Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
o\'tkir pielonefrit

Simptomlari va klinik kechishi. 
Agar buyrak karbunkuli ikkilamchi o‘tkir 
pielonefritning asorati sifatida rivojlansa, unda u klinik ko‘rinishi bo‘yicha siydik 
oqimining buzilishi natijasida paydo bo‘ladigan apostematoz pielonefritdan kam 
farq qiladi. 
Juda kam hollarda, buyrakda gematogen cheklangan septik o‘choq sifatida 
urodinamikaning buzilishi bo‘lmasdan karbunkul paydo bo‘lsa, uning klinik 
ko‘rinishi umumiy infeksion kasalliklarning ko‘rinishiga juda o‘xshaydi: gavda 
haroratining yuqori bo‘lishi (39–40 
0
S), takrorlanib turadigan kuchli qaltirash, ko‘p 
terlash bilan, tobora kuchayib boruvchi umumiy holsizlik, tomir urishning va nafas 
olishning tezlashishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, ich kotishi kuzatiladi. 
Karbunkul vujudga kelishining birinchi kunlarida buyraklar sohasida mahalliy 
og‘riq, leykotsituriya, bakteriuriya va siyish buzilishining yo‘qligi kasallikni o‘z 
vaqtida aniqlashni juda qiyinlashtiradi. SHu sababli buyrakning karbunkuli bilan
bemorlar ko‘pincha jarroxlik, terapiya va yuqumli kasalliklar bo‘limlariga gripp, 
o‘pka yallig‘lanishi, o‘tkir xoletsistit, o‘tkir appenditsit, ich terlama, infeksion 
gepatit va b. tashxislar bilan davolash uchun yotqiziladi. 
Tashxisi.
Buyrak karbunkulining tashxisi apostematoz pielonefritni 
aniqlashdan farq qilmaydi. Patognomik klinik belgilari bo‘lmaganligi uchun 
aniqlash ancha qiyin. Buyrakdagi og‘ir septik jarayonning yuqorida sanab o‘tilgan 
klinik belgilari katta ahamiyatga ega. Karbunkulning kosacha–jom tizimi bilan
aloqasi borligi to‘g‘risida dalolat beruvchi ko‘p miqdordagi leykotsituriyaning 
paydo bo‘lishi kasallik tashxisini anchagina darajada engillashtiradi. Kasallik 
tomondagi bel sohasidan olingan qonda barmoqdan yoki qarama–qarshi tomondagi 
bel sohasidan olingan qondagiga nisbatan leykotsitlar ancha ko‘p bo‘lishi ham 
buyrak karbulining tashxisini qo‘yishga yordam berishi mumkin. Buyrak 
karbunkulida periferik qonda faol limfotsitlarni aniqlash testi mavjud. Sog‘lom 


odamlar qonida ularning miqdori 0,5–1,0% dan oshmaydi. Buyrakda yiringli 
o‘choq bo‘lganda faol limfotsitlar soni 7–10% ga etadi. Qonning zaharliligi keskin 
ko‘tariladi: o‘rta molekulalar darajasi va V

– mikroglobulin 3–5 marta oshadi, 
qonda parametsiylarning hayot davri 10–15 daq.kam bo‘ladi. 
Eng xarakterli belgilari rentgenologik va radioizotop tekshirish usullari 
yordamida aniqlanadi. Karbunkul buyrakning yuqori segmentida joylashganda 
ko‘krak qafasi a’zolari rentgenoskopiyasi diafragmaning nafas harakatchanligi 
cheklanganligini va kasallik tomondagi plevra sinusida ekssudat borligini 
aniqlashga yordam beradi. Umumiy rentgenogrammada buyrak konturining bo‘rtib 
chiqqanligini va paranefral kletchatkada shish borligi hisobiga bel mushaklarining 
noaniqligini ko‘rish mumkin. Nafas olganda va chiqarganda qilingan ekskretor 
urogrammada 
zararlangan 
tomonda 
buyrak 
harakatchanligining 
keskin 
cheklanganligi yoki harakatsiz ekanligini aniqlashga imkon beradi. Buyrak 
karbunkulining 
asosiy 
rentgenologik 
belgisi 
kosachalarning 
qisilishi, 
deformatsiyasi, ikki tomonga surilishi yoki amputatsiyasi bo‘lib, buyrak 
parenximasi o‘smalardagi o‘zgarishlarga juda o‘xshab ketadi. Zararlangan 
buyrakning funksiyasi keskin pasayganda bu belgilar retrograd pielogrammada 
aniqroq ko‘rinadi. 
Buyrak karbunkulining tashxisida buyraklarning 
197
Ng–neogidrin bilan
qilingan ssintigrafiyasi muhim yordam ko‘rsatib, bu buyrak parenximasining 
karbunkul joylashgan joyda to‘lish nuqsoni borligini aniqlashga imkon beradi. 
Ultratovush skanerlashda karbunkul joylashgan zonada buyrak parenximasining 
siyraklanishi (buyrak parenximasining katta o‘choqli joyida exotuzilishini xilma–
xilligi, o‘zgarmagan parenxima bilan solishtirganda buyrak tashqi konturining 
deformatsiyalanishi bilan exogenligining kamayganligi) aniqlanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin