olib keladi. Siydik oqimi buzilganda apostematoz pielonefrit, hatto o‘tkir pielonefrit
rivojlanish paytidan 2–3 sutka o‘tgandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.
Zararlangan buyrak sohasini paypaslaganda hamma vaqt bel va qorin oldi
mushaklarining himoyaviy taranglashishi va juda tez–tez qovurg‘a–umurtqa
burchagida keskin og‘riq aniqlanadi. Ko‘pincha kattalashgan va kuchli og‘riqli
buyrak paypaslanadi. Qonda leykotsitlar soni keskin ravishda oshadi, qon
formulasining chapga siljishi va leykotsitlarning zaharli donachalari aniqlanadi.
Leykotsituriya
kasallikning
boshlanish
davrida
bo‘lmasligi
mumkin.
Bakteriuriyaning yuqori darajada bo‘lishi eng xarakterli dastlabki simptomi
hisoblanadi. Keyinroq leykotsituriya faol leykotsitlar bilan paydo bo‘ladi, lekin u
ko‘pincha ozgina (1 ml siydikda 25.000 gacha leykotsitlar yoki siydikning umumiy
tahlilida ko‘ruv maydonida 15–20 tagacha leykotsitlar) bo‘ladi, chunki apostemoz
pielonefritda asosan buyrakning po‘stloq qavati zararlanadi.
Dostları ilə paylaş: