Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 439,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix15.12.2022
ölçüsü439,64 Kb.
#75042
1   2   3   4   5   6
yangi-o-zbekistonning-taraqqiyot-strategiyasida-inson-qadrini-yuksaltirish-va-erkin-fuqarolik-jamiyatini-yanada-rivojlantirish-masalalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1324 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini, sha’nini, qadr-qimmatini, 
manfaatlarini, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlash 
islohotlarning bosh maqsadi etib belgilangandi. Taraqqiyot strategiyasi esa bu 
ishlarning mantiqiy hamda uzluksiz davomi bo’ladi, shubhasiz. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Sh.Mirziyoyev asarlari, ma’ruzalari mavzuga doir adabiyotlar hamda internet 
manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa 
chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga 
bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida so'zlagan nutqining mazmun-
mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar talaba yoshlar, davlat 
xizmatchilari, olimlar, ekspertlar, keng jamoatchilik tomonidan qizg'in kutib olindi. 
Shu o'rinda, Prezident nutqi kelajakka yo'naltirilgani, mamlakatni rivojlantirish 
strategiyasining amaliy dasturi bo'lganiga e'tiborni qaratish lozim. Davlat rahbari o'z 
ma’ruzasida mamlakat hayotining barcha jabhalariga atroflicha to'xtalib o'tib, yangi 
g'oyalar, innovatsiyalar va yangiliklarni taklif qildi. 
Sh.Mirziyoyev o'z nutqida Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasinining 
yettita ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Mazkur kontseptual hujjatda 
islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlash maqsadida “Harakatlar 
strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g'oya va bosh 
mezon qilib olindi. “Xalqimiz talablarini inobatga olgan holda, biz Yangi 
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdik va saylov jarayonida uni o‘ziga 
xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik. Bu muhim konseptual hujjatda 
islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida, “Harakatlar 
strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh 
mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi”, deydi prezident. 
Xususan, unda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat 
barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, adolat 
va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlash, 
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini 
rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish kabi 
muhim vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, global muammolarning milliy va 
mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, 
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalarga atroflicha to'xtalib o'tilgan. 



Yüklə 439,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin