Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 424
w www.oriens.uz March 2022 THE ROLE OF THE MAKHALLA AS AN ADMINISTRATIVE BODY IN PUBLIC ADMINISTRATION Erniyazov Jamshid Eshdavlatovich Surkhandarya Regional Law College
Lecturer of the Department of Public Law Sciences
Termez, Surkhandarya, Uzbekistan
E-mail:
d.erniyazov@gmail.com
ABSTRACT This article analyzes the place of local self-government bodies in public administration as administrative bodies, as well as the processes of their historical formation, legal foundations and legal status today. In addition, the opinions of experts with sufficient experience in international and foreign circles are reflected in combination with the analysis of normative legal acts concerning the activities of public administration and self-government bodies. Keywords: public administration, public relations, mahalla, self-government bodies, administrative body. KIRISH Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Avloddan-
avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur
tarzini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda uning o‘rni va ahamiyati beqiyos.
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatni qurishnio‘z
oldiga maqsad qilib olgan respublika bu borada ko‘plab islohotlarni amalga oshirib
keldi. Islohotlarning amalga oshirishda esa davlat hokimiyati organlari faoliyatini
markazlashtirishdan, nomarkazlashtirishga o‘tkazishga asosiy ahamiyat qaratildi. O‘z
navbatida, boshqaruvning nomarkazlashuvi mahalliy boshqaruv tiziminini yanada
takomillashtirishni taqozo etdi. Boshqaruvning quyibo‘g‘ini bo‘lgan mahalla fuqaro
yig‘inlari faoliyatini yanada jonlantirishda avvalo fuqarolarning davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishga keng jalb etish, undagi faol ishtirokini ta’minlash asosiy
maqsadga aylandi. Bu esa demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim
mezondir.
Jamiyatda aholi huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi demokratik
huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan bu masalaga alohida e’tibor qaratildi.
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ta’lim-tarbiya tizimini
takomillashtirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Zotan