Soliq akademiyasi


Тashqi va ichki audit xizmatining tavsif jihatdan farqlanishi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə5/32
tarix14.01.2020
ölçüsü1,4 Mb.
#30154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o


Тashqi va ichki audit xizmatining tavsif jihatdan farqlanishi

Farq qiluvchi belgilari

Ichki audit xizmati

Тashqi audit

Maqsadi bo’yicha

Korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi

Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini baholash va amaldagi qonunchilikka rioya etilayotganligini tasdiqlash

Qo’yilgan vazifalarga

ko’ra


Korxona bo’limlari yoki korxonaning talabiga ko’ra korxona kengashi va boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi

Mustaqil tomonlar o’rtasidagi shartnomaga asosan korxona va auditorlik tashkiloti

Javobgarligi bo’yicha

Majburiyatni bajarganligi uchun rahbariyat oldida

Mijoz va huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan uchinchi shaxslar oldida

Ob’ekti bo’yicha

Boshqaruvning alohida funksional masalalarini yechish, korxonaning axborot tizimini ishlab chiqish va tekshirish

Korxonaning hisob tizimi va moliyaviy hisobotlarini tekshirish

Sub’ekti bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunuvchi va shtat tarkibidagi xodimlar

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxs

Huquqiy jihatlari bo’yicha

Mustaqil belgilanadi

Umumqabul qilingan auditorlik standartlari bilan belgilanadi

Faoliyat turi bo’yicha

Ijro faoliyati

Тadbirkorlik faoliyati

O’zaro munosabat bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi va undan mustaqilligi

Тeng huquqli sherikchilik, mustaqillik

Хizmatlar uchun haq to’lash prinsiplariga ko’ra

SHtat jadvaliga asosan

ish haqi


Haqni mijoz–korxona yoki uning roziligiga ko’ra auditorlik xulosasini olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi

Uslubiy jihatlari

Uslubiy jihatlari bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlari turlichaligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi

Hisobotning taqdim etilishi bo’yicha

Korxona egasi va boshqaruv organiga

Auditorlik xulosaning yakuniy qismi nashr ettirilishi mumkin, tahliliy qismi mijozga topshiriladi

Ichki audit xizmati tashqi auditdan 2 ta asosiy farqli jihati bilan ajralib turadi.

Birinchidan, tashqi audit korxonaning moliyaviy hujjatlari to’g’riligini tasdiqlashga asoslanadi. Ichki audit esa asosiy e’tiborni korxonaning mavjud nazorat tizimini va uning turli bo’linmalaridagi ishlab chiqarish, marketing, savdosotiq, moliya va boshqalarning holatini aniqlashga qaratadi.

Ikkinchidan, tashqi audit, birinchi navbatda, korxona mijozlari bo’lmish iste’molchi, kreditor, soliq organlarining qiziqishlarini inobatga oladi. Ichki audit, birinchi navbatda, korxona boshqaruvi qiziqishlariga qaratilgan bo’lib, uning samarali tizimi tashqi auditga ketadigan xarajatlarni qisman kamaytirishga ham xizmat qiladi.

Aslida ichki audit xizmati o’tgan XX asrning 30-yillarida AQSHda yuzaga kelib, bu xizmat turi keyinchalik Yaponiya va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan.

O’zida 160 davlatdan 93 ming odamni birlashtirgan Хalqaro Ichki Auditorlar Instituti keltirgan ta’rifga ko’ra, “ichki audit – korxona tomonidan uning o’z faoliyatini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan xizmatdir. U mustaqil va ob’ektiv maslahatlar berish asosidagi faoliyat hisoblanib, korxonaning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishga yordam beradi va bunda ichki audit xizmatidan nazorat, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish hamdaa uning samaradorligiga baho berishda foydalanadi”. Demak, ichki audit biznes maqsadlarni ro’yobga chiqarishga imkon beruvchi faoliyatining hozirgi holatini aniqlash va uni rivojlantirish maqsadida tashkil qilinadi.

Ichki audit bo’limi boshlig’i korxona rahbariga faoliyat natijalari haqida hisobot berish, tasdiqlash uchun o’z faoliyatini olib borish rejasini, uni amalga oshirish tartibini ma’lum qilishi, tekshiruv paytida reja o’zgargan taqdirda bu o’zgarishlar haqida ma’lumot berib turishi kerak.

Ma’lumotlar to’plash jarayonida bo’ladigan ayrim cheklovlar haqida ham ma’lumot berishi kerak.

Ichki audit bo’yicha hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:

– ichki audit maqsadi;

– majburiyat va huquqlari;

– reja bajarilishi;

– yuqori darajali tavakkalchilik;

– nazorat va korporativ boshqaruv muammolari;

– rahbariyatga kerakli boshqa ma’lumotlar.

Korporativ boshqaruv sharoitida ichki audit xizmatining roli doimo ortib boraveradi. Bunday korxonalarda ichki audit xizmati: Kuzatuv kengashi bilan tekshirish rejasini muhokama qilish; auditning natijalari haqida hisobot tayyorlash; korporativ boshqaruv qoidalariga asosan nazoratni olib borish; ichki nazorat tizimi samaradorligi haqida hisobot tayyorlash; tashqi audit tekshiruvini o’tkazishga yordam berish; Direktorlar kengashiga taqdim etilayotgan hisobotlarni tekshirish va ularga o’z fikrini bildirish; korxona rahbariyatining faoliyati haqida hisobotlar tayyorlash; korxonaning korporativ maqsadlarga erishish darajasini baholash jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, korxonaning maqsadi ish samaradorligini oshiruvchi hamda xatolarga vaqtida barham beruvchi tizim yaratishdir. Binobarin, eng yaxshi tashkil qilingan ichki nazorat tizimi ham o’z samaradorligini vaqti-vaqti bilan baholab borishi kerak. Bu maqsadga erishishda ichki audit xizmati alohida o’rin tutadi.

Ichki audit ichki nazorat tizimining samaradorligi va ishonchliligiga baho beradi, ichki auditorlar esa ushbu baholashni professional olib boruvchi shaxslar hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ichki audit korxona xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini mustaqil baholash funksiyasini amalga oshiradi va korxona boshqaruviga joriy nazorat tizimining ishonchliligini isbotlab beradi.

Ichki audit xizmati korxonada yangi loyihalar ishga tushirilayotganda ichki va tashqi tavakkalchiliklar mavjudligini tahlil qilish, tavakkalchiliklarni minimallashtirish yo’lini topish, yuz berishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni kamaytirish ishlarida ham faol ishtirok etishi kerak.

Ichki auditorlar korxonada mablag’larning ishlatilganligini, har xil loyiha va dasturlar bo’yicha monitoring hamda moliyaviy, boshqaruv va soliq hisobini tashkil qilishni, uning ishonchliligi va o’z vaqtidaligini ta’minlashni tekshirib turadi. Ichki auditorlar korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan tuzilayotgan xo’jalik shartnomalari va tomonlarning majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiqligini ekspertizadan o’tkazish hamda unga baho berish orqali nazorat tizimiga ko’maklashadi.

Albatta, bu ishlarni tashkil etishda ichki audit xizmati korxona xodimlariga o’zi amalga oshirayotgan faoliyatning zarurligi va foydaliligini isbotlay bilishi kerak. Buning uchun esa ichki audit xizmati bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis tashkilotni va boshqaruv tamoyillarini bilishi, shuningdek buxgalteriya hisobi, moliya, huquq, soliqqa tortish, savdosotiq, axborot texnologiyalari bo’yicha asosiy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Yuqoridagi barcha sohalar bo’yicha mutaxassis bo’lish shart emas. Soha tanlash ixtiyoriy bo’lib, ichki audit bo’limida shu sohalardan biri bo’yicha malakali auditor mutaxassis bo’lsa, shuning o’zi kifoya.

SHunga ko’ra, agar audit o’tkazishda u yoki bu murakkab maxsus soha bo’yicha chuqur bilimlar zarur bo’lib qolsa, auditorlar tashqi mutaxassislarni, misol uchun, professional baholovchilar, statistlar, muhandislar, quruvchilar, geologlar va boshqalarni jalb qilishi mumkin. Auditorlar yakka holda yoki talab qilingan soha bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lgan xodimlardan tuzilgan guruh holida ishlashlari mumkin. Misol uchun, katta kapital qo’yilmalar auditida qurilish, huquq, buxgalteriya hisobi sohalarida yetarli bilimlarga ega auditorlar kerak bo’ladi. Auditor o’z faoliyatini talab darjasida yuritishi uchun quyidagi professional sifatlarga ega bo’lishi kerak: har xil odamlar bilan muloqotga kirisha bilish, o’z fikrini aniq ayta olish va o’z nuqtai nazarini himoya qila bilish, baholash va muhokama qilishda nihoyatda extiyotkor bo’lish, to’g’rilik, tartiblilik va ishini rejalashtira bilish.

Mamlakatimizda ichki audit xizmatini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ichki audit Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan biznes reja bajarilishini; korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilinishini; buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob holatini; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va to’lanishini shu bilan birga umuman ichki nazoratning holatini tekshiradi va ularning monitoringini olib boradi. Ana shundagina mamlakatimiz amaliyoti rivojlangan davlatlar amaliyotiga yaqinlashadi va xalqaro standart talablariga javob bera oladi.

Fikrimizcha, ichki audit xizmati bo’limini tuzishda korxona rahbariyati, eng avvalo, uning mustaqillik darajasini belgilashi, ya’ni ichki audit xizmati rahbari va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish, korxona Kuzatuv kengashi qarorlariga binoan ularga ish haqi miqdorini va boshqa to’lovlarni belgilashi kerak. CHunki ichki audit xizmati faoliyatining samaradorligi aynan uning mustaqillik darajasiga bog’liq. shuningdek bunda bir narsani unutmaslik kerakki, ichki auditning mutlaq mustaqillikka erishishi ham to’g’ri bo’lmaydi, chunki ichki auditorlar korxona xodimlari hisoblanadi va bu ular faoliyatining ob’ektivligiga bevosita ta’sir qiladi.

Ichki auditning xalqaro standartlarida aytilishicha, ichki auditor mustaqilligi – bu unga qo’yilgan majburiyatlarni erkin va ob’ektiv bajarish hamda o’z fikrini xolisona bayon etish imkoniyatidir. Mustaqillikka ichki auditning o’ziga xos tashkiliy maqomi yordamida erishiladi. Bunda ichki audit xizmati rahbari auditor faoliyati mustaqilligini ta’minlovchi va auditorlik tavsiyalarining bajarilishi bo’yicha aynan bir xil choralarni belgilovchi shaxsga bevosita bo’ysunishi kerak. Ob’ektivlik esa auditorning o’z ishini halol va vijdonan bajarish hamda audit tekshiruvidan ko’zlangan maqsadni aniq amalga oshirish qobiliyatidir.

“Mustaqillik” va “Ob’ektivlik” tushunchalari ma’no jihatidan bir-biriga yaqin bo’lsada, birinchisi, tashkiliy ma’noda, ikkinchisi esa ichki auditorning professional sifatidir. Har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq, chunki ichki audit xizmatining mustaqillik darajasi ichki auditorlarning ob’ektivligiga ancha ta’sir ko’rsatadi.

Ichki auditorlarning ob’ektivligi darajasi, albatta, ularning professional tayyorgarligiga bog’liq. Auditorlar zarur bilim va mahoratga ega bo’lishlari, shuningdek o’z fikrlarini himoya qila bilishlari, muammoning mohiyatini aniqlay olishlari kerak. Bunday sifatlarning bo’lmasligi esa auditorlarning o’z ob’ektivligini saqlay olmasligiga olib keladi. Bu narsa quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

– ba’zi-bir tavakkalchilik asosida qilinadigan ishlar yoki muammolar aniqlanmay qolishi yoki ularga yetarli darajada e’tibor qaratilmasligi;

– ichki auditorga yuqori malakali mutaxassis sifatida qaramaslik.

Fikrimizcha, bunday muammolarning oldini olish uchun ichki audit xizmati xodimlari biz yuqorida ta’kidlab o’tgan va bilishi lozim bo’lgan bilimlardan tashqari yana quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

a) huquq, moliya, iqtisod yoki auditorlik bilimiga;

b) korxona boshqaruviga oid bilimga;

v) menejerlik ishi bo’yicha tajribaga;

g) turli soha (ishlab chiqarish, marketing, savdosotiq, axborot texnologiyalari va boshqalar) bo’yicha bilimlarga.

Auditor qanchalik puxta bilimga ega bo’lishidan qat’i nazar, ichki audit xizmatiga bevosita bog’liq bo’lmagan sohada konsalting xizmatlari ko’rsatayotganda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Bunday vaziyatda ham ichki auditorning ob’ektivligi masalasi yuzaga keladi. Aksariyat xorijiy mamlakatlarda ichki auditor uchun kompaniya doirasida ichki auditdan tashqari boshqa faoliyat yuritishi qonun bilan taqiqlanganligi ham bejiz emas.

Хulosa qilib aytganda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi subektlarda ichki auditni tashkil qilish uchun ichki audit xizmati xodimlari puxta bilimga ega bo’lish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqur tushunib yetishdan tashqari yana quyidagi asosiy talablarga javob berishlari kerak:

– auditorning malaka sertifikatiga;

– O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasidagi amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.

Ichki audit xizmati xodimlari xo’jalik yurituvchi sub’ektning Kuzatuv kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi va muntazam ravishda ularning malakasini oshirib turilishi kerak.

SHu bilan birga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining samaradorligini ta’minlashda ichki audit xizmatining o’rni nihoyatda katta ekanligiga shubha bo’lmasada, ichki auditni joriy etishda bir qator hal etilishi lozim bo’lgan masalalar mavjud. Bular jumlasiga: ichki audit tizimining ilmiy-metodik asoslarini shakllantirish; Хalqaro Ichki Auditorlik uyushmasi bilan yaqin hamkorlik qilish; ichki auditorlik standartlarini va ichki auditorlik odobini ishlab chiqish hamda uni amalda tatbiq etish kiradi. Bu esa mamlakatimizda joriy etilayotgan ichki audit tizimini takomillashtirish uchun katta turtki bo’ladi. SHunday qilib, ichki audit aksiyadorlik jamiyatlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa tarkibiy tuzilmalari faoliyatida korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va to’lanishini tartibga solib turadi. Bu esa barcha mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda iqtisodiy samaradorlikka erishishni, mehnat qilayotgan jamoaning o’sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirishni, shu bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotining tobora rivojlanib borishini ta’minlaydi.



Ichki auditga qo’yiladigan talablar.

Ichki audit xizmati xodimlari soni ichki audit maqsadlariga samarali erishish va uning vazifalarini hal etish uchun yetarli bo’lishi kerak.

Ichki audit xizmati shtatida quyidagilar bo’lishi kerak:

aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan 10 mlrd. so’mgachani tashkil etadigan korxonalarda - kamida ikki nafar sertifikatsiyalangan auditor;

aktivlarining balans qiymati 10 mlrd. so’mdan 50 mlrd. so’mgachani tashkil etadigan korxonalarda - kamida uch nafar sertifikatsiyalangan auditor;

aktivlarining balans qiymati 50 mlrd. so’mdan ortiqni tashkil etadigan korxonalarda - kamida to’rt nafar sertifikatsiyalangan auditor.

Ichki audit xizmatiga tegishli auditor sertifikatiga ega bo’lgan uning rahbari boshchilik qiladi.

Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi.

Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo’lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak.

Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o’tkazilishi kerak.

Quyidagilar ichki audit xizmati mustaqilligining asosiy shartlari hisoblanadi:

ichki audit xizmati rahbarini va uning xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish, korxona kuzatuvchi kengashining qarorlari bo’yicha ularga ish haqi miqdorini va boshqa to’lovlarni belgilash;

korxona kuzatuvchi kengashiga bevosita bo’ysunish.

Ichki audit:

tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;

korporativ boshqarish prinsiplariga rioya qilinishini;

buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va to’lanishini;

moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini;

aktivlarning holatini;

ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish yo’li bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Kuzatuvchi kengash tomonidan korxona ixtisosidan kelib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni o’tkazishning boshqa yo’nalishlari belgilanishi mumkin.

O’tkazilgan tekshirishlar natijalari bo’yicha bevosita uni o’tkazgan xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi.

Bunda:

a) biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:



uning bajarilishining miqdor va sifat ko’rsatkichlari tahlili;

uning bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar shaxsan ko’rsatilgan holda aniqlangan sabablar bayoni;

b) korporativ boshqarish prinsiplariga rioya qilishni tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

korxona boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning samaraliligi, uning qatnashchilari (muassislar)ning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili;

korporativ boshqarish sohasida qonun hujjatlari buzilishi holatlari bayoni (ta’sis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yig’ilishlar va korxona boshqaruv organlari majlislari o’tkazilishi, dividendlar to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi va hokazolar);

v) korxonaning buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;

aniqlangan buxgalteriya hisobotini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;

g) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va majburiy to’lovlar hisob-kitobi to’g’riligini baholash;

soliqlar va majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani belgilashda chetga chiqishlarni bayon qilish;

d) moliya-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishda korxona tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo’jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini baholash;

ichki audit davomida aniqlangan korxona tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo’jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligini bayon qilish;

ye) ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari to’g’risidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

ichki nazorat tizimini va uning faoliyat ko’rsatishidagi mavjud kamchiliklarni bayon etish;

korxona tarkibiy bo’linmalaridagi ijro intizomining holati to’g’risidagi ma’lumotlar, uning aniq xodimlari ishidagi mavjud kamchiliklar.

Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan o’tkazishning asoslanishini hamda ularning harakati, amalda mavjudligi va saqlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.

shuningdek o’tkaziladigan tekshirishlar bo’yicha barcha hisobotlarda korxona ijro etuvchi organi va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga oladigan yakuniy qism bo’lishi kerak.

O’tkazilgan ichki audit yakunlari bo’yicha, ichki audit rahbari tomonidan imzolanadigan yig’ma hisobot tuziladi.



Yig’ma hisobot:

tahliliy qismni;

yakuniy qismni;

tasdiqlaydigan hujjatlarning to’liq paketini o’z ichiga olishi kerak.

Yig’ma hisobotning tahliliy qismi ichki audit xodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari to’g’risidagi umumlashtirilgan axborotni o’z ichiga olishi kerak.

Hisobotning yakuniy qismi:

korxonaning ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari faoliyatiga, shuningdek likvidligiga umumiy bahoni;

aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etish bo’yicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni o’z ichiga olishi kerak.

Yig’ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi zarur.

Yig’ma hisobotlar bevosita korxonaning kuzatuvchi kengashiga uning ko’rib chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Hisobotlar nusxalari tasdiqlangandan keyin korxona ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.

Korxonaning ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choratadbirlarini ko’rishi shart.

Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha choratadbirlarning o’z vaqtida va zarur darajada bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishi kerak.

Ichki audit xizmati xodimlari:

o’zlari o’tkazgan tekshirishlar natijalari buzib ko’rsatilganligi;

ularga taqdim etilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan ularga ma’lum bo’lgan korxonaning sirini tashkil etadigan axborotning mahfiyligiga rioya qilinmaganligi;

olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi uchun javob beradilar.

Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida aniqlangan qonunni buzishlarni bartaraf etish va korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ko’rilgan choratadbirlarga baho berilishi uchun javob beradi.

Korxonaning kuzatuvchi kengashi har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari to’g’risidagi hisobotini eshitadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan choratadbirlar ko’radi.

Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi. Ichki auditor sertifikati – ichki audit xizmatida faoliyat olib borish uchun ichki auditorning professional malakasini tasdiqlovchi hujjat.

Sertifikat da’vogar tomonidan malaka imtihoni (bundan keyingi o’rinlarda imtihon deb yuritiladi) muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda, auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari (bundan keyingi o’rinlarda auditorlarning jamoat birlashmalari deb yuritiladi) tomonidan besh yil muddatga beriladi.

Sertifikat egasi sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili malaka oshirish kurslaridan o’tishi shart.

Imtihon o’tkazuvchi komissiya (bundan keyingi o’rinlarda komissiya deb yuritiladi) tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlarning jamoat birlashmalari vakillari, zaruriyat bo’lganda, buxgalteriya hisobi, audit, soliq solish va xo’jalik huquqi sohalarining yetakchi mutaxassislari kiritiladi.

Komissiya auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kamida beshta a’zodan, shu jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda tuziladi.

Sertifikat olish, amal qilishini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek uning dublikatini berish haqidagi arizani ko’rib chiqish uchun da’vogar (sertifikat egasi) tomonidan belgilangan miqdorlarda yig’im to’lanadi. Yig’im auditorlarning jamoat birlashmalari hisob raqamiga o’tkaziladi


va imtihonlarni tashkil qilish va o’tkazish, sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Yig’im to’lash uchun bank rekvizitlari to’g’risidagi ma’lumotlar auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiriladi.

Auditorlarning jamoat birlashmalari huzuridagi auditorlarni tayyorlash markazlari – auditorlarni o’qitish va malakasini oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan, faqat auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan ta’sis etiladigan nodavlat ta’lim muassasasi (bundan keyingi o’rinlarda o’quv markazlari deb yuritiladi).

O’quv markazlari:

auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan ichki auditorlarni tayyorlash dasturi (bundan keyingi o’rinlarda tayyorlov dasturi deb yuritiladi) bo’yicha 80 soatli maxsus o’quv kurslarni hamda ichki auditorlar uchun malaka oshirish dasturi bo’yicha 20 soatli kurslarni tashkil etadi;

sertifikat blankasiga sertifikat egasining har yili malaka oshirish kursini o’taganligini tasdiqlovchi yozuv kiritadi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda, keyingi oyning


10-sanasidan kechiktirmay sertifikat egasining malaka oshirish kursini o’taganligi to’g’risida axborot taqdim etadi.

Auditorlarning jamoat birlashmalari:

imtihon o’tkazishni tashkil qiladi, shuningdek o’zlarining veb-saytlariga imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi axborotni joylashtiradi;

tayyorlov dasturi asosida test savollarini va javob variantlarini tuzadi hamda ularni imtihon o’tkazish sanasidan yigirma kun oldin O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

o’quv markazlarida o’quv jarayoni tayyorlov va malaka oshirish dasturlari asosida tashkil etilganligini nazorat qiladi;

da’vogarlarni imtihonga qo’yish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga imtihon o’tkazilgan sanadan boshlab o’n besh kundan kechiktirmay imtihon natijalari bo’yicha da’vogarlarga berilgan sertifikatlar to’g’risida axborot taqdim etadi.

Sertifikat olish uchun imtihonga quyidagi malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar (bundan keyingi o’rinlarda da’vogar deb yuritiladi) qo’yiladi:

1) oliy iqtisodiy ma’lumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limga ekvivalent deb e’tirof etilgan oliy iqtisodiy ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasini tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, moliya yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish bo’yicha amaliy ish stajiga (shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish;

iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limga ekvivalent deb e’tirof etilgan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasini tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yil ichida kamida uch yillik auditor, auditor yordamchisi, buxgalter, revizor, soliq maslahatchisi, soliq inspektori, ichki auditor xizmati xodimi sifatida ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish;

2) o’quv markazlarida maxsus tayyorlov kursini o’taganlik.

Quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo’lgan da’vogarlarga maxsus tayyorlov kursini o’tamagan bo’lsa ham imtihon topshirishga ruxsat beriladi:

auditorning malaka sertifikati (ariza berilgan sanada mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugashiga 6 oydan ko’p vaqt qolgan bo’lsa);

soliq maslahatchisi malaka sertifikati;

buxgalter xalqaro sertifikati (SAR – Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi, CIPA – Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter va boshqalar), buxgalter xalqaro sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab, har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnoma mavjud bo’lsa.

Imtihonda ishtirok etish uchun auditorlarning jamoat birlashmalaridan biriga da’vogar tomonidan belgilangan shakldagi arizaga ilova qilingan holda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

belgilangan shaklga muvofiq to’ldirilgan anketa;

pasport nusxasi;

oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomning notarial yoki uni bergan oliy ta’lim muassasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

mehnat daftarchasidan notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ko’chirma;

ikkita fotosurat (3 x 4 sm o’lchamda);

maxsus tayyorlov kursini o’taganligi to’g’risidagi guvohnomaning asl nusxasi yoki auditor yoki soliq maslahatchisi malaka sertifikatining nusxasi yoxud buxgalter xalqaro sertifikatini olgan yildan keyingi yildan boshlab, buxgalter xalqaro sertifikati egasining har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnomaning va buxgalter xalqaro sertifikatining notarial yoki sertifikat bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

arizani ko’rib chiqish uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida yig’im to’langanligi to’g’risida bank to’lov hujjati.

Maxsus tayyorlov kursini tugatgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha bo’lgan vaqt oralig’i bir yildan ko’p bo’lmaganda guvohnoma haqiqiy hisoblanadi.

Da’vogar taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, to’langan yig’im unga qaytarib berilmaydi.

Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki pochta orqali taqdim etiladi.

Auditorlarning jamoat birlashmalari ariza kelib tushgan kundan boshlab
uch kun ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

imtihon topshirishga ruxsat berish to’g’risida;

imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida.

Da’vogarga quyidagi hollarda imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi:

belgilangan malaka talablariga javob bermasa;

hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim qilinganda yoki to’liq taqdim etilmaganda.

Imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinganda, qabul qilingan qaror to’g’risidagi xabarnoma rad etish asoslari ko’rsatilgan holda auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan da’vogarning anketasida ko’rsatilgan manzilga yoki uning elektron manziliga yuboriladi.

Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun da’vogarga


o’n kun muddat beriladi.

Hujjatlar uch kun ichida qayta ko’rib chiqiladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilgan arizani ko’rib chiqqanlik uchun yig’im undirilmaydi.

Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklar o’n kun ichida bartaraf etilmagan taqdirda, da’vogarning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.

Imtihon topshiradigan da’vogarlarning tasdiqlangan ro’yxati auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan komissiyaga topshiriladi.

Guruhlarning shakllanishiga (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) qarab imtihon o’tkaziladi. Guruhlar da’vogarlarning arizalarini ro’yxatga olish ketma-ketligida shakllantiriladi.

Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlarga imtihon o’tkaziladigan sanadan kamida o’n besh kun oldin imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi xabarnomani auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiradi hamda da’vogarning anketada ko’rsatilgan manziliga pochta orqali yoki elektron xabar ko’rinishida yuboradi.

Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon o’tkazishda:

da’vogarlarni ro’yxatdan o’tkazadi;

imtihon o’tkazish uchun jihozlangan xonani zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlaydi;

imtihon o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini ta’minlaydi;

imtihon o’tkazish uchun zarur bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.

Da’vogarlar imtihon topshirishga pasporti bilan kiritiladi. Pasporti bo’lmagan yoki imtihonga kechikkan da’vogarlar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi hamda imtihon topshirishga ruxsat berilgan navbatdagi shaxslar ro’yxatiga kiritiladi.

Da’vogar auditorlarning jamoat birlashmalariga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab ikki marotaba imtihon topshirishga kelmagan taqdirda, da’vogar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar qaytarib yuboriladi. Hujjatlar qayta taqdim etilishi mumkin.

Imtihon uch soat ichida yozma shaklda test o’tkazish yo’li bilan o’tkaziladi.

Har bir da’vogar tomonidan ro’yxat raqami, test savollari hamda maxsus test blankalari olinadi (bundan keyingi o’rinlarda test blankasi deb yuritiladi).

Komissiya raisi tomonidan imzo qo’yilmagan test blankasi haqiqiy hisoblanmaydi.

Тest savollari auditorlarning jamoat birlashmalari taqdim etgan savollar asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi.

Тest savollari qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hisobga olingan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.

Imtihon savollari tayyorlov dasturi bo’yicha tuziladigan 60 ta test savolidan iborat bo’ladi.

Da’vogarga har bir to’g’ri javob uchun 1 ball, noto’g’ri javob uchun yoki javob bo’lmasa 0 ball qo’yiladi.

Тest natijalarini ijobiy deb tan olish uchun asos bo’lib hisoblanadigan to’g’ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.

Begona shaxslarning imtihonda qatnashishiga ruxsat etilmaydi.

Imtihon o’tkazishga ajratilgan vaqt tugagach, da’vogar test blankasini test savollari bilan birga komissiyaga topshiradi. Тest blankasida da’vogarning ro’yxat raqamidan tashqari axborotlar (da’vogarning ismi, familiyasi, otasining ismi, shuningdek da’vogarning shaxsini aniqlash imkonini beradigan boshqa biror bir belgi) bo’lmasligi lozim. Ushbu talablarni buzgan da’vogar imtihon topshirmagan deb hisoblanadi.

Imtihon o’tkazilayotganda da’vogarga quyidagilar taqiqlanadi:

normativ-huquqiy hujjatlar, o’quv va maxsus adabiyotlardan foydalanish;

uyali aloqa telefonlari yoki boshqa texnik vositalardan foydalanish;

o’zaro gaplashish, yordam hamda maslahat va tushuntirishlar berish;

test savollarini auditoriyadan olib chiqish.

Ushbu talablarni buzgan da’vogarlar dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda auditoriyadan chiqarib yuboriladi va imtihon topshiraolmagan deb hisoblanadi.

Imtihon natijalari komissiya tomonidan imtihon o’tkazilgandan so’ng ikki kun ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshiraolmagan da’vogarlarga yig’im qaytarib berilmaydi.

Imtihon topshirish natijalari salbiy baholangan da’vogarning hujjatlari qaytarib yuboriladi.

Imtihon topshiraolmagan da’vogarlar imtihon topshirish uchun hujjatlarni qayta taqdim etishga haqlidir.

Imtihonda ishtirok etish uchun da’vogarlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda komissiyaning yig’ilish bayonnomalari besh yil mobaynida auditorlarning jamoat birlashmalarida saqlanadi.

Imtihon natijalari salbiy baholangan da’vogarlar natijalar e’lon qilingan sanadan boshlab o’ttiz kalendar kun mobaynida tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi.

Berilgan apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir hafta ichida ko’rib chiqiladi va qabul qilingan qaror to’g’risida ariza beruvchi yozma ravishda xabardor qilinadi. Ariza beruvchi apellyatsiya shikoyatining ko’rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

Apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

imtihon natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to’g’risida;

ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon tayinlash to’g’risida;

imtihon natijalarini o’zgartirish va ijobiy baholash to’g’risida.

Imtihon natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to’g’risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

apellyatsiya shikoyatida keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa;

apellyatsiya shikoyati nazarda tutilgan muddat mobaynida taqdim etilmagan bo’lsa.

Ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon tayinlash to’g’risidagi qaror imtihon Nizom talablarini buzgan holda o’tkazilganda qabul qilinadi. Bunday hollarda ariza beruvchidan yig’im undirilmaydi.

Imtihon natijalarini o’zgartirish va ijobiy baholash to’g’risidagi qaror imtihon savollari bo’yicha berilgan javoblar noto’g’ri baholanganda va to’g’ri javoblar miqdori belgilangan talabiga muvofiq kelgan hollarda qabul qilinadi.

Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilgan qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Imtihon natijalari komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi


va auditorlarning jamoat birlashmalariga topshiriladi.

Sertifikat imtihonda qatnashish uchun ariza topshirilgan auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan beriladi. Sertifikat maxsus blankada rasmiylashtiriladi va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi. Sertifikat auditorlarning jamoat birlashmasining rasmiy qisqartirilgan nomidan keyin oraliq bo’shliqlarsiz (Х...Х 000000 tarzida) raqamlanadi. Sertifikat blankalari qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi va qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega bo’lgan maxsus qog’ozda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan auditorlarning jamoat birlashmalari buyurtmasiga ko’ra tayyorlanadi.

Auditorlarning jamoat birlashmalari belgilangan tartibda berilgan
va qayta rasmiylashtirilgan, shuningdek dublikatlari berilgan sertifikat blankalari hisobini yuritadi hamda saqlanishini ta’minlaydi. Sertifikat imtihon komissiyasining bayonnomalari olingandan so’ng o’n kun ichida rasmiylashtiriladi va sertifikat egasiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga ichki auditorlar reestriga imzo qo’ydirish orqali beriladi. Da’vogar sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida uni olish uchun kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy voz kechsa, auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan ushbu sertifikatni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq uning amal qilish muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolgan bo’lsa, auditorlarning jamoat birlashmasiga uning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ushbu Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:

anketa;


sertifikatning asl nusxasi;

sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bank to’lov hujjati. Sertifikatning amal qilish muddati belgilangan talablarga rioya etilgan holda sertifikat egasi tomonidan imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda uzaytiriladi. Sertifikatning amal qilishi sertifikat blankasida ko’rsatilgan muddatning tugash sanasidan boshlab besh yil muddatga uzaytiriladi. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan sertifikat blankasiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Sertifikat blankasidagi uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ajratilgan tegishli rekvizitlar to’lgan bo’lsa, ilgari berilgan raqam bilan yangi sertifikat beriladi. Yangi sertifikat blankasining pastki o’ng burchagiga ilgari berilgan sertifikat haqidagi axborotlar yozib qo’yiladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’q qilinadi.

Sertifikat egasining familiyasi (ismi, otasining ismi) o’zgarganda, o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga belgilangan shakldagi arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan sertifikatning asl nusxasi hamda o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda topshiriladi.

Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida ilgari berilgan sertifikat raqami bilan qayta rasmiylashtiriladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’q qilinadi.

Yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o’rniga sertifikat egasining nazarda tutilgan shakldagi arizasiga ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.

Sertifikat egasi sertifikati yo’qolganligini matbuotda e’lon qilishi va uning matbuotda e’lon qilinganligini tasdiqlovchi axborotni tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga taqdim etishi lozim. Sertifikat dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Yaroqsiz holga kelgan sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yo’q qilish uchun qaytarib berilishi kerak.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirganlik hamda uning dublikatini berganlik uchun ariza topshirilgan sanadagi eng kam ish haqining to’rtdan bir qismi miqdorida yig’im undiriladi.

Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

sertifikat egasining arizasiga muvofiq;

har yillik 20 soatli malaka oshirish kursini o’tamaganda;

sertifikat egasi tomonidan ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan konfidensial axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

sertifikatni ichki audit faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganlik fakti aniqlanganda;

ichki auditor sifatida uch yil faoliyat olib borilmaganda;

muayyan mansabni egallash yoki xo’jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;

fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;

sertifikatning amal qilish muddati tugaganda.

Sertifikatning amal qilishi auditorlarning jamoat birlashmasi qarori bilan tugatiladi. Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.

Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi:

sertifikatni berish to’g’risidagi qarorning noqonuniyligi aniqlanganda;

sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Sertifikatni bekor qilish to’g’risidagi qaror sertifikat berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi. Sertifikatning amal qilishini tugatish hamda bekor qilish haqidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.

Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to’g’risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida, shuningdek auditorlarning jamoat birlashmasi veb-saytlarida e’lon qilinishi kerak. Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to’g’risidagi qaror besh kun ichida sertifikat egasiga va u ichki audit xizmatida ishlab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga yuboriladi. Sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to’g’risidagi qaror sertifikat egasi tomonidan olingan kundan boshlab o’n kun ichida sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga belgilangan tartibda yo’q qilish uchun qaytarilishi lozim. Sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan jismoniy shaxslarga sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida qayta sertifikat olish uchun imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi.

Auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan ichki auditor sertifikatiga ega bo’lgan shaxslarning reestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:

sertifikat olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi;

pasport ma’lumotlari va yashash manzili;

ish joyi;

sertifikatning hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;

auditorning malaka sertifikati, soliq maslahatchisi, buxgalter xalqaro sertifikatlarining berilgan sanasi va raqami;

har yili malaka oshirish kurslarini o’taganligi haqida;

sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar.

Reestrdagi quyidagi ma’lumotlar auditorlarning jamoat birlashmasi
veb-saytiga joylashtiriladi va barchaning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:

sertifikat olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

sertifikat raqami va berilgan sanasi;

sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikati berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar.


BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:


  1. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunning mohiyati va uning ahamiyati qanday?

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi Qarori mohiyati va uning ahamiyati qanday?

  3. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) va uning faoliyat yo’nalishlari to’g’risida nimalar bilasiz?

  4. . O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) va uning faoliyati to’g’risida nimalar bilasiz?

  5. Auditorlik faoliyatining qanday milliy standartlari mavjud?

  6. Auditorlik tashkilotlarining qanday huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari mavjud?

  7. Ichki va tashqi audit nima hamda ular o’rtasidagi o’zaro qanday farqli va o’xshash jihatlar mavjud?

4-MAVZU: AUDIТORLIK ТEKSHIRUVLAR, ULARNING ТURLARI VA SHAKLLARI
REJA:

1 Majburiy auditorlik tekshiruvi.

2. Тashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi.

3. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko’ra audit o’tkazish xususiyatlari.

4. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari.
Тayanch iboralar:

(auditorlik tekshiruv, majburiy audit, tashabbusli audit, auditor, auditorlik tashkiloti, hisobot, xulosa, jarima)
1 Majburiy auditorlik tekshiruvi.

Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin.

«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:


  • aksiyadorlik jamiyatlari;

  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;

  • sug’urta tashkilotlari;

  • investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari;

  • manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;

  • mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;

  • ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.

Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillik moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik xulosasiga ega bo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan hisoblanadi.

«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning 1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan o’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliq organlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini soliq organiga o’z vaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq organiga buning sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.

Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz undirib olinadi.

Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.

Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun undiriladigan jarimalar stavkalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobot yili oxirida mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi tushumining miqdoriga qarab eng kam oylik haqining 100 baravaridan 500 baravarigacha tabaqalashtirilgan.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganlik uchun tabaqalashtirilgan jarima stavkalari:


Jarima miqdori

Bir yilda mahsulot (ish, xizmat)lar

sotishdan olingan yalpi tushum miqdori

(QQS bilan birga)

Eng kam oylik ish haqi miqdorining

50 baravari

Eng kam oylik ish haqi miqdorining

500 baravarigacha



Eng kam oylik ish haqi miqdorining

75 baravari

500 baravaridan 15 ming baravarigacha

Eng kam oylik ish haqi miqdorining

100 baravari

15 ming baravaridan ortiq




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin