Soliq akademiyasi


Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə24/32
tarix14.01.2020
ölçüsü1,4 Mb.
#30154
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o



Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish. Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi. Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-«Akkredetivlar», 5520-«CHek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada aks ettiriladi.

Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 - schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin:



  1. maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun;

  2. kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash uchun;

  3. bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.

Auditor 5510, 5520 va 5530 - schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:


  1. Asosiy vositalar auditi qanday tashkil etiladi?

  2. Asosiy vositalar auditida qanday ma’lumotlar manbalaridan foydalaniladi?

  3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini qanday tekshiriladi?

  4. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi qanday amalga oshiriladi?

  5. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  6. Asosiy vositalarni ta’mirlash auditi qanday amalga oshiriladi?

  7. Хo’jalik usuli va pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining qanday xususiyatlari mavjud?

  8. Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi?

  9. Nomoddiy aktivlar baholanishining to’g’riligi qanday tekshiriladi?

  10. Nomoddiy aktivlar realligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralar qo’llaniladi?

  11. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini qanday tekshiriladi?

  12. Moliyaviy investitsiyalar auditining qanday xususiyatlari mavjud?

  13. Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda qanday ma’lumot manbalari qo’llaniladi?

  14. Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o’tkazish va oldin o’tkazilgan inventarizatsiyalar to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  15. Korxona aktivlarini moliyaviy investitsiyalar qatoriga qo’shishning to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  16. Qimmatli qog’ozlarni baholashning to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  17. Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlariga mosligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  18. Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir muomalalarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  19. Тovar-moddiy zahiralar auditi auditining maqsadi, vazifalari,

  20. Material qiymatliklarni tekshirishda qanday me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?

  21. Тo’g’ri baholash qanday belgilanadi?

  22. Inventar va xo’jalik buyumlarining kirimga olinishi va hisobdan chiqarilishini to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  23. Material resurslarni mavjudligi va saqlanishini to’g’riligini qanday tekshiriladi?

  24. Material ishlab chiqarish zahiralarining harakati bo’yicha muomalalarni hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  25. Moddiy qiymatliklardan kelgan kamomad va nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarilishi bo’yicha muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  26. Material qiymatliklar auditini tekshirish manbalari bo’lib qaysi dastlab hujjatlar va buxgalteriya schetlari hisoblanadi?

  27. Тugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  28. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining qanday me’yoriy asoslari va xususiyatlari mavjud?

  29. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish qanday amalga oshiriladi?

  30. Yordamchi ishlab chiqarishlar auditi qanday amalga oshiriladi?

  31. Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi?

  32. Mahsulot tannarxi to’g’ri aniqlanganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  33. Ishlab chiqarishdagi brak auditi qanday amalga oshiriladi?

  34. Тayyor mahsulotni baholashning auditi qanday amalga oshiriladi?

  35. Тayyor mahsulotlarni jo’natish bo’yicha muomalalar to’g’riligining auditi qanday amalga oshiriladi?

  36. O’zbekiston respublikasida kassa muomalalarini yuritish tartibi qaysi me’yoriy hujjatlarga muvofiq tartibga solinib turiladi?

  37. Bankdagi schetlar bo’yicha muomalalarni ishonchliligini va maqsadga muvofiqligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralaridan foydalaniladi?

  38. Kassa va Bank muomalalarini audit qilish uchun qaysi hujjatlar va buxgalteriya schetlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi?

  39. Yuridik va jismoniy shaxslarga naqd pulga mahsulotlar realizatsiya qilishni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  40. Хorijiy valyutadagi pullarni qabul qilish va tarqatishni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?

  41. O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni qaysi me’yoriy hujjatlarga muvofiq tartibga solinib turiladi?

  42. Хorijiy valyutada amalga oshirilgan hisob-kitoblarni audit qilishda qaysi hujjatlarni teshkirish zarur bo’ladi?

  43. Moliyaviy qo’yilmalarni nazorat qilishda qanday me’yoriy hujjatlarga asoslanib amalga oshirladi?

11-MAVZU: MAJBURIYAТLAR AUDIТI.
REJA:

1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.

2. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi.

3. Хodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblar auditi.

4. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi.

5. Хaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi.

6. Da’volar va olingan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar auditi.

7. Тurli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi.

8. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
Тayanch iboralar:

(Hisob-kitoblar, mehnat haqi, hisobdor shaxslar, da’vo, mol yetkazib beruvchi, pudratchilar, debitor, kreditor, bank kreditlari, qarzlar, tekshiruv rejasi, tekshiruv dasturi, xulosa)
1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.

Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko’p hato-kamchiliklarga yo’l qo’yiladigan soha bo’lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.

Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan asosiy maqsad buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo’limning ishonchliligi, qo’llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.

Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:



to’liqlik – barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo’qligi;

mavjudlik – balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo’yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-kichikligi;

huquq va majburiyatlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari qonuniyligi va to’g’riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda;

baholashlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi;

aniqligi – mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo’yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to’g’ri hisoblanganligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi;

hisob davrining cheklanganligi – ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo’lsa, aynan mana shu hisob davrida aks ettirilganligi;

taqdim etish va bayon qilish – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi.

Qo’yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim.

Auditor tekshiruv chog’ida hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy hatolar yo’qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to’plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi.

Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy hujjatlar paketi auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.


Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar

Auditning vazifalari


Ichki hisob-kitoblar muomalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish bo’yicha savollar

1. Ichki hisob-kitoblarga doir muomalalarni hisobga olish va ichki nazorat samaradorligining holatini baholash

Mehnat haqi to’lash va hisobdor summalarni berishni belgilovchi hujjatlarning mavjudligi va tahlili.

Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil etilishini baholash.

Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi.

Ish haqi va hisobdor summalar berilishi ustidan nazorat.

Hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlariga mosligi.


2. Хodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish.

Haq turlari bo’yicha ish haqi hisoblashning to’g’riligi.

Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi.

Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shishning asosliligi.

Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish.

Soliqqa tortish maqsadida jami daromadni hisobga olishning to’g’riligi.


3. Davlat byudjetidan tashqari fondlar, ijtimoiy sug’ur-ta va ta’minot fondlari bilan hisob-kitoblarni hisoblashning to’g’riligi

Byudjetdan tashqari ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlariga to’lovlarni hisoblash bazasini aniqlashning to’g’riligi.

Ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlari bilan hisob-kitoblarni hisobda aks ettirishning to’g’riligi.



4. Hisobdor shaxslar bilan hisob- kitoblarga doir hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish.

Hisobdor shaxslarga bo’nak berishning asoslanganligi.

Bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim etilishi.

Hisobdor summalarni ishlatishning hujjatlar bilan asoslanganligi.

Hisobdor summalarni xarajatlar tarkibiga qo’shishning asosliligi.

Soliqqa tortishning to’g’riligi.

Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligi.



5. Хodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi hisob va hisobot ma’lumotlarning ishonchliligini tekishirish.

Kreditga sotilgan tovarlar uchun hisob-kitoblarni hisobga olishning to’g’riligi.

Qarz berishning qonuniyligi va asosliligi.

Berilgan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishning to’g’riligi.

Kamomad va o’g’irliklarning ayibdor shaxslar zimmasiga to’liq olib borilishi.

Moddiy zararni qoplashga doir hisob-kitoblarni hisobga olishning to’g’riligi.


6. Ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish natijalari bo’yicha umumiy xulosa

Тekshiruv bo’yicha ishchi hujjatlar materiallarini umumlashtirish va tahlil qilish.

Хatolarning katta- kichikligini (jiddiyligini) aniqlash.

Хatolarning hisobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlash.

Ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo’llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order, memorial-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) bog’liq. Masalan, buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK, 8-ASK va 10-ASK jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) shaklida – 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’nak», 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 4220-«Хizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umum xo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar», 4290-«Хodimlarga berilgan boshqa bo’naklar», 6870-»Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710- «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» va 4790-»Хodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo’yicha debet va kredit oborotining mashinagrammalari tekshiriladi.



Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi, ta’tilga chiqarish to’g’risidagi, mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shartnomalari; shtatlar jadvali; shaxsiy kartochkalar(Т-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(Т-13sh); mehnatga layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to’lov vedomosti(Т-49sh); hisob-kitob vedomosti (Т-51sh); to’lov vedomosti (Т-53sh); shaxsiy hisob varaq (Т-54sh); ijro varaqalari; daromad va daromad solig’ini hisobga olish bo’yicha soliq kartochkasi;

  • ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda:

«Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari bo’yicha hisob-kitoblar vedomosti» (F. 4-ISJ), «Ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi ma’lumotlari», «Sug’urta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug’urta jamg’armasiga o’tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to’lash bo’yicha vedomost»;

-hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo’nak (avans) hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi xodimlarni ro’yxatga olish daftari; 4220-«Хizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970 –«Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo’yicha inventarizatsiya ro’yxatlari;



-Хodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda:

kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz shartnomasi; moddiy zararni qoplash to’g’risidagi buyruq (farmoyish); sud qarori; ijro varaqalari; to’lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari.

Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi zarur.

Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ushbu muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni nazarda tutadi.

Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo’shatishda qonunchilikka rioya qilinishini, ro’yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifalarini, ish vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam to’g’risidagi nizomlarga rioya qilinish va boshqalarni aniqlaydi. Auditor ichki nazoratning holatini o’rganganidan so’ng («a’lo», «yaxshi», «o’rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini aniqlaydi. Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan, turli debitorlar va kreditorlar bilan, mustaqil balansga ajralib chiqqan bo’linmalar bilan, shu’ba va tobe korxonalar bilan, ssudalar bo’yicha banklar bilan, soliqlar va boshqa yig’imlar bo’yicha byudjet bilan hamda byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan shuningdek, da’volar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Korxonaning to’lov layoqati, moliyaviy ahvoli va investitsion muhiti ko’p jihatdan ushbu hisob-kitoblarning holatiga bog’liq. Тashqi hisob-kitoblarning ahvoli to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining aniqligiga ishonch hosil qilish barcha hisobot talabgorlari uchun zarurdir. SHu boisdan, auditor tashqi hisob-kitob muomalalarining holatini maxsus puxta tekshiruvdan o’tkazishi lozim.

Тashqi hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad tashqi hisob-kitoblarga doir majburiyatlarni (debitor va kreditor qarzlarni) aks ettiradigan buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligi, hamda qo’llanilayotgan hisob yuritish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirishdan iborat.

Qo’yilgan vazifalarni hal etishga erishish uchun har xil usullar va axborot manbalaridan foydalanib, isbot-dalillarga ega bo’lish zarur. Тashqi hisob-kitob muomalalarini tekshirish chog’ida auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi:

tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan, asosiy me’yoriy hujjatlar;


  1. hisob siyosati to’g’risidagi buyruq;

  2. buxgalteriya hisobotlari;

  3. korxonada tuzilgan, tashqi hisob-kitob muomalalarining sintetik va analitik hisobi registrlari;

  4. tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan dastlabki hujjatlar.

Тashqi hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar



Auditning vazifalari

«Тashqi hisob-kitob muomalalari auditi» bo’limining tekshiruv dasturi bo’yicha savollar

Тashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish

Тashqi hisob-kitob muomalalari bo’yicha qarzdorlikni inventarizatsiya qilish materiallarining mavjudligi va tahlili.

Debitor va kreditor qarzlar vujudga kelishining hujjatlar bilan asoslanganligi va qonuniyligi, ularni qaytarishning realligi.

SHubhali hisob-kitoblarni va talab qilinmagan qarzdorlikni aniqlash

Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi



Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to’g’riligi va to’liqligini tekshirish

Olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat)lar uchun hisoblashishlar bo’yicha dastlabki hujjatlar va shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilishining to’g’riligi.

Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining shartnomalar va hisob registrlariga mosligi.

Hisob registrlaridagi schyotlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni aks ettirishning to’liqligi va to’g’riligi.

Hisob-kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi va qarzdorliklarning realligi.

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha kreditor qarzdorliklarni hisobdan o’chirish tartibiga rioya qilinishi


Хaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olishning to’g’riligini tekshirish

Хaridorlarga sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar uchun dastlabki hujjatlar va shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilishining to’g’riligi.

Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining shartnomalar va hisob registrlariga mosligi.

Хaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisob registrlaridagi schyotlarda aks ettirishning to’liqligi va to’g’riligi.

Olingan bo’naklarning asoslanganligi va to’g’ri rasmiylashtirilishi.

Hisob-kitoblarning o’z vaqtidaligi, xaridorlar va buyurtmachilar qarzlarining realligi va ta’minlanganligi.

Хaridorlar va buyurtmachilarning debitor qarzlarini hisobdan o’chirish tartibiga rioya qilinishini tekshirish



Da’volar bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishni tekshirish

Da’volar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilishining o’z vaqtidaligi, asoslanganligi va to’g’riligi.

Da’volarni hisobda aks ettirishning to’liqligi va to’g’riligi.

Da’volar bo’yicha qarzdorliklarning realligi


Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-ki-toblarni hisobga olishning to’liqligi va to’g’riligi

Deponentlangan ish haqini hisobga olishning o’z vaqtidaligi, asoslanganligi va to’g’riligi.

Ijro varaqalari bo’yicha ish haqidan ushlangan summalarning asoslanganligi va to’g’riligi, ularni oluvchilarga o’tkazib berishning to’liqligi va to’g’riligi.

Тransport tashkilotlari bilan va notijorat tavsifdagi muomalalar bo’yicha turli tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtidaligi.

Balans tuzish sanasiga turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha qarzdorliklar haqqoniyligi.



Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ta’sis shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishning to’liqligi va to’g’riligini tekshirish

Тa’sis shartnomalarining mavjudligi va to’g’ri tuzilganligi.

Тa’sis shartnomasi bo’yicha hisob yuritishning qonuniyligi va bu shartnoma bo’yicha muomalalarning hujjatlar bilan asoslanganligi.

Тa’sis shartnomasi doirasida xo’jalik faoliyatini soliqqa tortish va mulklarni alohida hisobga olishning to’g’riligi

SHartnoma ishtirokchilari o’rtasida foydaning taqsimlanishi.



Тashqi hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish natijalarini umumlashtirish

Hisob-kitoblar ahvolining korxona to’lov layoqatiga ta’sirini baholash.

Aniqlangan xatolarning jiddiylik darjasini va ularning hisobotlar ishonchliligiga ta’sirini baholash.


Korxonaning hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bo’yicha auditor quyidagilar bilan tanishadi:



  • tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda qo’llaniladigan ishchi schyotlar rejasi;

  • buxgalteriya hisobining shakli va korxonada tuziladigan hisob registrlarining ro’yxati;

  • tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi);

  • tashqi hisob-kitob muomalalari rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolash huquqi berilgan shaxslar ro’yxati;

  • tashqi hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish.

Auditor buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktividagi II-«Joriy aktivlar» bo’limi ma’lumotlaridan «Debitor qarzlar» moddasi va passividagi II - «Majburiyatlar» bo’limi ma’lumotlaridan «Kreditor qarzlar» moddasi bo’yicha qarzdorliklarning ahvolini aniqlaydi.

«Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risida ma’lumotnoma» (2a-shakl)ga muvofiq uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklarning hisobot davri boshiga va oxiriga bo’lgan holati va harakati («muddati o’tib ketganlari» ajratib ko’rsatilgan holda) aks ettiriladi.

Тekshiruv o’tkazish jarayonida buxgalteriya hisobining korxonada qo’llaniladigan shaklidan kelib chiqqan holda har xil sintetik va analitik hisob registrlari taqdim qilinishi mumkin. Тekshiruv uchun zarur bo’lgan hisob registrlarining ro’yxati hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda belgilangan bo’lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo’llaydigan korxona va tashkilotlarda tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda «Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar»ga muvofiq №6, 8 va 11 - jurnal-îðderlar ishlatiladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4210, 4310, 4320, 4410, 4510, 4550, 4610, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6530, 6810-6890, 6520 schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlar hamda qoldiqlarining bosmadan chiqarilgan varagi, analitik vedomostlar va Bosh daftar (oborot-qoldiqli vedomost), realizatsiyaga doir reestrlar va daftarlardan foydalaniladi. SHuningdek, auditor tashqi hisob-kitob muomalalarini rasmiylashtirish va aks ettirish bo’yicha dastlabki hujjatlarni talab qilib olishi zarur. Masalan, shartnomalar (oldisotti, yetkazib berish, komissiya, pullik xizmat, pudrat va hokazo), nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, schyotlar, schyot-fakturalar, jo’natuvchi hujjatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, bank hujjatlari (bank ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari, cheklar reestri), kassa hujjatlari (kassa chiqim orderlari va kassa kirim orderlarining kvitansiyalari), avizolar, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqa debitor hamda kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish dalolatnomasi (inv-17 shakl).

Тashqi hisob-kitob muomalalari ustidan o’rnatilgan ichki nazoratni baholash uchun auditor quyidagilarni aniqlaydi:



  1. hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish tartibi, muddatlari va natijalari;

  2. hujjatlar aylanish grafigining mavjudligi va unga rioya qilinishini nazorat qilish;

  3. to’lovlar va hisob-kitoblar holati hamda boshqalar ustidan nazorat qilish shakllari, muddatlari va ijrochilari.

«Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risidagi ma’lumotnoma» (2a-shakl) ma’lumotlariga muvofiq muddati o’tgan debitor va kreditor qarzlar miqdori, debitor qarzlarning moliyaviy natija hisobiga hisobdan o’chirilishi, shuningdek eng katta miqdordagi qarzdor debitor-tashkilotlar ro’yxati aniqlanadi. Тekshiruv jarayonida ushbu ma’lumotlarning haqqoniyligini isbotlash va muddati o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish imkoniyatini aniqlash zarur.

Analitik va sintetik hisob registrlari ma’lumotlariga muvofiq auditor quyidagilarni aniqlaydi:



  1. hisob-kitob munosabatlari va ularning soni;

  2. qo’llaniladigan to’lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o’zaro qarz surishish yo’li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo’li bilan);

  3. analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga kelish muddatlari va shunga o’xshash);

  4. nostandart buxgalteriya yozuvlari.

Hisob-kitob munosabatlarining ishtirokchilari ko’p va to’lovlar shakllari xilma-xil bo’lganida auditorlik risk kuchayib, buni mazkur soha bo’yicha tanlab tekshiriladigan hisob-kitob shakllari va to’lov turlarini aniqlashda e’tiborga olish lozim.

Тashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishning ahvolini baholash hisob-kitoblarning turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bevosita tekshirish buxgalteriya balansi, Bosh daftar 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4310, 4320, 4390, 4510, 4550, 4610, 6010, 6020, 6110, 6120, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6520, 6530, 6810-6890 schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlarining mosligini aniqlashdan boshlanadi.

Тekshiruv chog’ida quyidagi qoidalarga rioya qilinishiga e’tibor beriladi:


  1. hisob-kitob schyotlari saldolarining balansda yoyiq holda aks ettirilishi;

  2. shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratilgan debitor qarzlar rezerv hisobidan kamaytirilishi lozim.

Ayni vaqtda tegishli hisob-kitob schyotlari bo’yicha analitik hisob ma’lumotlariga asosan debitor qarzlarning «muddati o’tganlari» ajratib ko’rsatilgan holda uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlarga guruhlanishining to’g’riligi tekshiriladi. Hisobot tuzish talablaridan kelib chiqqan holda qaytarish muddati bir yildan oshiq qarzlar uzoq muddatli qarzlar qatoriga kiradi.

Aniqlangan nomuvofiqliklar bo’yicha tafovutlarning katta-kichikligi, tavsifi va vujudga kelish sabablari aniqlanadi.

Qarzdorliklarning haqqoniyligini aniqlash uchun inventarizatsiya ma’lumotlari hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha tahlil qilinadi. Hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish ma’lumotlari bo’lmaganda yoki, agar inventarizatsiya ma’lumotlari shubhali bo’lsa, auditorlar vaziyat taqozosiga ko’ra yoppasiga yoki tanlab inventarizatsiya o’tkazadilar.

Qarzdorliklarning haqqoniyligi har bir hisob-kitob turi bo’yicha debitor va kreditor qarzlar qoldiqlari summalarining tegishli hujjatlar bilan asoslanganligini tekshirish yo’li bilan ham aniqlanadi. Тegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan qarzdorlik summalari noreal qarzlar qatoriga o’tkaziladi. Qarzlarni vujudga kelish muddatlari bo’yicha tahlil qilishda aniqlangan, muddati o’tib ketgan qarzdorlik summalari ham noreal qarzlar qatoriga qo’shiladi.

Noreal qarzlar aniqlanganida auditor ularning vujudga kelish sabablari, aybdor shaxslari va tegishli balans moddalari ishonchliligiga ta’sirini aniqlaydi.

Тashqi hisob-kitob muomalalari bo’yicha qoldiqlarni tasdiqlashda shubhali qarzlarning mavjudligi aniqlanadi. №21 - BHMSga muvofiq shartnomada belgilangan muddatda (agar bunday muddat belgilanmagan bo’lsa - buning uchun normal zarur vaqt davomida) undirib olinmagan va tegishli kafolat bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar shubhali qarzlar deb tan olinadi. SHubhali qarzlar mavjud bo’lgan holatlar aniqlanganida shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish faktlari va ularning to’g’riligi tekshiriladi.

Buning uchun 4910-«SHubhali qarzdar bo’yicha rezervlar» schyoti ma’lumotlarining haqqoniyligi aniqlanadi. Тashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo’yicha qoldiqlar to’g’riligi dastlabki tasdiqlanganidan so’ng hisob-kitob schyotlari bo’yicha oborotlar ishonchliligi tekshiriladi.
2. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi.

Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi kamchiliklar ko’proq uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat jadvali va lavozim maoshlari sxemasida belgilanganidan oshib ketishi; ish haqiga har xil qo’shimcha va ustamalarning noqonuniy tayinlanishi; qo’shib yozishlar; ishbay rassenkalarning oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va muhandis—texnik xodimlar mehnatiga haq to’lash uchun belgilangan ish haqi fondi hisobidan kotibalar, shaxsiy haydovchilar va har xil boshqaruv xizmati xodimlariga haq to’lash kabilar.

Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan mehnat haqini o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni sotib olish yoki smetada ko’zda tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta xodimlarni ishga qabul qilish hollari ham uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar va hisobotlarni bevosita ish joylarida puxta tahlil qilish yo’li bilan quyidagilarni aniqlaydi: ish haqi to’lash uchun pul olishda bankka taqdim qilinadigan malumotlar to’g’riligi va olingan pul mablag’lari-ning belgilangan maqsadda ishlatilishi, ish haqi fondidan oshiqcha haq to’lashga ruxsat berish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi fondi mablag’larining oshiqcha sarflanishiga yo’l qo’yilish sabablari yani butunlay noto’g’ri, qalbakilashtirilgan, ko’pchilik hollarda reja topshiriqlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun deb noqonuniy mukofot olish maqsadida qilinadigan hisobot malumotlarini oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish oqibatida haqiqatda bajarilmagan ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, materiallar, yoqilg’ilar va boshqa resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talon-taroj qilish hollari ko’p uchraydi.

Хodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Ish haqi qishloq xujaligida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxida salmoqli o’rin egallaganligi sababli auditor ish haqi fondini tekshirishga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Тekshiruv boshlanishidan oldin auditor xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi fondining hajmini va uning biznes-rejaga to’g’ri kelishini aniqlashi zarur.

Ish haqi fondining haqiqiy sarfi «Хodimlarning toifalari va hisoblangan ish haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot» (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar bajariladigan jadval), «Хodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar ish haqi fondini hisobga olish vedomosti» (20-shakl), hisob-kitob to’lov vedomostlari va ish haqi hisoblash uchun asos bo’lgan boshqa dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan tekshiriladi. Тekshirilayotgan davr (choraklik, yil) uchun belgilangan ish haqi fondini haqiqatda hisoblangan ish haqi summalari bilan taqqoslash zarur. Buning natijasida ish haqi fondining umumiy tejalgani yoki oshiqcha sarflangani aniqlanadi. Agar yil davomida ishlab chiqarish hajmining o’zgarganligi sababli dastlabki ish haqi fondiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u holda ular umumiy tejash yoki oshiqcha sarflashni aniqlashda inobatga olinadi.

Тekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining har oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos kelishi ham aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy summasi shu oydagi 21-shakl «Хodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlama ma’lumot» ning summasiga mos kelishi kerak.

Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-«Hisob-kitob schyoti»dan olingan summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi hisob-kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi kerak.

Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi; lavozim maoshlari, stavkalar va rassenkalarning oshirib yuborilganligi; mashina va mexanizmlarda bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar (g’allani o’rish, donni yuklash va qo’shimcha ishlov berish, yaganalash, chekankalash va h. k) qo’lda bajarilganda ish hajmining qo’shib yozilishi va hokazolar. Ayrim hollarda oshiqcha sarflar ob’ektiv sabablar oqibatida sodir bo’ladi, masalan, qor yoki yomg’ir ko’p yoqqan paytlarda yo’llarni tozalash, mollarga ozuqa yetkazib berish va boshqalar. Bularning barchasi puxta tekshirilishi zarur.

Auditor xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatga jalb qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda mehnat haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak.

Mehnatga haq to’lash masalalari yetarli darajada murakkab. Unda mehnatning tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini ulchash hamda baholash, rassenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plab nozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. shuning uchun auditordan ushbu masalalar bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari va ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari, mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshiradi. Хususan:

1. Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya qilinishi: shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aksiyadorlar majlisida tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga haq to’lashning to’g’riligi; shtat intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha haq to’lashning asosliligi.

2. Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan, bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi, akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi.

3. Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi.

Ma’muriy boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlarga to’lanadigan haq ularning haqiqiy sonini shtat jadvali va belgilangan lavozim maoshlari bilan solishtirib tekshiriladi.

shuningdek, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va 19, 20, 21-shakldagi hisob-kitob bajariladigan jadvallarni puxta tekshirish zarur. Bosh daftardagi 4210 «Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar» 6710- «Хodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar» va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarning qoldig’i 21-shakl hisob-kitob jadvalidagi qoldiq bilan teng bo’lishi kerak. 4210-schyot bo’yicha debet qoldiqning mavjudligi va qancha miqdordaligini aniqlash zarur. Хodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda debitor qarz mavjudligi bosh buxgalter tomonidan hisob-kitoblar ahvoli ustidan tegishli nazorat o’rnatilmaganligidan dalolat beradi.

Mehnatga haq to’lash va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob–kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar», 4220-«Хizmat safari uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar», 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy zararni koplash bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4790-«Хodimlarning boshqa qarzlari», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6970-«Hisobdor shaxslarga to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha yuritiladigan hisobning to’g’riligi va ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin egallaydi.

Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-shakl), oila (jamoa) pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining shaxsiy hisob varaqalari, ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa hujjatlar bo’yicha tekshiriladi.

Hisoblashuv-to’lov vedomostlarida jami summani ataylab oshirib ko’rsatish hollari ham uchraydi. Misol:






Familiya, ismi va otasining ismi

summa

Imzo

1

2

3

4

1.

Axmedov S. I.

740000




2.

Тursunov A. B.

795000




3.

Urinov I. B.

748000




4.

Samatov R. M.

886000




JAMI

3469000



Ushbu to’lov vedomostining summalarini jamlab tekshirilganda haqiqatda 316900 so’m ekanligi, jami summa esa 346900 so’m deb ko’rsatilgan, ya’ni 30000 so’m oshirib ko’rsatilgan. Natijada, buxgalteriya xodimi 316900 so’m o’rniga 346900 so’mni kassa chiqim orderi to’lg’azib, 30000 so’m oshiqcha hisobdan chiqargan va bu summaning o’zlashtirilishiga imkoniyat yaratgan. Vaqtida berilmagan ish haqi summalari deponentga o’tkazilayotganligini ham tekshirish zarur. Ko’p hollarda berilmagan ish haqlarini 6710-schyotda qoldirish natijasida uning saqlanishi kafolatlanmaydi.

Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba uyushmasiga a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan summalarni ushlash man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira haqlari, maxsus kiyim-bosh, oziq-ovqat, bolalar boãchalarda va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar.

Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar shunday holatlar bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik, hujjatlarni bankka o’z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar) ni aniqlash zarur.

Dastlabki hujjatlar puxta tekshiriladi: hisoblashuv-to’lov vedomostlari, berilmagan ish haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. Oxirigacha to’liq rasmiylashtirilmagan, o’chirib yozilgan va dog’ tushirilgan dastlabki hujjatlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Bunday hujjatlar bilan pul mablag’larini o’g’irlash va suyiste’mol qilishlar yashirilishi mumkin.

Hisoblashuv-to’lov vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda korxonada ishlamaydigan shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish haqi tegishli dastlabki hujjatlarga mosligi tekshiriladi.

Ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha muomalalarni nazorat qilish xodimlarga ish haqi va boshqa to’lovlarni hisob - kitob qilishga doir buxgalteriya hujjatlarini tekshirish; ijtimoiy sug’urta to’lovlarini ijtimoiy sug’urta fondining joriy schyotiga o’tkazish haqidagi to’lov topshiriqlarini tekshirish; sanatoriyalar va dam olish uylari yo’llanmalari uchun xodimlardan naqd pullarni qabul qilish bo’yicha kassa hujjatlari; ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobidan qilingan sarflarga doir hujjatlar; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to’g’risidagi dalolatnomalar, kasallik varaqalari, hisob-kitob vedomostlari (44-shakl), hisob-kitoblar bajariladigan «Хodimlar bilan hisob-kitoblarga doir ma’lumotlar jamlamasi» (21-shakl) ma’lumotlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.

Auditor ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolarini ham jalb qilishi maqsadga muvofiq.

Ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmalar sarflangan ish haqi fondiga nisbatan foiz hisobida ajratilib 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotining krediti va xarajat schyotlari (2010, 2310, 2510 va boshqalar) ning debetiga, ya’ni xo’jalik bo’linmalari (oila (jamoa) pudratlari va boshqalar)ning shaxsiy hisob varaqalariga yozib qo’yiladi.

Хodimlarning ishlash va dam olish tartibi, ularni ijtimoiy sug’urta qilish respublika qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. Bu me’yorlar, agar xalqaro va davlatlararo shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, qo’shma korxonalarda, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarda ishlaydigan xorijlik fuqarolarga ham qo’llaniladi. Хorijlik fuqarolar mehnatiga haq to’lash tartibi har bir xorijlik fuqaro bilan tuzilgan shartnomada belgilanishi ta’sis hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin.

Mehnatga haq to’lash, moddiy raãbatlantirish shakllari va miqdorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan fuqarolar huquqlariga rioya qilingan boshqa mehnat sharoitlari kabi masalalar qo’shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan mustaqil hal etiladi.

Qo’shma korxonalarda ishlovchi xorijlik ishchilar oladigan ish haqlari ham O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartib va miqdorda soliqqa tortiladi.

Хodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar ishonchliligini tekshirish hisob va hisobot ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.

Nomuvofiqlar topilganida ularning sabablarini aniqlash zarur. Solitirish amallarini ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirib, hisobot, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining tengligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, auditor ish haqi hisoblashning to’g’riligini tekshirishni boshlaydi.

Nomuvofiqliklar topilganda farq summalari va ularning vujudga kelish sabablarini ishchi hujjatlarda ko’rsatish zarur. SHundan so’ng dastlabki hujjatlarning mavjudliligi va ishonchliligi, to’g’ri to’g’azilganligi, me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi o’rganiladi.

Ish vaqtini hisobga olish tabeli, buyruqlar, ishbay ishlar uchun naryadlar, bajarilgan ishlarni hisobga olish varaqalari, yo’l varaqalari, hisob-kitob va hisoblashuv-to’lov vedomostlari, ta’til uchun haq va qo’shimcha haqlarning boshqa turlari va boshqalar tekshiriladi. Тekshiruv chog’ida quyidagilarga e’tibor berish zarur:

-barcha majburiy rekvizitlarning to’liqligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi;

-bajarilgan ishlar va ish vaqtini hisobga olish uchun mas’ul shaxslar imzolarining mavjudligi;

-tushuntirish berilmagan tuzatishlar va to’g’rilashlar;

-ish vaqtini hisobga olish tabeliga «o’lik jonlar»ni qo’shish va bajarilmagan ishlarni qo’shib yozish holatlarini aniqlash zarur.

Hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlaridagi summalarning jamlanishini arifmetik tekshirish maqsadga muvofiq. Bu vedomostlarda har bir alohida olingan xodim bo’yicha summalar to’g’ri jamlanganida, jami summani ataylab oshirib yozish hollarini aniqlashga imkon beradi. Bunday xatolar nafaqat mehnat haqi xarajatlarining oshib ketishiga, balki pul mablag’larining o’zlashtirilishiga ham olib keladi.

Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarni mohiyatan tekshirish, yoppasiga (xodimlar soni unchalik ko’p bo’lmaganida) yoki tanlab amalga oshirilishi mumkin, auditor tanlov ko’lamini tekshiruv dasturi va muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Lekin barcha turdagi mehnat haqi va undan ushlanadigan summalarni qamrab olish maqsadida tanlov doirasiga barcha toifa, guruhlar va bo’linmalar xodimlari bilan hisob-kitoblardan olinishi maqsadga muvofiq.

Auditor bir necha hodimlarning shaxsiy jildlari va shaxsiy hisobvaraqalarini tanlab olishi va ishga yollanish hamda boshqa lavozimga o’tkazilish sanalari, mehnatga haq to’lash shartlari (stavka, oklad) va qo’shimcha to’lovlar to’g’risidagi axborotlarning muvofiqligini tekshirishi zarur. Bunda shtat intizomi va belgilangan lavozim maoshlari yoki kontrakt shartlariga rioya qilinishi, mehnat shartnomalari bo’yicha va o’rindoshlik asosida mehnat haqi to’lashning asoslanganligi tekshiriladi.

Ish vaqtini hisobga olish tabeli, hisoblashuv-to’lov vedomosti va shaxsiy hisobvaraqalarini solishtirish yo’li bilan ishlangan vaqt miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarning bir xilligini, to’liq ishlanmagan oyda hisoblangan ish haqining arifmetik hisob-kitobi to’g’riligini tekshirish zarur. Mehnatga ishbay haq to’lashda bajarilgan ishlar miqdori va sifat ko’rsatkichlarining muvofiqligi, hamda me’yorlar va baholarni qo’llashning to’g’riligi tekshiriladi. Avval haq to’langan dastlabki hujjatlar bo’yicha takroran ish haqi hisoblash holatlarining yo’qligini ham tekshirish zarur.

Mukofotlar hisoblashning to’g’riligi va asoslanganligini tekshirish chog’ida, auditor mukofotlash to’g’risidagi Nizom, buyruqlar, hisob-kitob vedomostlari va shaxsiy hisobvaraqalar ma’lumotlarini taqqoslaydi. Masalan, xodimga hisobot davrida faoliyati uchun mazkur davrda uning ish kunlari bo’lmagan holda mukofot hisoblangan. Mukofot hisoblash korxona rahbarining buyrug’i, direktorlar kengashining qarori va shunga o’xshash tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ish me’yorlari pasaytirib qo’llanilganligi va boshqa shunga o’xshash murakkabliklar haqida shubha paydo bo’lganida auditor ekspert-mutaxassis xizmatidan foydalanishi mumkin. Bunda u (auditor) №16- «Ekspert ishidan foydalanish» nomli AFMS ga muvofiq ish yuritadi. Тa’til vaqti uchun haq to’lashni tekshirish chog’ida buyruq va tabel bo’yicha ta’til belgilangan sana, hisob-kitob davrini aniqlashning to’g’riligi va ta’til hisob-kitobi va shaxsiy hisobvaraqada hisob-kitob uchun olingan davrdagi oylar bo’yicha ish haqi summalarining mosligiga e’tibor beriladi. Тa’til uchun haq hisoblashning to’g’riligi haqida dalil-isbotlarga ega bo’lish uchun auditorlar bir qancha xodimlar bo’yicha muqobil ta’til hisob-kitobi tuzishi mumkin.

Normal ish sharoitidan chetga chiqish bilan bog’liq qo’shimcha haq( tunda ishlaganligi uchun, ish vaqtidan tashqari ish uchun, bayram kunlari ishlaganlik uchun, og’ir va zararli sharoitda ishlaganlik uchun va h. k) hisoblashning to’g’riligi hisob-kitob ma’lumotlari va ish vaqtini hisobga olish tabeli hamda qonunchilikda belgilangan qo’shimcha haq miqdorining muvofiqligini tekshirish yo’li bilan aniqlanadi.

Vaqtinchalik ishga yaroqsizlik uchun nafaqa hisoblashni nazorat qilish amallari quyidagilarning to’g’riligini tekshirishni o’z ichiga oladi:


  • bir kunlik o’rtachi ish haqi;

  • nafaqa miqdorini (%) ish stajiga qarab tekshirish;

  • nafaqaning eng katta miqdorini belgilash ;

  • ishga yaroqsizlik kunlari;

  • hisoblangan nafaqa summalari.

Hisob-kitoblarni tekshirishda aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi hujjatlarida qayd qilib boriladi. Ish haqi hisoblashning to’g’riligi va asoslanganligini tekshirish chog’ida auditor, odatda, mehnat haqi hisoblash tekshirilgan shaxsiy hisob varaqalar bo’yicha, ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligini tanlab tekshiradi. Хodimlar ish haqidan ushlanadigan summalar hujjatlar bilan asoslanganligi, qonuniyligi va ularning to’g’ri ijro qilinganligini aniqlash zarur. Ish haqidan ushlanmalar ijro varaqalari (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni qoplash) bo’yicha; kreditga sotib olingan tovarlar bo’yicha topshriq- majburiyatlar bo’yicha; xodimning arizasi bo’yicha (kvartira haqini o’tkazish, bolasining maktabgacha bolalar muassasasida tarbiyalangani uchun, o’qish uchun, kasaba uyushmasiga a’zolik badali va sh. o’); to’lov vedomostlari bo’yicha berilgan bo’naklarni ushlab qolish. Ish haqidan daromad solig’i va Nafaqa fondiga to’lanadigan badallar ushlanishining to’g’riligini tekshirish maxsus e’tibor talab qiladi. shuningdek barcha ushlanmalar summasi xodimning bir oylik maoshi 50 % i dan oshib ketmaganligini ham aniqlash zarur.

Ish haqidan daromad solig’ining to’g’ri ushlanganligini tekshirishda Soliq Kodeksi 44-64 moddalari va ular bo’yicha kiritilgan qo’shimcha hamda o’zgartishlardan foydalanish zarur.

Daromad solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlarning qonuniyligini aniqlash uchun imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilish kerak:


  • xodimning jami daromadidan chegiriladigan imtiyoz summalarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

SHundan so’ng jismoniy shaxslar jami daromadini aniqlash, asosiy xodimlar, o’rindoshlar, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida pul to’lanadigan shaxslar va boshqalar bo’yicha soliq imtiyozlari va daromad solig’i stavkalarini qo’llashning to’g’riligi tekshiriladi.

Jami daromadni tekshirishda korxonaning o’z mablag’lari hisobidan to’langan, ijtimoiy tavsifdagi to’lovlar(ovqat puli, yo’l haqi hujjatlari, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish, imtiyozli shartlar bilan qarz berish, bayram va yubiley sanalariga sovg’a berish, me’yordan oshiq xizmat safari xarajatlari va tegishli hujjat bilan tasdiqlanmagan sarflar va shunga o’xshashlar)ning soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslar jami daromadiga qo’shilganligi aniqlanadi.

Ish haqidan ushlanadigan summalar bo’yicha aniqlangan tafovutlar ham auditorning ishchi hujjatlarida umumlashtirilishi va aks ettirilishi lozim.

Ish haqi hisob-kitobini tekshirgandan so’ng mehnat haqiga doir xarajatlarni schetlar, ma’suliyat markazlari va tannarx hisoblash ob’ektlari bo’yicha guruhlash va umumlashtirishning to’g’riligini aniqlash zarur.

Mehnat haqini xarajat schetlariga (2010, 2310, 2510, 9400,) olib borishining asosliligini tekshirishda ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash (1510) va kapital ishlar (0810, 0820, 0830, 0840, 0850, 0860, 0890) bilan bog’liq mehnat haqi summalarining xarajat schetlariga olib borilish hollari yo’qligini aniqlash zarur. Bu dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar va boshqalar), hisoblashuv va hisoblashuv-to’lov vedomostlari, hamda 4210, 6710 va 6720 schetlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarini ko’rib chiqish uslubi bilan aniqlanadi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining to’g’riligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida mehnat haqi bo’yicha aniqlangan tafovutlarning hisobot moddalari ko’rsatkichlariga ta’sirining sezilarliligi (jiddiyligi) aniqlanadi.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin