qorniga yaqinlashtirib, majburiy holatni oladilar, oyoqlarini yozganlarida kasal
bo‘lgan tomondagi bel sohasida qattiq og‘riq ro‘y beradi (reaktiv psoitning belgisi).
Bakteriuriya va leykotsituriya odatda, kasallikning kechki muddatlarida, ya’ni
abssess kosacha–jom tizimiga yorilganda paydo bo‘ladi. Agar buyrakning fibroz
pardasi erib ketib abssessning ichidagi narsa paranefral kletchatkaga bo‘shasa, unda
yiringli paranefrit vujudga keladi. Ba’zi hollarda abssess qorin bo‘shlig‘iga yoriladi.
Buyrakning ikki tomonlama abssessida og‘ir septik intoksikatsiya, buyrak–jigar
etishmovchiligi simptomlari ustun keladi.
Dostları ilə paylaş: