buyraklar va siydik naylaridagi toshga shubxali va qo‘shimcha soyalarni hamda
zararlangan buyrakning kattalashganligini, bel mushaklari konturining noaniqligini
va umurtqa pog‘onasining zararlangan tomonga bir oz skoliozini aniqlashga imkon
beradi. Ekskretor urogrammada siydik yo‘llari to‘silgan bemorlarda zararlangan
buyrakda va siydik nayi bo‘ylab rentgenokontrast moddaning soyasi yoki mutlaqo
aniqlanmaydi, yoki to‘siqdan yuqorida kengaygan siydik nayini, jom va kosachani
to‘ldirib (qisman o‘tmay qolganda) kechroq paydo bo‘ladi. Bu ko‘proq kechki
urogrammalarda (40–50 daq. dan keyin, 1,5 s va kechroq) yaxshi aniqlanadi.
Retrograd ureteropielografiyani faqat qat’iy ko‘rsatmasi bo‘lganda bajarish
kerak. U rentgennegativ toshlar yoki siydik oqimini buzgan boshqa sabablar
bo‘lganda, ularni bu tekshiruvsiz aniq aniqlab bo‘lmaganda, shuningdek, zudlik
bilan operatsiya qilish zarurligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak bo‘lganda
qilinadi. Bunda siydik nayini kateterlash bir vaqtning o‘zida davolash rolini
o‘ynashi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: