Soatning minut mili 9 minutda necha gradusga buriladi?



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/11
tarix22.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#146496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-8-sinf geometriya misollar

AVS uchburchakning VS tomoniga AD to‘g‘ri chiziq shunday tushirilganki, CAD = ACD. ABC va ABD uchburchaklarning perimetrlari mos ravishda 37 va 24 ga teng. AS tomonning uzunligini toping.

  • Uchburchakning yon tomoni uchidan boshlab hisoblanganda 2 : 3 : 4 kabi nisbatda bo‘lindi va bo‘linish nuqtalari orqali asosiga parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazildi. Hosil bo‘lgan figuralar yuzlarining nisbatlarini toping.

  • Uchburchakning asosiga parallel to‘g‘ri chiziq uning yon tomonini uchidan boshlab hisoblaganda 5:3 kabi nisbatda, yuzini esa yuzlarining ayirmasi 56 ga teng bo‘lgan ikki qismga ajratadi. Berilgan uchburchakning yuzini toping.

  • Agar AVS uchburchakda A = 30° va B = 50° bo‘lsa, uchburchakning tomonlari uchun kuyidagi munosabatlardan qaysi biri to‘g‘ri bo‘ladi?

  • Uchburchakning perimetri unga o‘xshash uchburchak perimetrining qismini tashkil etadi. Agar katta uchburchakning bir tomoni va kichik uchburchakning unga mos tomoni ayirmasi 1 ga teng bo‘lsa, katta uchburchakning shu tomonini toping.

  • To‘rtburchakning burchaklari o‘zaro 3 : 5 : 4 : 6 nisbatda. To‘rtburchakning kichik burchagini toping.

  • Agar to‘g‘rito‘rtburchakning tomonlari 4 marta orttirilsa, uning yuzi necha marta ortadi?

  • Agar kvadratning tomoni 5 marta qisqartirilsa, uning yuzi necha marta kamayadi?

  • To‘rtburchakning burchaklaridan biri to‘g‘ri burchak, qolganlari esa o‘zaro 4:3:2 nisbatda. To‘rtburchakning kichik burchagini toping.

  • Tomonlari 72 va 8 m bo‘lgan to‘g‘rito‘rtburchakka tengdosh kvadratning tomonini toping.

  • Agar kvadratning diagonali 2 marta kamaytirilsa uning yuzi necha marta kichiklashadi?

  • To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 7 sm, bo‘yi undan 3 sm ortiq. To‘g‘ri to‘rtburchakning primetrini toping.

  • Kvadratning tomonini necha marta kamaytirganda yuzi 4 marta kichrayadi?

  • To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 5 ga teng, bo‘yi undan 7 ga ortiq. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini hisoblang.

  • Kvadratning tomonini necha marta kamaytirganda yuzi 4 marta kamayadi?

  • R asmdagi AVSD kvadratning A uchidan AE va AF to‘g‘ri chiziqlar, S uchidan esa VD diagonalga parallel bo‘lgan SF to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan. Agar kvadratning yuzi 3 ga teng bo‘lsa, AFE uchburchakning yuzini toping.




    1. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 400 ga, tomonlarining nisbati 4:1 ga teng. To‘rtburchakning perimetrini hisoblang.

    2. To‘g‘ri burchakli uchburchakka kvadrat shunday ichki chizilganki, to‘g‘ri burchak ular uchun umumiy. Kvadratning bir uchi gipotenuzaning o‘rtasida yotadi. Agar gipotenuzaning uzunligi 24 ga teng bo‘lsa, kvadratning perimetrini toping.

    3. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 32ga, qo‘shni tomonlarining ayirmasi 2 ga teng. Uning tomonlarini toping.

    4. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 60 ga teng, bir tomoni boshqa tomonidan 6 ga ko‘p. To‘gri to‘rtburchakning yuzini toping.

    5. To‘g‘ri to‘rtburchakning katta tomoni 12 ga, diagonallarining kesishgan nuqtasidan katta tomonigacha bo‘lgan masofa 3 ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.

    6. ABCD to‘g‘ri to‘rtburchakning A burchagi bissektrisasi VS tomonni uzunliklari VM=16 sm va MS=14 sm bo‘lgan ikki qismga ajratadi. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.

    7. Qavariq to‘rtburchakning uchta burchagi yig‘indisi 240° ga teng. To‘rtinchi burchagiga qo‘shni bo‘lgan burchakning qiymatini toping.

    8. O‘lchamlari 24m 15m bo‘lgan zalni tomoni 20 sm bo‘lgan kvadrat shaklidagi plitkalardan nechtasi bilan qoplash mumkin?

    9. Teng yonli to‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 45 ga teng. Unga to‘g‘ri to‘rtburchak shunday ichki chizilganki, to‘g‘ri to‘rtburchakning ikki uchi uchburchakning gipotenuzasida, qolgan ikki uchi esa katetlarida yotadi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining nisbati 5 : 2 kabi bo‘lsa, uning perimetrini toping.

    10. Tomoni 1 ga teng bo‘lgan ikkita kvadrat ustma-ust qo‘yildi. Shundan so‘ng kvadratlardan biri ularning umumiy simmetriya markaziga nisbatan 45° ga burildi. Hosil bo‘lgan figuraning yuzini hisoblang.

    11. Qavariq to‘rtburchakning diagonallari uni nechta uchburchakka ajratadi?

    12. To‘rtburchakka diagonal o‘tkazish natijasida u perimetrlari 25 va 27 ga teng bo‘lgan ikkita uchburchakka ajratildi. Agar to‘rtburchakning perimetri 32 ga teng bo‘lsa, o‘tkazilgan diagonalning uzunligini hisoblang.

    13. To‘g‘ri turtburchakning to‘g‘ri burchagi uchidan diagonaliga tushirilgan perpendikulyar to‘g‘ri burchakni 3 : 1 kabi nisbatda bo‘ladi. Shu perpendikulyar bilan boshqa diagonal orasidagi burchakni toping.

    14. Tomonlari 1 ga teng bo‘lgan ikkita kvadrat ustma-ust qo‘yilganidan keyin, ulardan biri kvadratlarning umumiy simmetriya markaziga nisbatan 45° ga burildi. Hosil bo‘lgan figuraning perimetrini toping.

    15. Kvadrat shaklidagi tunukadan eni 3 ga teng bo‘lgan qismi qirqib olindi. Agar qolgan qismining yuzi 10 ga teng bo‘lsa, kvadratning tomonini aniqlang.

    16. Qavariq to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari o‘rtalarini tutashtiruvchi kesmalar o‘zaro teng. Shu kesmalar orasidagi burchakning sinusini toping.

    17. Tomoni 10 m ga teng bo‘lgan kvadrat tomoni 5 sm ga teng bo‘lgan kvadratchalarga ajratildi. Shu kvadratchalar kengligi 10 sm bo‘lgan tasma shaklida joylashtirilsa, uning uzunligi qancha bo‘ladi?

    18. To‘g‘ri to‘rtburchakka uchlari uning tomonlarini o‘rtalari bilan ustma-ust tushadigan to‘rtburchak ichki chizilgan. Ichki chizilgan to‘rtburchakning perimetri 40 ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining nisbati 8:6 kabi bo‘lsa, uning perimetrini toping.

    19. To‘g‘ri uchburchakning ikkita uchidan diagonali tushurilgan perpendikulyar uning diagonalini uchta teng bo‘lakka ajratadi. To‘g‘ri to‘rtburchakning kichik tomoni ga teng. Uning katta tomonini toping.

    20. Kvadratning perimetri 20% ga uzaytirilsa, uning yuzi necha foizga ko‘payadi?

    21. Katetlari 6 sm dan bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchakka, u bilan umumiy burchakka ega bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichki chizilgan. Bu to‘rtburchakning perimetrini toping.

    22. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 52 ga, uning diagonallari kesishgan nuqtadan tomonlarigacha bo‘lgan masofalar ayirmasi 7 ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchakning kichik tomonini toping.

    23. Agar kvadratning perimetri 10% ga kamaytirilsa, uning yuzi necha foizga kamayadi?

    24. To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari 3 va 6 ga teng bo‘lib, bu uchburchakka u bilan umumiy to‘g‘ri burchakka ega bo‘lgan kvadrat ichki chizilgan. Kvadratning perimetrini toping.

    25. Qavariq to‘rtburchakning diagonallari 16 va 30 ga teng bo‘lib, ular 30º li burchak tashkil qiladi. To‘rtburchakning yuzini toping.

    26. To‘g‘ri to‘rtburchakka diagonallar o‘tkazish natijasida u to‘rtta uchburchakka ajratildi. Shu uchburchaklardan birining yuzi 27 ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.

    27. Kvadratga ichki chizilgan to‘rtburchakning uchlari kvadrat tomonlarining o‘rtalarida yotadi. Agar to‘rtburchakning yuzi 36 ga teng bo‘lsa, kvadratning yuzi qancha bo‘ladi?

    28. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini ifodalaydigan son uning perimetrini ifodalaydigan sonning 120% iga teng. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning asosi balandligidan 2 birlik uzun bo‘lsa, uning yuzini toping.

    29. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydonning eni 32 m. Agar shu maydonning yuzi 2 gektar bo‘lsa, uning bo‘yi necha m bo‘ladi?

    30. Ikkita kvadrat yuzlarining nisbati 25:9 kabi. Birinchi kvadratning tomoni ikkinchi kvadratning tomonidan 10 birlik uzun. Kichik kvadrat tomonining uzunligini toping.

    31. Diagonali 18 ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi eng ko‘pi bilan nechaga teng bo‘lishi mumkin?

    32. Muntazam uchburchakning yuzi ga teng. Shu uchburchakdan eng katta yuzaga ega bo‘lgan kvadrat qirqib olingan. Shu kvadratning perimetrini toping.

    33. Rombning yuzi 18 ga, diagonallaridan biri 9 ga teng. Ikkinchi diagonalining uzunligi qancha?

    34. Rombning diagonallari 3: 4 kabi nisbatda, yuzi esa 384 ga teng. Uning tomonini toping.

    35. Rombning diagonali tomoni bilan 25º li burchak tashkil qiladi. Rombning katta burchagini toping.

    36. Rombning tomonlari a ga, o‘tmas burchagi ga teng. Rombning yuzini hisoblash uchun quyidagi keltirilgan ifodalardan qaysi biri to‘g‘ri?

    37. Rombning yuzi 24 ga, diagonallaridan biri 6 ga teng. Uning tomonini toping.

    38. Rombning ga teng bo‘lgan balandligi tomonini teng ikkiga bo‘ladi. Rombning perimetrini toping,

    39. Rombning tomoni 10 ga, diagonallarining nisbati 4:3 ga teng. Rombning yuzini toping.

    40. Ikkita burchagi yig‘indisi 100° ga teng bo‘lgan parallelogrammning katta burchagini toping.

    41. Perimetri 14 ga teng bo‘lgan AVSD romb berilgan. A1V1S1D1 to‘rtburchak ushbu rombning o‘rtalarini tutashtiradi. A2V2S2D2 to‘rtburchak A1V1S1D1 to‘rtburchakning o‘rtalarini tutashtiradi. A2V2S2D2 to‘rtburchakning perimetrini toping.

    42. Ikkita o‘xshash romblar tomonlarining nisbati 3 ga teng. Ularning yuzlarini nisbatini hisoblang.

    43. Agar rombning bir diagonalini 10% uzaytirib, ikkinchi diagonalini 15% qisqartirilsa, rombning yuzi qanday o‘zgaradi?

    44. Tomoni ga, diagonallaridan biri 4 ga teng bo‘lgan rombning yuzini toping.

    45. Romb diagonallarining tomonlari bilan hosil qilgan burchaklari kattaliklarining nisbati 2:7 ga teng. Rombning kichik burchagini toping.

    46. To‘g‘ri burchakli uchburchakning burchaklaridan biri 60° ga teng. Bu uchburchakka romb shunday ichki chizilganki, 60° li burchak umumiy, rombning qolgan uchlari uchburchakning tomonlarida yotadi. Agar rombning tomoni ga teng bo‘lsa, berilgan uchburchakning katta katetini toping.

    47. Rombning balandligi 8 ga, diagonallarining ko‘paytmasi 80 ga teng. Uning perimetrini toping.

    48. Perimetri 2p ga, diagonallarining yig‘indisi m ga teng bo‘lgan rombning yuzini toping.

    49. Rombning uchidan tushirilgan balandligi uning tomonini, o‘tkir burchagi uchidan boshlab hisoblaganda, 3 va 2 ga teng kesmalarga bo‘ladi. Rombning yuzini toping.

    50. Teng yonli to‘g‘ri burchakli uchburchakka romb shunday ichki chizilganki, ularning bir burchagi umumiy rombning qolgan uchlari uchburchakning tomonlarida yotadi. Agar uchburchakning kateti ga teng bo‘lsa, rombning tomonini toping.

    51. Rombning tomoni 6 ga, o‘tkir burchagi 30° ga teng. Uning diagonallari ko‘paytmasini toping.

    52. Rombning tomoni 4 ga, yuzi 9 ga teng. Rombning diagonallari yig‘indisini toping.

    53. Rombning kichik diagonali ga, yuzi 1,5 ga teng. Uning o‘tmas burchagini toping.

    54. Rombning yuzi 16, perimetri 12 ga teng. Uning diagonallari yig‘indisini toping.

    55. Rombning o‘tmas burchagi 120º ga, katta diagonali ga teng. Rombning yuzini hisoblang.

    56. Rombning tomoni 5 ga, diagonallaridan biri 6 ga teng. Rombning yuzini toping.

    57. Agar rombning tomoni 10 ga , burchaklaridan biri esa 150º ga teng bo‘lsa, uning yuzi qanchaga bo‘ladi?

    58. Rombning katta burchagi 120º ga, kichik diagonali ga teng.

    59. ABCD rombda A = 31º. diagonallari O nuqtada kesishadi. VOS uchburchakning burchaklarini toping.

    60. Rombning tomoni 10 ga teng. Agar uning balandligi 4 ga uzaytirilsa, yuzi 50% ga ortadi. Rombning yuzini toping.

    61. Diagonali 16 va 12 ga teng bo‘lgan rombning o‘tkir burchagi tangensini toping.

    62. Tomoni 10 ga va kichik diagonali 12 ga teng bo‘lgan rombning yuzini toping.

    63. Romb tomonining uning diagonallari bilan tashkil qilgan burchaklari nisbati 5:4 kabi. Rombning o‘tmas burchagini toping.

    64. Diagonallari 32 va 24 ga teng bo‘lgan rombning o‘tmas burchagi kotangensini toping.

    65. Rombning tomoni 10 ga, kichik diagonali 12 ga teng. Rombning yuzini toping.

    66. Rombning yuzi 12 ga, diagonallarining nisbati 1:2 ga teng. Romb tomonining uzunligini toping.

    67. Rombning perimetri 24 ga teng bo‘lib, diagonallaridan biri uning tomoni bilan 75° li burchak tashkil etadi. Rombning qarama-qarshi tomonlari orasidagi masofani toping.

    68. Rombning yuzi 24 ga, diagonallarining nisbati 0,75 ga teng. Shu rombning tomonini toping.

    69. ABCD rombning diagonallari 5 va 12 ga teng. Katta diagonali AS da N nuqta olingan va AN:NC = 4 : 1. AND uchburchakning yuzini toping.

    70. Rombning burchaklaridan biri boshqasidan uchch marta katta, perimetri esa 20 ga teng. Rombning yuzini toping.

    71. Rombning perimetri 52 ga, diagonallarining yig‘indisi 34 ga teng. Rombning yuzini toping.

    72. Yuzasi 144 sm2 , balandliklari 8 sm va 12 sm bo‘lgan parallelogramning perimetrini toping.

    73. Parallelogrammning 5 ga teng bo‘lgan diagonali uning 12 ga teng bo‘lgan tomoniga perpendikulyar. Parallelogrammning perimetrini toping.

    74. 5. Parallelogrammning diagonallari 6 sm va 8 sm, ular orasidagi burchak 30º. Parallelogrammning yuzini toping.

    75. Parallelogrammning tomonlari a va ga, o‘tmas burchagi ga teng. Parallelogrammning yuzini hisoblash uchun quyidagi ifodalardan qaysi biri to‘g‘ri.

    76. Parallelogramm tomonlarining nisbati 3:5 kabi. Agar parallelogrammning perimetri 48 ga, burchaklaridan biri 120° ga teng bo‘lsa, uning yuzini toping.

    77. Rombning tomoni 6 ga, yuzi 18 ga teng. Rombning o‘tmas burchagini toping.

    78. Parallelogrammning burchaklaridan biri 150° ga teng. Uning 6 ga teng bo‘lgan diagonali tomoniga pernendikulyar. Parallelogrammning perimetrini toping.

    79. Parallelogrammning diagonali tomonlari bilan 20° va 50° li burchaklar tashkil qiladi. Parallelogrammning katta burchagini toping.

    80. Parallelogramm burchaklaridan ikkitasining ayirmasi 70º ga teng. Shu burchaklarni toping.

    81. Parallelogrammning tomonlaridan biri ikkinchisidan 4 marta katta. Agar uning perimetri 20 ga, o‘tkir burchagi 45° ga teng bo‘lsa, yuzini toping.

    82. Tomonlari 4 va 8 bo‘lgan parallelogrammning yuzi 16 m2. Parallelogrammning o‘tmas burchagini toping.

    83. Parallelogram burchaklaridan ikkitasining ayirmasi 50º ga teng. Shu burchaklarnni toping.

    84. Burchaklaridan biri 45º bo‘lgan parallelogramning 4 ga teng diagonali tomoniga perpendikulyar. Parallelogramning perimetrini toping.

    85. Perimetri 60 ga teng bo‘lgan parallelogramning tomonlari nisbati 2:3 ga, o‘tkir burchagi esa 30º ga teng. Parallelogrammning yuzini toping.

    86. Parallelogrammning o‘tkir burchagi 60° ga teng. Uning kichik diagonali katta tomoni bilan 30° li burchak tashkil qiladi. Parallelogrammning katta tomoni 20 ga teng. Uning yuzini toping.

    87. ABCD parallelogrammda OB AC, AO=8, OC=6 va BO=4. Parallelogrammning yuzini toping.




    1. Yüklə 0,59 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin