6.4
–
rasm. Ultrasonorgramma. Buyrak abssessi (strelka bilan ko‘rsatilgan).
Davolash.
Buyrak abssessining davosi – buyrakni dekapsulyasiya qilish,
abssessni yorish va rezina–dokali tamponlar hamda
drenaj trubkalar yordamida
paranefriyani drenajlashdan iborat. Mabodo siydik yo‘llari to‘silib qolgan bo‘lsa,
agar bemorning ahvoli buni bir vaqtning o‘zida qilishga imkon bersa, to‘suvchi
omilni (masalan, siydik nayi toshini) bartaraf qilish bilan birga buyrakni drenajlash
kerak. Aks holda siydik yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, bemorning ahvoli
yaxshilanishiga qarab ikki bosqichda (1,5–2 oy yoki undan ko‘proq)
amalga
oshiriladi, undan keyin nefropielostoma joyi bitib ketadi. Buyrak katta yiringli–
destruktiv zararlanganda va ikkinchi buyrakning funksiyasi qoniqarli bo‘lganda
nefrektomiya qilinadi.
Buyrak so‘rg‘ichlari nekrozi
.
Buyrak so‘rg‘ichlari nekrozining patogenezida
(nekrotik papillit) Malpigi piramidalari qon tomirlarining mikroorganizmlar bilan
emboliyasi natijasida yoki pielonefritda ularning yallig‘lanish infiltrati bilan
bosilishi oqibatida paydo bo‘ladigan ishemiya asosiy rol o‘ynaydi. Tajribaviy
tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori patogenli plazmani
kaogulyasiya qiluvchi
stafilokokk ko‘pincha buyrakning miya qavatidagi qon tomirlarning total
emboliyasiga olib kelib, buyrak so‘rg‘ichlarining nekroziga sabab bo‘ladi.
Buyrak so‘rg‘ichlarining nekrozi odatda, surunkali pielonefritning biror bir
xuruji vaqtida ro‘y beradi. Siydik yo‘llari ko‘chgan nekrotik to‘qimalar bilan
to‘silib
qolgan hollarda, u yalpi makrogematuriya va buyrak sanchig‘i bilan
kuzatiladi. Bu pielonefrit bo‘lgan bemorlarning 3% da uchraydi. Uning
rivojlanishiga qandli diabet, qon tomirlarning uzoq muddatli spazmi, ateroskleroz,
shok, analgetiklarni me’yordan ko‘p qabul qilish imkon beradi.
Bolalarda buyrak
so‘rg‘ichlarining nekrozi kam uchraydi va kattalarga qaraganda engilroq kechadi.
Nekrotik papillit buyrak so‘rg‘ichlari asosida leykotsitar infiltratsiya, keyinchalik
uning ishemiyasi oqibatida rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: