Sohaning faol va nofaol terminlari


Ijtimoiy tarixiy sharoit jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tilda ham o‘z aksini topadi



Yüklə 8,94 Kb.
səhifə2/3
tarix11.11.2022
ölçüsü8,94 Kb.
#68664
1   2   3
Sohaning faol va nofaol terminlari-hozir.org

Ijtimoiy tarixiy sharoit jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tilda ham o‘z aksini topadi.
Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ma’nolaridan birining o‘zgarishi, eskirishi natijasida semantic arxaizmlar yuzaga keladi. Shevalardagi g‘assal so‘zi arabcha bo‘lib, uning o‘lik yuvuvchi ma’nosi hozirda eskirgan, uning o‘rniga ishyoqmas ma’nosi ihlatiladigan bo‘lgan. Shuningdek, kir suvi ma’nosini anglatadigan mag‘zava so‘zining ta’kidlangan ma’nolari iste’moldan chiqqan, kullap so‘zining qarmoq, o‘lik ma’nosidagi miyt so‘zining ushbu ma’nosi ham eskirib, tobut ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan. Bulardan tashqari xalpa so‘zining bilimi oz o‘quvchiga berkitilib qo‘yiladigan savodli o‘quvchi, battal so‘zining qaysar, tentak; oxur so‘zining otxona ma’nolari ham arxaiklashgan. Arxaizmlarning sinonimlari mavjud bo‘lganligidan, ana shu sinonimik qatorni tashkil etgan ma’nodosh so‘zlardan bittasi eskirishi mumkin.
Chunonchi, aravak // burunchop (buloqi) qatoridagi burunchop, sardoz, torqa , chizim,shnur qatoridagi sardoz so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, arxaiklashgan so‘zlardir. Demak arxaizmlar zamonaviy narsa, hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Arxaizmlardan predmet, narsa, hodisalar nomlaridan biri iste’moldan chiqadi, ya’ni eskiradi. Ular endilikda boshqa nom bilan ataladigan bo‘ladi. Bu jarayon jamiyatda, hayotdagi sodir bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shevalarda narsa, hodisalar nomlaridan birining eskirishi, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nolaridan birining eskirishi hodisalari uchraydi.
b) tarixiy so‘zlar. O‘tmishda bor bo‘lgan narsa va tushunchalarning nomini
bildirgan, ammo hozirda eskirib qolgan so‘zlardir. Jamiyatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zida aks ettira olmagan so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Bu jarayon adabiy tilga nisbatan shevalarda sekinlik bilan o‘tadi. Chunki shevalardaso‘zlarning eskirishi, yangi so‘zlarning kirib kelishi tez sodir bo‘lmaydi. Tarixiy so‘zlar ko‘pincha moddiy va ma’naviy hayot, turmush, davlat tuzilishi , din, urf-odatlar, turli lavozimlar, unvonlarkiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-asboblar bilan aloqador bo‘lib, jamiyatdagi ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda ularning nomlari ham davr o‘tishi bilan eskiradi, ular o‘rnini boshqa so‘zlar egallaydi. Xorazm qipchoq shevalaridagi istorizmlarni turli sohalarga oid so‘zlar doirasida uchratish mumkin:

Yüklə 8,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin