anchagina miqdorda endotoksinlar ajralishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun
yallig‘lanishga qarshi davo faqat siydik oqimi yaxshi ta’minlangandan keyin
buyuriladi. Ayrim bemorlarda bakteriemik shok asboblar bilan urologik
tekshirishlar va muolajalar (sistoskopiya, retrograd pielografiya, uretrani bujlash)
o‘tkazilgandan keyin rivojlanadi, buning natijasida ularga
hali immunitet ishlab
chiqilmagan patogen mikroorganizmlar siydik chiqarish kanalidan qonga o‘tadi.
Bakteriemik shokning
patogenezi
ancha murakkab. Bakteriyalar va ular
toksini umumiy qon aylanishiga tushgan payt isitma va kuchli qaltirash bilan
xarakterlanadi. Bakteriemik shok patogenezining eng muhim tomoni qon tomirlar
devoriga endotoksinlarning to‘g‘ridan–to‘g‘ri zaharli ta’siri natijasida periferik
tomirlarning kollapsi sodir bo‘ladi. Bu periferiyada qonning to‘planishiga, aylanib
yurgan qon hajmining kamayishiga olib keladi. O‘ng qorinchaga
quyiladigan qon
hajmi kamayadi, qon aylanishining buzilishi arterial bosimning pasayishi bilan
birga paydo bo‘ladi. Arterial gipotenziyaning boshqa bir muhim sababi
endotoksemiya oqibatida o‘tkir buyrak usti bezi etishmovchiligi natijasida buyrak
usti bezida katexolaminlar ishlab chiqarishning tezda kamayishi bo‘ladi.
Endotoksemiya asab tizimi zararlanishining sababi bo‘lib, bu ham og‘ir
gemodinamik buzilishlar bilan kuzatiladi. Qon mikrotsirkulyasiyasining to‘qimalar
gipoksiyasi hamda, tomirlar ichi koagulyasiyasi bilan yaqqol buzilishi juda ham
xosdir.
Biroq, bakteriemik shokda qon aylanishining
buzilishidan tashqari, nafas
olish va gaz almashinuvining, koagulyasion mexanizmlar, buyraklar, jigar, me’da–
ichak yo‘li va boshqa a’zolar hamda tizimlarning buzilishlari mavjud bo‘ladi.
Bakteriemik shokning klinik ko‘rinishida vaqtli yoki prodromal shokning
rivojlanishi va qaytarib bo‘lmaydigan bosqichlari farq qilinadi.
Bakteriemik shok kechishining og‘ir – engilligi yiring o‘choqidan qonga
tushgan endotoksinlar miqdori, zaharligi
va biologik xususiyatlari, hamda
retikuloendotelial tizim detoksikatsion funksiyasining kamayish darajasiga bog‘liq.
Yiringli pielonefrit bo‘lgan bemorlarda shok eng og‘ir kechadi, chunki u buyraklar
funksiyasi pasayishi fonida rivojlanadi. Bunday bemorlarda anuriya juda vaqtli
boshlanadi.
Bakteriemik shokning vaqtli belgilariga tana haroratining kuchli qaltirash
bilan yuqori bo‘lishi, terining issiq va quruq bo‘lishi, bezovtalanish, koronar qon
tomirlar etishmovchiligi bilan kuzatiladigan arterial bosimning bir oz pasayishi,
me’da–ichak faoliyatining buzilishlari kiradi. Bakteriemiyaning aniqlanishi
bakteriemik shokni tasdiqlovchi muhim omil hisoblanadi. Bakteriyalarni ko‘pincha
bemordan isitma yuqori ko‘tarilganda va kuchli qaltirash bo‘lganda olingan qonda,
tezroq esa bakteriologik usulga qaraganda fazali–kontrast mikroskopiya yordamida
aniqlash mumkin. Bakteriologik shokning rivojlangan yoki shokning «borishi»
bosqichi arterial bosimning past bo‘lishi, uyquchanlik, sovuq ter chiqishi, hansirash,
gipovolemiya, atsidoz bilan xarakterlanadi. Bakteriemik
shokning uchinchi
qaytarib bo‘lmaydigan bosqichida kasallikning klinik ko‘rinishi buyrak
etishmovchiligi (oliguriya)ning belgilari, yaqqol yurak–o‘pka etishmovchiligi,
arterial bosimning dori–darmonlar bilan ko‘tarib bo‘lmaydigan darajada past
bo‘lishi, periferik qon tomirlarining dekompensatsiyasi (terida petexial toshmalar
yoki qon quyilishlar paydo bo‘lishi) belgilari bilan og‘irlashadi.
Dostları ilə paylaş: