Soibjon begmatov bastakorlar



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/43
tarix23.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#120267
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
bastakorlar ijodi

M.M. .=68–74
Bastakor ijodidan o‘rin olgan asarlar orasida «Ey, chehrasi 
tobonim» qo‘shig‘i ham alohida o‘rin tutadi. Qayd etish joizki
qo‘shiqning uslubiy jihatlariga asoslangan yana bir qator 
namunalar mavjud. Bu asar yuqori pardalardan boshlab fikr bayon 
etish va asosiy tonga bosqichma-bosqich qaytish ohanglariga 
asoslangandir. Bu jarayon qo‘shiqqa o‘zgacha dramatizm baxsh 
etadi. 20-misol: 


99
Bastakorning ijodiy faoliyati, asarlarining tahlili musiqashunos 
R. Yunusov qalamiga mansub, bastakor Faxriddin Sodiqov hayoti 
va ijodiga bag‘ishlangan monografiyada keng yoritilgan. O‘quvchilar 
bastakor haqidagi batafsil ma’lumotlarni shu manbadan olishlari 
maqsadga muvofiqdir
1

Saidjon Kalonov 
(1914–1972)
O‘zbek bastakorlik maktabining namoyan-
dalaridan biri, atoqli sozanda va bastakor 
Saidjon Kalonov 1914-yilning 30-iyunida 
Farg‘ona vodiysining Chust tumani Karkidon 
qishlog‘ida tavallud topgan. Oddiy hunarmand 
oilasida tug‘ilgan Saidjon yoshligidan nay sozini 
chalishni mashq qiladi. Avvaliga eski maktabda, 
1
R. Yunusov. Faxriddin Sodiqov. Monografiya. –T., 2005.


100
so‘ng XX asrning 20-yillaridan yangi maktabda boshlang‘ich 
ta’limni oladi. Maktabda musiqa to‘garagiga qatnashadi. 1925-yili 
Toshkentdagi musiqa texnikumiga o‘qishga kiradi va sozandalik 
san’atini puxta egallaydi. Ushbu dargohda u zamonasining yetuk 
san’atkorlari Shorahim Shoumarov va Abdusoat Vahobovlar sinfida 
musiqa sirlarini o‘zlashtiradi.
Taqdir taqozosi bilan 1927-yili ularning oilasi Toshkentga ko‘chib 
o‘tishadi. U Yunus Rajabiy tomonidan radio qoshida tashkil etilgan 
xalq cholg‘ulari ansambliga naychi sozanda sifatida ishga kiradi. 
Saidjon Kalonov tabiat bergan o‘ziga xos iste’dod egasi edi. 
Uning nay cholg‘u sozining ijrochiligida ansamblda ishlashi, 
texnikumda muallimlardan saboq olishi nafaqat saboq davri, balki 
ustozlarning an’anasini egallashida asosiy maktab sifatida xizmat 
qiladi. Nay cholg‘usining ijrosi uchun sozandalarda bir qator tabiiy 
iste’dod va imkoniyatlar bo‘lishi talab etiladi. Saidjon Kalonov 
ustozlar rahnamoligida aynan ustoz-shogird maktabini o‘tashga 
muvaffaq bo‘ladi. Ustozlar Abduqodir Ismoilov, Yunus Rajabiy va 
To‘xtasin Jalilovlarning sabog‘idan, nafaqat soz ijrochilik san’ati, 
balki boy musiqiy meros namunalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. 
Saidjon Kalonovning saboq jarayonidagi eng muhim jihat ham 
ana shu ustozlarning sabog‘ida muhrlangan edi. Qolaversa, radio 
qoshidagi ansamblda Mulla To‘ychi Toshmuhamedov kabi ustozlar 
bilan birga Komiljon Jabborov, Faxriddin Sodiqov, Nabijon Hasanov, 
G‘anijon Toshmatov kabi zamonasining mohir san’atkorlari bilan 
faoliyat olib borgani Saidjon Kalonov faoliyatida alohida ahamiyat 
kasb etdi.
Musiqa texnikumini bitirganidan so‘ng Samarqand musiqa va 
xoreografiya institutida ikki yil davomida taniqli naychi, ustoz 
san’atkor Abduqodir Ismoilovning ta’limini oladi. 
1932-yili faoliyatini Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri 
qoshidagi musiqa ansambliga musiqa rahbari sifatida boshlaydi. 
Jamoa bilan ishlash, teatr repertuaridan o‘rin olgan musiqali 


101
dramalarga musiqalar tanlashning amaliyoti uning har tomonlama 
ijodini sinab ko‘rish imkoniyatini yaratdi. Jamoa bilan ishlash 
jarayonida u musiqa ijodiyotining bir qator yo‘nalishlarida o‘zini 
sinab ko‘rishga intiladi. 
Saidjon Kalonov teatrda sahnalashtirilgan spektakllar uchun 
musiqalar tanlagan va ularni maromida ijro etish uchun jamoani 
boshqaradi. Jumladan, «Farhod va Shirin» musiqali spektakliga 
musiqalar tanlaydi va bir qator kuy va qo‘shiqlar bastalaydi. Saidjon 
Kalonov bastakorlik ijodining ilk uchqunlari ayni shu teatrda 
namoyon bo‘la boshlaydi. 
1936-yili Toshkentda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashkil 
etiladi. Saidjon Kalonov To‘xtasin Jalilov rahbarligidagi ansamblda 
naychi sozanda sifatida faoliyatini davom ettiradi. Shu davrdan 
boshlab, o‘zbek musiqa ijodiyotida yangi uslub shakllana boshlaydi. 
Musiqa ijodiyotida ham o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan asarlar 
yaratish zamon talabiga aylanadi. O‘zbek bastakorlik ijodiyotida 
keskin burilish hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Ya’ni an’anaviy 
(maqom va maqom yo‘llaridagi) musiqa ijodi emas, balki yangi 
zamonni madh etuvchi tantanavor qo‘shiqlar yaratila boshlandi. 
Shu bilan birga, Yevropa musiqa ijodiyotida keng ommalashgan 
kompozitorlik ijodiyoti kirib keldi. Bu, albatta, davr taqozosi edi. 
Shu tariqa Saidjon Kalonov O‘zbek filarmoniyasi qoshidagi 
ansambllar tarkibida o‘zbek san’atkorlari bilan birgalikda faoliyat 
olib boradi. Saidjon Kalonov nafaqat sozanda sifatida, balki ansambl 
rahbari, ansamblni yangi asarlar bilan ta’minlab kelgan bastakor 
sifatida o‘zini namoyon eta boshlaydi. Ayniqsa, Yangiyo‘l teatri 
jamoasida ustoz san’atkorlar hamkorligidagi faoliyati davomida 
ancha mukammal asarlarni yaratishga muvaffaq bo‘ladi. 1948-yildan 
umrining oxirigacha O‘zbekiston radiosi qoshidagi o‘zbek xalq 
cholg‘ulari orkestrida ishlaydi.
Saidjon Kalonovning bastakorlik ijodi ijrochilik amaliyotida 
charxlangan, ustozlar uslublari va musiqiy merosni mukammal 


102
o‘zlashtirganligi evaziga hamda iste’dodining mahsuli sifatida 
yuzaga keldi. Avvaliga davr taqozosi bilan vatanparvarlik 
ruhidagi asarlar, qolaversa, ishq-muhabbat mavzularida 
«O‘zbekistondan salom», «G‘alaba bilan qayt», «Vatan sevgisi», 
«Do‘stlik jasorati», «Quyoshli o‘lkam», «Gulmidi, ra’nomidi?», 
«Dilnavozim», «Visol gulshani», «Ey, sarvi ravon» kabi bir qator 
qo‘shiqlarni yaratadi. 
Bastakorning Navoiy so‘ziga bastalagan «Ey, sarvi ravon», 
Muqimiy she’riga «Kuyla dilkash dutorim» kabi asarlari o‘zining 
milliy-ma’naviy dunyosi bilan o‘zbek xalqining qalb nidolarini 
kuylovchi, milliy an’analarini aks ettiruvchanligi bilan alohida 
e’tirof etiladi.
Har ikki asar ham musiqa ijrochiligi amaliyotining keng 
ommalashgan namunalariga aylanganligi, ularda mumtozlik 
xususiyati bilan zamonga moslashish jihatlari uyg‘unligidan 
dalolatdir. Har ikki asar ham avvaliga qo‘shiq janri xususiyatlari 
doirasida ijod etilgan. Ijro amaliyotida esa ularning keyingi rivojini 
kuzatish mumkin. Asarlar rivojlanib ashula shakliga xos xususiyatlar 
bilan sug‘orilgan. «Ey, sarvi ravon». 21-misol:


103
«Kuyla dilkash dutorim» ashulasi ham o‘zining xalqonaligi va 
mumtozlik xususiyati bilan ijro amaliyotini zamonaviy talqinlar 
bilan boyitib kelmoqda.
22-misol: «Kuyla dilkash dutorim»

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin