77
xarajatlari axborotga ega bo`lishdan kutilayotgan
eng yuqori daromadga
tenglashtirilishi lozim.
Transaksiya xarajatlarini tahlil qilishdagi navbatdagi qadam shuni nazarda
tutadiki, barcha transaksiya xarajatlari axborot xarajatlaridan chiqarilishi mumkin.
Transaksiya xarajatlari almashuv to`g`risidagi axborotni olish xarajatlari bilan u
yoki bu tarzda bog`langan. Masalan Robinzon Kruzo o`z faoliyatida transaksiya
xarajatlariga emas, balki (ob-havo sharoitlari, turli boshoqli ekinlarning
hosildorligi to`g`risidagi) axborot xarajatlariga duch keladi.
Bitim bo`yicha sherikda ehtimol tutiladigan opportunistik
*
fe’l-atvorning
axborot xarajatlariga bog`liqligini quyidagi misolda keltirish mumkin. Ma’lumki,
opportunizm axborotning to`liqsizligi va asimmetrikligi
sharoitida alohida
shakldagi maqsadli harakat hisoblanadi. Shartnoma A1 faoliyatni amalga
oshirishni talab qilsin deylik, lekin, shartnoma tuzilganidan keyingi voqealar
rivojini bilgani holda, tomonlar A2 harakatni bajarishimiz
lozim degan qarorga
kelishadi. Biroq A1 dan A2 ga o`tish oson bo`lmasligi mumkin. Olingan
daromadlarni taqsimlash tartibi intensiv savdolar predmetiga aylanadi.O`z
navbatida, tomonlar uchun opportunizmga asos vujudga keladi. Agar bitimni
tuzishda tomonlar kontragentning xatti-harakati va bitimning ehtimoliy yakuni
haqida to`liq axborotga ega bo`lganida edi, uni amalga oshirish jarayonida
opportunistik xatti-harakat o`rin tutmagan bo`lar edi.
Iqtisodiy tahlil chog`ida e’tiborni axborot
bozoriga va axborot narxiga
qaratish transaksiya xarajatlarining tabiatini batafsil izohlashga yakun yasaydi.
Umuman iqtisodiy tizim dinamikasini aniqlashda asosiy rolni o`ynovchi bozor
sektoriga nisbatan qarashlarning o`zgarishini 6.2-jadval yordamida ifodalash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: