AVS uchburchakning yuzi 12 ga teng. Uning V uchidan BD = 3 mediana tushirilgan. Agar ABD = 90° bo‘lsa, AS tomonning uzunligini toping.
Uchburchakning yuzi 5 ga, ikkita tomoni 3 va 4 ga teng. Berilgan tomonlar orasidagi burchak bissektrisasi ajratgan uchburchaklarning yuzlarini toping.
To‘g‘ri burchakli ASV uchburchakning katetlari 8 ga va 10 ga teng. Shu uchburchakning S to‘g‘ri burchagi uchidan SE mediana va CD bissektrisa o‘tkazildi. CDE uchburchakning yuzini toping.
Teng yonli uchburchakning yon tomoni 2 ga teng. Shu uchburchakning yuzi eng katta bo‘lishi uchun, asosi nimaga teng bo‘lishi kerak?
Asosi a va unga yopishgan burchaklari 30° va 45° bo‘lgan uchburchakning yuzini toping.
Asosi a va unga tushirilgan balandligi h ga teng bo‘lgan uchburchak ichiga parallelogramm shunday chizilganki, parallelogrammning bir tomoni a asosda yotadi. Shu parallelogrammning yuzi eng katta qiymatga ega bo‘lishi uchun uning asosini qanday tanlab olish kerak?
Ikkita o‘xshash uchburchakning yuzlari 6 va 24, ulardan birining perimetri ikkinchisinikidan 6 ga ortiq. Katta uchburchakning perimetrini toping.
ning tomonlari MN||AC to‘g‘ri chiziq bilan kesildi. AVS va MBN uchburchaklarning perimetrlari 3:1 kabi nisbatda. AVS uchburchakning yuzi 144 ga teng. MBN uchburchakning yuzini toping.
Perimetrlari 24 va 36 bo‘lgan ikki o‘xshash uchburchakdan birining yuzi ikkinchisinikidan 10 ga ortiq. Kichik uchburchakning yuzini toping.
Perimetri 1 bo‘lgan A1V1S1uchburchak A2V2S2 uchburchakning tomonlari o‘rtasini, A2V2S2 uchburchak A3V3S3 uchburchak tomonlari o‘rtasini, A3V3S3 uchburchak esa A4V4S4 uchburchak tomonlari o‘rtasini tutashtirsa, A4V4S4 uchburchakning perimetrini qancha bo‘ladi?
Ikkita o‘xshash uchburchakning perimetrlari 18 va 36 ga, yuzlarining yig‘indisi 30 ga teng. Katta uchburchakning yuzini toping.
Yuzlari 8 va 32 bo‘lgan ikkita o‘xshash uchburchak perimetrlarining yig‘indisi 48 ga teng. Kichik uchburchakning perimetrini toping.
ABCning tomonlari A1B1C1 ning mos tomonlaridan marta katta. ABCning yuzi A1B1C1 ning yuzidan necha marta katta?
AVS ning AV tomoni MN||AC to‘g‘ri chiziq yordamida VM=2 va AM=4 bo‘lgan kesmalarga ajratildi. Agar MBN ning yuzi 16 ga teng bo‘lsa, AVS ning yuzi qanchaga teng bo‘ladi?
Perimetri 48 ga teng bo‘lgan uchburchakning har bir tomoni 4 ga teng kesmalarga bo‘lindi. Bo‘linish nuqtalari tomonlarga parallel kesmalar bilan tutashtirilgan. Shu kesmalar uzunliklarining yig‘indisini toping.
A1V1S1 va A2V2S2 uchburchaklar o‘xshash. A2V2S2 ning yuzi A1V1S1 ning yuzidan 9 marta katta. A1V1S1 ning 3 ga teng bo‘lgan tomoniga mos bo‘lgan A2V2S2 ning tomonini toping.
Uchburchakning asosiga parallel to‘g‘ri chiziq uning yuzini teng ikkiga bo‘lsa, asosidan boshlab hisoblaganda, uning yon tomonlarini qanday nisbatda bo‘ladi?