Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 490,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix05.03.2023
ölçüsü490,95 Kb.
#86678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
davlat-boshqaruvida-ma-muriy-organ-sifatida-mahallalarning-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
430 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
barcha jihatlarini o‘zida qamraydi. Buni mazkur qonunning ijtimoiy sheriklik 
sohalarini belgilab beruvchi 5-moddasi misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu 
moddaga ko‘ra, jumladan, ijtimoiy sheriklik millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va 
fuqarolar totuvligi g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-
ahloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash sohasida ham amalga 
oshirilishi mumkin [8]. 
Ijtimoiy sheriklik munosabatlari, biz uchun, yangilik emas. Negaki, 
mamlakatimizda davlat hokimiyati organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari 
o‘rtasida muayyan masalalarni hal qilishda o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos tajribasi 
shakllangan. Bu hamkorlik jahon amaliyotidan qamrovi kengligi, faqatgina mehnat 
munosabatlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki ijtimoiy hayotning muhim 
sohalarini o‘z ichiga olishi, muhimi, aholining ko‘plab ijtimoiy guruhlarini jalb etishi 
bilan yaqqol ajralib turadi. 
Hozirgivaqtda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi qonun hokimiyatning aholi 
bilan samarali muloqotini yanada mustahkamlamoqda va kengaytirmoqda. Bu esa, 
fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlariga dahldor muhim qarorlarni qabul 
qilish jarayonida ularning ehtiyojlari, intilish va manfaatlarini yanada to‘liq, xolis 
ko‘rsatish imkonini bermoqda. Qolaversa, ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashtirish, 
fuqarolar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 
mamlakatimizning barqaror va izchil taraqqiyotini kafolatlamoqda.Eng muhimi, 
ijtimoiy sheriklik jamiyatni ich-ichidan chuqur o‘rganishda, ijtimoiy masalalarni hal 
qilishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqib, samarali amalga oshirishda, bu borada 
jamoatchilik nazorati kuchayishida dolzarb ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevralda 
qabul qilingan “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla 
institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini 
yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni fuqarolar 
yig‘inlariga xos bo‘lmagan funksiyalar yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi 
idoralar bilan hamkorligi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, oila, xotin-qizlar va 
keksalarga yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni 
barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi 
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini 
ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini inobatga olib, mazkur sohada maqsadli 
hamda manzilli chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Mahalla institutining jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga 
olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi 



Yüklə 490,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin