AVS uchburchakning S uchidagi tashqi burchagi 90° ga teng. Agar SA = 12 va SV = 5 bo‘lsa, AV tomonga tushirilgan CD mediananing uzunligini toping.
AVS uchburchakda A = 105º, C = 45º , bo‘lsa, AV tomonning uzunligini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchakda to‘g‘ri burchak uchidan gipotenuzaga tushirilgan balandlik ham, katetlarning gipotenuzadagi proeksiyalari ham 6 ga teng. Gipotenuzaning uzunligini toping.
Uchburchakning burchaklari 1:2:3 kabi nisbatda. Uchburchak katta tomonining kichik tomoniga nisbatini toping.
AVS to‘g‘ri burchakli uchburchakda AV gipotenuza, AM va BN bissektrisalar. Agar AV = 12 va AM2+ BN2= 169 bo‘lsa, MN ning uzunligini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi ga teng. Bu uchburchak eng ko‘pi bilan qanday yuzaga ega bo‘lishi mumkin?
AVS to‘g‘ri burchakli uchburchakda gipotenuzaga CD balandlik o‘tkazilgan. Agar B = 60° va BD = 2 bo‘lsa, gipotenuzaning uzunligini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlaridan biri boshqasiga qaraganda 2 marta katta. Shu uchburchakning gipotenuzasiga tushirilgan balandligi 12 ga teng. Uchburchakning yuzini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlaridan biri ikkinchisiga qaraganda 3 birlik uzun, yuzi esa 18 ga teng. Shu uchburchakning gipotenuzasini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning uzunligi 14 va 18 ga teng katetlariga tushirilgan medianalari uni uchta uchburchakka va to‘rtburchakka ajratadi. To‘rtburchakning yuzini toping.
Koordinata tekisligida A(6; 8) nuqtani koordinalar boshi atrofida αburchakka burganda, B(8; 6) nuqtaga o‘tdi. cosα ning qiymatini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchakda o‘tkir burchaklarining medianalari uzunliklari 15 va ga teng. Gipotenuza uzunligini toping.
To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 32 ga, yuzasi esa 48 ga teng. Uning diagonallari orasidagi burchakning sinusini toping.
Uchburchakning tomonlaridan biri unga tashqi chizilgan aylananing diametridan iborat. Uchburchakning eng kichik balandligi qarama-qarshi tomonni uzunliklari 9 va 16 ga teng kesmalarga ajratadi. Shu uchburchakning eng kichik tomoni uzunligini toping.
Uchburchakning tomonlari a, b va s ga teng. Bu uchburchakning tomonlari orasida
a2 = b2 + c2 + bc munosabat o‘rinli bo‘lsa, uzunligi a ga teng tomon qarshisidagi burchakni toping.
Uchburchak tomonlarining uzunliklari a; b va c tomonlari orasida tenglikni qanoatlantiradi. Uzunligi α ga teng tomon qarshisidagi burchakni toping.
Uchburchakning a, b va c tomonlari orasida bog‘lanish mavjud. Uzunligi a ga teng bo‘lgan tomon qarshisidagi burchakni toping.
Uchburchakning tomonlari 3; 5 va 6 ga teng. 5 ga teng bo‘lgan tomon qarshisidagi burchakning kosinusini toping.
Uchburchakning b va c ga teng tomonlari orasidagi burchagi 30º ga teng. Uchburchakning uchinchi tomoni 12 ga teng bo‘lsa hamda uning tomonlari shartni qanoatlantirsa, s ning qiymatini toping.
Uchburchakning a, b va c tomonlari orasida munosabat o‘rinli. Uzunligi a ga teng bo‘lgan tomon qarshisida yotgan burchakni aniqlang.
ABC da BAC=45º, ACB=30º va BC= ga teng. AB tomonning uzunligini toping.
Teng yonli trapetsiyaning asoslari 12 va 6 ga teng. Uning diagonallari o‘zaro perpendikulyar bo‘lsa, trapetsiyaning yuzi qanchaga teng?
ABC uchburchakda AB = 3, SB = 4 va cosB = 2/3 bo‘lsa, AS ning qiymatini toping.