BC va AD- trapetsiyaning asoslari; O – AC va BD diagonallarning kesishish nuqtasi. BOC va AOD uchburchaklarning yuzlari mos ravishda 4 va 9 ga teng. Trapetsiyaning yuzini toping.
Teng yonli trapetsiyaning yon tomoni 5 ga, balandligi 4 ga va katta asosi 9 ga teng. Uning o‘rta chizig‘ini toping.
Trapetsiyaning asoslari 44 va 16 ga, yon tomonlari esa 25 va 17 ga teng. Trapetsiyaning balandligini toping.
Teng yonli trapetsiyaning yon tomoni 7 ga, diagonali 8 ga, o‘rta chizig‘i 4 ga teng. Trapetsiyaning kichik asosini toping.
Tengyonli trapetsiya diagonallarining kesishgan nuqtasi O dan uzunligi 15 ga teng ON perpendikulyar tushirildi. Trapetsiyaning diagonali 12 ga teng va kichik asosi katta asosidan ikki marta qisqa. N nuqta trapetsiya katta asosining uchidan qanday masofada joylashgan?
ABCD trapetsiyaning kichik asosi 6 ga teng. Agar AVE uchburchakning (BE || CD)perimetri 36 ga teng bo‘lsa, trapetsiyaning perimetrini toping.
Trapetsiyaning yuzi 594 ga, balandligi 22 ga, asoslari ayirmasi 6 ga teng, Trapetsiya katta asosining uzunligini toping.
Teng yonli trapetsiyaning asoslari 4 va 6 ga, yon tomoni esa 5 ga teng. Trapetsiya diagonallari uzunliklarining yig‘indisini toping.
To‘g‘ri burchakli trapetsiyaning diagonali uni tomoni 20 ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchakka va to‘g‘ri burchakli uchburchakka bo‘ladi. Trapetsiyaning o‘rta chizig‘ini toping.
To‘g‘ri burchakli trapetsiyaning o‘tkir burchagi 45º ga, perimetri 2 ga teng.
Balandligi qanday bo‘lganda, shu trapetsiyaning yuzi eng katta bo‘ladi?
ABCD trapetsiyaning AC diagonali yon tomoniga perpendikulyar hamda DAB burchakning bissektrissasida yotadi. Agar AC = 8 va DAB = 60º bo‘lsa, trapetsiyaning o‘rta chizig‘ini toping.
VS va AD - trapepiyaning asoslari, O - AS va BD diagonallarining kesishish nuqtasi. VOS va AOD uchburchaklarning yuzlari mos ravishda 9 va 16 ga teng. Trapetsiyaning yuzini toping.
Trapetsiyaning o‘rta chizig‘i 3 ga, balandligi 8 ga teng. Uning yuzini hisoblang.
O‘tmas burchagi 120° ga, asoslarining uzunliklari 6 va 2 ga teng bo‘lgan teng yonli trapetsiyaning perimetrini toping.
Teng yonli trapetsiyaning yon tomoni 5 ga teng, uning diagonali esa o‘rta chizig‘ini 3 va 7 ga teng kesmalarga bo‘ladi. Trapetsiyaning yuzini hisoblang.
ABCD trapetsiyaning kichik asosi VS 8 ga va balandligi 10 ga teng. ACD uchburchakning yuzi 60 ga teng bo‘lsa, trapetsiyaning yuzini toping.
Trapetsiyaning asoslari 2 va 3 ga, katta asosiga yopishgan burchaklari 30º va 45º ga teng bo‘lsa, trapetsiyaning yuzi qanchaga teng bo‘ldi?
ABCD trapetsiyada (AD||BC) A = 90º, C = 135º va AB = 2. Agar diagonali yon tomoniga perpendikulyar bo‘lsa, uning o‘rta chizig‘ini toping.
Trapetsiyaning yon tomoni 3 va 4, asoslari 10 va 5 ga teng. Yon tomonlarini davom ettirishdan hosil bo‘lgan burchakning qiymatini toping.
Teng yonli trapetsiyada bir asosi ikkinchisidan 2 marta katta. Katta asosining o‘rtasi o‘tmas burchagi uchidan kichik asos uzunligiga teng masofada yotadi. Trapetsiyaning burchaklarini toping.
Teng yonli trapetsiyaning diagonali yon tomoniga perpendikulyar. Uning o‘tmas uchidan tushirilgan baladligi 4 ga teng va asosini 4:1 nisbatda bo‘ladi. Trapetsiyaning yuzini toping.
Katta asosi 32 ga teng va kichik asosi balandligidan 2 marta katta bo‘lgan trapetsiyaning yuzi 132 dan katta va 161 dan kichik. Shu trapetsiyaning baladligi qanday oraliqda bo‘ladi?
Asoslari 17 va 7 ga teng bo‘lgan trapetsiyaning diagonallari o‘rtalarini tutashtiruvchi kesmaning uzunligini toping.
Teng yonli trapetsiyaning diagonallari o‘zaro perpendikulyar. Trapetsiyaning katta asosi 18 ga, kichik asosi esa ga teng. Trapetsiyaning yuzini toping.
To‘g‘ri burchakli trapetsiyaning kichik asosi , katta yon tomoni asosidagi burchagi 45º ga teng. Trapetsiyaning yuzini toping.
O‘tkkr burchagi 60° bo‘lgan teng yonli trapetsiyaning asoslari 1:2 nisbatga teng. Agar trapetsiyaning perimetri 50 ga teng bo‘lsa, uning katta asosini toping.
Trapetsiya asoslarining uzunliklari 28 va 12 ga teng. Trapetsiya diagonallarini tutashtiruvchi kesmaning uzunligini aniqlang.