Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 426
w www.oriens.uz March 2022 mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom
qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi.
Shuningdek, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish
bo‘yicha o‘quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanali tashkil etildi.
Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan ilgari
mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yig‘inlarining 1600 ga yaqin xizmat
binolari joriy, 367 tasi kapital ta’mirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi,
namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
[2]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni fuqarolar 52 o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal
qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda
etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari
bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy
choratadbirlarni belgilab berdi.
Ilmiy maqolani tayyorlashda umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv,
qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik va amaliyot materiallarini o‘rganish kabi usullardan
foydalanilgan.