Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
427
w
www.oriens.uz
March
2022
choragida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga
hisobot taqdim
qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qo‘yildi.
2019-yil 2-aprelda qabul qilingan “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla
institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon esa
fuqarolar yig‘inlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, og‘irini
yengil
qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Xalq qabulxonalari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan
hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika
ta’minotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan
aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Mamlakatimizda so‘ngi yillar davomida muttasil o‘zgarishlar, bunyodkorlik va
izlanishlar jarayoni ketmoqda. Yuzdan ortiq millatlar vakillarini o‘zida birlashtirgan
xalqimiz umumiy g‘oya atrofida o‘z istiqbolini ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini
barpo etishda qo‘rmoqda. Bu maqsadga erishishda ijtimoiy
adolat va demokratiya
asosiy yo‘nalishni belgilab berib, o‘z mohiyatiga ko‘ra uzviylik va uyg‘unlik kasb
etmoqda. Darhaqiqat, demokratiyani jamiyatning barqaror rivojisiz tasavvur etib
bo‘lmaganday, ijtimoiy adolat qoidalarisiz fuqarolik jamiyatining
muttasil rivoji
haqida so‘z yuritib bo‘lmaydi.
Shu ma’noda, ijtimoiy adolat demokratiya uchun zamin yaratadi, ya’ni
jamiyatda adolat qancha ko‘p bo‘lsa, demokratiya ham shuncha ko‘p bo‘ladi.Hozirda
mahallalar zimmasiga ijtimoiy himoya vazifalarining yuklanganligi o‘zini
oqlamoqda. Ammo, bu sohada muammolar ham yo‘q emas. Mahalladagi kishilar
turmush tarzi va darajasiga bu muammolarning ta’siri ma’lum, ammo mahallalar
ko‘proq moddiy jihatdan ërdam ko‘rsatish
bilan cheklanib, ijtimoiy va oilaviy
muammolarni hal etishda yetarlicha faollik ko‘rsatmayaptilar. Natijada, fuqarolarning
mahallaga, uning imkoniyatlariga ishonchi ko‘ngildagiday emas.Fuqarolar uchun
teng imkoniyatlar yaratish ijtimoiy hamkorlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishi
ekanligiga guvoh bo‘lgach, yana bir muhim muammoni aytib o‘tish o‘rinlidir. Bu
ham bo‘lsa, shahar bilan qishloq hayoti o‘rtasidagi farq. Gap shundaki,
qishloq va
shahar aholisining turmush darajasi va hayot sifati haqida so‘z yuritganda, ularni bir
o‘lchovga solish noo‘rindir. Qishloq aholisining ijtimoiy harakatchanligi sust
bo‘lgani holda, qishloqlarda bandlik sig‘imi tor va bir xil, ya’ni qishloq infratuzilmasi
yetarli darajada shakllanmagan.
Bu muammo, ijtimoiy sohada amalga oshirilaëtgan islohotlar sharoitida har
tomonlama diqqat markazida bo‘lishga molikdir.Bu
haqdafikr yuritganda, ayni