Davolash.
Bakteriemik shokda davolash quyidagi prinsiplar bo‘yicha
o‘tkaziladi: 1) buyraklarning funksional qobiliyatini
hisobga olgan holda keng
doirada ta’sir qiluvchi antibiotiklar va kimyoviy antibakterial preparatlar yuqori
dozada qo‘llaniladi: vena ichiga ftorxinolonlar (peflatsin, siprofloksatsin 0,4g dan
kuniga 2 marta), mushak orasiga amikatsin (0,5g dan kuniga 2 marta), gentamitsin
sulfat (40 mg dan kuniga 4 marta), sefalosporinlar (1g dan kuniga 4–6 marta)
yuboriladi; 2) tomirlar kollapsiga qarshi vena ichiga
tomchilatib gipertenziv
vositalar (gidrokortizon yoki prednizolon kuniga 1000–2500 mg dan) kiritiladi.
Ular vazopressor vositalar, past molekulali dekstran ta’sirini kuchaytiradi.
Gematokritni hisobga olgan holda
qon plazmasi, atsidoz va elektrolit buzilishlarini
bartaraf qilish uchun dori–darmonlar buyuriladi; 3) antigistamin dorilar (diprazin,
pipolfen) kuniga 2–3 marta 0,025 g dan ichish uchun, 2,5% li eritmasi 1–2 ml dan
mushak orasiga, 0,5% li eritmasi 5–10 ml yoki 2,5% li eritmasi 2 ml dan vena
ichiga, dimedrol kuniga 1–3 marta 0,03–0,0,5 g dan ichish uchun, 1% li eritmasi 1–
2 ml dan mushak orasiga yoki vena ichiga; suprastin kuniga 2–3 marta 0,025 g dan
ichish uchun, 2 % li eritmasi 1–2 ml dan mushak orasiga yoki vena ichiga; geparin
(5000 TB dan kuniga 3–4 marta) va boshqa
antikoagulyantlar buyuriladi; 4)
oksigenoterapiya o‘tkaziladi.
SHunday qilib, bakteriemik shokni davolashning eng muhim joylari
quyidagilar: 1) aylanib yurgan qon hajmini to‘ldirish (infuzion terapiya); 2) o‘rnini
bosadigan gormonal terapiya o‘tkazish.
Bakteriemik shokni oqibati yaxshi bo‘lishining zaruriy
sharti dorilar bilan
davolashni boshlash bilan bir vaqtning o‘zida buyrak jomini kateterlash orqali
siydik oqimini tiklash, kateterni o‘tkazib bo‘lmaydigan to‘siq bo‘lganda esa nefro–
yoki pielostomiya yo‘li bilan siydik oqimini tiklash (ultratovush nazorati ostida
teri orqali punksiyali nefrostomiya qilish afzalroq),
darhol bemorni shokdan
chiqarish hisoblanadi. Gemodinamik ko‘rsatgichlar doimiy bo‘lgandan va siydik
oqimi tiklangandan keyin bakteriyalar va ularning toksinlari
tezda eliminatsiya