kuchayadi, bel sohasida shappilatish simptomi musbat bo‘ladi. Bel mushaklari va
qorin oldi devori mushaklarining yaqqol himoyaviy taranglashishi kuzatiladi.
Bolalarda ikkilamchi yiringli pielonefrit istima simptomlari bilan namoyon
bo‘ladi: gavda harorati
tezda yuqori darajaga etadi, ko‘pincha remittirlovchi
xarakterni oladi. Aksariyat sutkaning ma’lum bir vaqtida bir kunda bir necha marta
juda kuchli qaltirash ro‘y beradi. Qaltirashning orqasidan gavda harorati 39–41
o
S
gacha ko‘tariladi, kuchli bosh og‘rig‘i, keyin esa gavda haroratining
pasayishi bilan
terlash kuzatiladi. Ayniqsa kichik yoshdagi bolalar keyingi qaltirash paydo
bo‘lgungacha adinamiya holatida yotadi. Bolalarda kattalardan farqli o‘laroq,
kasallikning klinik ko‘rinishida birinchi o‘ringa mahalliy simptomlar emas,
balki
umumiy simptomlar chiqadi, bu esa tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin.
CHaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi bolalar uchun noaniq ifodalangan
meningial belgilar bilan birga kuchli giperpireksiya, chanqash,
gavda vaznining
tezda kamayishi xosdir. Siyganda og‘riq kuzatiladi. Bel sohasini paypaslaganda
bolalar baqiradi va shifokor qo‘lini itarishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: