Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 490,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix05.03.2023
ölçüsü490,95 Kb.
#86678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
davlat-boshqaruvida-ma-muriy-organ-sifatida-mahallalarning-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
429 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
Bunday oraliq bog‘lovchi tuzilma, o‘z navbatida. fuqarolik jamiyatini barpo etishga 
ko‘maklashadi. Aynan shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini ishlab chiqishda 
fuqarolarimiz yuksak faollik, o‘z grajdanlik pozitsiyasini namoyish etgani boisi ham 
aslida shunda. 
Binobarin, 
HarakatlarStrategiyasining1-Ijtimoiy 
sohani 
rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlarini yanada isloh qilish vazifalarini o‘z ichiga olib, uning 3-
bandida Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati 
samaradorligini oshirish belgilabo‘tilgan.Hududlardagiijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashish, guzarlar, bolalar 
maydonchalarini barpo etishga doir masalalar fuqarolar yig‘inining asosiy faoliyati 
hisoblanishi mahallaning mavqeini yanada oshiradi. Albatta, fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish barkamol avlodni tarbiyalash bilan birga qo‘shib olib borilishi 
zarur.Bugungi kunda mahallani aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy 
tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek
uning davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish 
tizimidagi vazifalarini kuchaytirish eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Bu –
«kuchli davlatdan –kuchli fuqarolik jamiyati sari», degan tamoyilni hayotimizga 
yanada kengroq joriy etishni anglatadi. Shu bois, «fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida» gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, 
2013-yil 22-aprelda yangi tahriri tasdiqlandi [7]. 
Bu yerda, asosiy e’tibor, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatida qonuniylikni 
ta’minlash bilan bir qatorda, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, aholini ijtimoiy 
jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash 
sohasidagi 
ishlarining 
samaradorligiga 
qaratilmoqda.Yosh avlodni tarbiyalash, asosan, eng avvalo oilada, maktabda va 
mahallada olib boriladi. Darhaqiqat, mahalla instituti eng katta tarbiya dargohidir.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilib, 2015-yil 1-yanvardan 
kuchga kirgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonun [6] alohida ahamiyat kasb 
etdi. Zero, mazkur qonun, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, 
gumanitar muammolarni hal qilish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq 
va erkinliklari, manfaatlarini muhofaza etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining 
davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash hamda 
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. 
Ijtimoiy sheriklik nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlari hamda davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining 



Yüklə 490,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin