Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 490,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix05.03.2023
ölçüsü490,95 Kb.
#86678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
davlat-boshqaruvida-ma-muriy-organ-sifatida-mahallalarning-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
431 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Bu 
esa 2020-yil 2-martdagi “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinishiga asos bo‘lib xizmat qildi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mahalla instituti davlat boshqaruvida boshqa 
xech qaysidavlatlarda analogiya bo‘lmagan alohida institutdir. Fikrimizning isboti 
sifatida aytishimiz mumkinki, yurtimizdagi mahalla instituti ko‘plab xorijlik 
ekspertlar hamda mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda. Ushbu institut 
faoliyatiga yuksak baho berib, uni o‘rganish kerakligini ta’kidlanayotgani bizga 
cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Xususan, germaniyalik Konrad Adenauer fondi 
eksperti Norbert Zolberg quyidagi fikrlarni bildiradi:
-Yurtingizda azaldan betakror ijtimoiy boshqaruv idorasi bo‘lib kelayotgan 
mahalla keyingi yillarda tubdan yangilanganiga guvoh bo‘ldim. Buni tizim 
tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar misolida ham yaqqol ko‘rish 
mumkin. Xususan, mahalla tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususiy 
mulkni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, iste’mol bozorini to‘ldirish, 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, odamlar moddiy farovonligini oshirish va ularni 
kuchli ijtimoiy muhofaza qilish kabi yo‘nalishlardagi muhim vazifalarni ado 
etmoqda. 
Shuningdek, Nyu-York davlat universiteti professori Parviz Morvij bu haqda 
o‘zining quyidagi fikrlarini bildiradi: 
“O‘zbekistondagi mahalla tizimi mazmun-mohiyatiga ko‘ra noyobdir. Yurtingiz 
Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgani uchun bu yerda qadimdan xalq 
hunarmandchiligi hamda qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Asrlar davomida bu 
zaminda attorlar, chilangarlar, zargarlar, baqqollar, kulollar, etikdo‘zlar, 
savdogarlarmahallalari bo‘lgani haqida o‘qiganman. Istiqlol yillarida ana shu tarixiy 
ijtimoiy institut va unga xos qadriyatlar qayta ko‘z ochib, taraqqiy etayotgani 
e’tiborga molik. O‘zbek mahallasini bir necha yillardan buyon qiziqish bilan o‘rganib 
kelaman. Ana shu tadqiqotlar natijasida bir xulosaga keldim, ya’ni haqiqiy 
demokratiya an’analari mahalla faoliyatida o‘z ifodasini topgan. Ushbu noyob institut 
faoliyatini o‘rganish, tajribasini ommalashtirish maqsadga muvofiq.” 
Yaponiyaning Vaseda universiteti dotsenti Tomoko AKO: 
“O‘zini o‘zi boshqarishning noyob tizimi-mahallaga katta e’tibor berilayotgani 
menda iliq taassurot qoldirdi. Shu boisdan, siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy, 
ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning bir bo‘lagi bo‘lgan bu tizimga qiziqishim ortmoqda. 
Zero, ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli mahalla odamlar boshini qovushtirib, 
ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga ilhomlantiradi. Shu orqali davlat 



Yüklə 490,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin