Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 425
w www.oriens.uz March 2022 mamlakatimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Shaxsning
siyosiy-huquqiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik
islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi davlatimiz o‘z oldiga qo‘ygan buyuk
maqsadlarga erishishining muhim omilidir.
Ta’kidlash joizki, shaxs huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish
jarayonida turli xil sub’ektlar, xususan, oila, maktab, mahalla, jamoatchilik
tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari faol ishtirok etadilar. Shu jihatdan
olganda, yuqorida qayd etib o‘tilgan sub’ektlar o‘rtasidagi bu boradagi hamkorlik
masalalarini tahlil etish va bu boradagi mavjud muammolar yuzasidan ilmiy va
amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kunda
oila, jamiyat, huquqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy fanlarning
vakillari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda
barkamol avlodni tarbiyalashda uch asosiy omil: oila–mahalla–ta’lim muassasalari
hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan
insonlar, ya’ni oilada ota-onalar, mahallada qo‘ni-qo‘shni va keng jamoatchilik,
ta’lim muassasasida o‘qituvchi va murabbiylar kelgusi avlod barkamolligi yo‘lida
o‘g‘ilqizlarimizning ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishlari uchun mas’uldirlar.
Ma’lumki, “mahalla” atamasining kelib chiqishi uzoq tarixga ega bo‘lib, u
arabcha “mahallun” so‘zidan kelib chiqqan, o‘zbek tilida “joy” ma’nosini anglatadi.
Mahalla nafaqat tarix, balki bugungi va ertangi kunimizni ham tutashtirib turuvchi
maskan bo‘lib, mahalla milliyligimiz timsoli hamda qadriyatlar va urf-odatlarni
avloddan avlodga yetkazuvchi ijtimoiy makon sifatida, o‘zligimizni anglashga, milliy
g‘urur va vataparvarlikni yuksaltirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini
o‘zi boshqarishning noyob usuli–mahalla instituti azaldan chinakam milliy
qadriyatlar, ezgu amallar maskani bo‘lgan. [1]
Xalqimiz hayotida mahalla azaldan ma’lum bir hudud ahlining ijtimoiy hamkori
bo‘lib kelgan. Shu ma’noda, o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lgan mahallaning
maqomini ijtimoiy hamkorlik tamoyillari asosida kengaytirish bo‘yicha huquqiy
me’yorlar ishlab chiqilmoqda. Ijtimoiy hamkorlik mahalla institutiga o‘zini o‘zi
nazorat qilish imkoniyatini beribgina qolmay, balki hudud obodligini yaxshilash
uchun shart-sharoit yaratadi.
Birgina so‘nggi besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari,