Международный
научный
журнал
№
4
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Ноябрь
, 202
1177
SOLIQ SIYOSАTI - IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLАNISH OMILI
Musayev Zikir Zokirovich
Soliq siyosati haqida soʼz yuritar ekanmiz, biz uning nihoyatda koʼp qirrali va
murakkab kategoriya ekanligini alohida taʼkidlashimiz kerak. Soliq siyosatining asosiy
yoʼnalishi moliyaviy resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish, moliyaviy
tizim sohalari oʼrtasida qayta taqsimlash va bosh yoʼnalishga ega boʼlgan ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida
davlat ixtiyoridagi moliya
resurslarini markazlashtirishdan iboratdir.
Soliq siyosati haqida fikr yuritganimizda, uning turlariga alohida toʼxtalib
oʼtishimiz lozim boʼladi. Hozirgi kunda soliq siyosati turlarini quyidagicha guruhlash
mumkin:
-
iqtisodiy oʼsish siyosati;
-
muvozanatlashtirish siyosati;
-
chegaralash siyosati.
Soliq siyosatining yuqorida keltirib oʼtilgan turlari
milliy daromad hajmini va
aholi bandligi darajasini oshirishga, davlat xarajatlari tizimini nazorat qilish,
soliqlar
vositasida iqtisodiyotni tartibga solish, byudjet-soliq siyosati yaxlitligini taʼminlashga
xizmat qiladi.
Soliq siyosati davlatning byudjet daromadlarini optimal shakllantirish va davlat
xarajatlarini oqilona sarflash uchun soliq olishni takomillashtirish sohasidagi siyosati
tushuniladi. Ayni paytda, soliq siyosati ishlab chiqarishni oʼstirishga
va uning
samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik
va jismoniy shaxslar daromadlarini koʼpaytirishga qaratilgan boʼlishi lozim.
Soliq siyosatining xususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning daromadlar
bazasini taʼminlash va kelib tushgan pul mablagʼlarini xarajat qilish,
balki jamiyatda
makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, aholining optimal
bandligini taʼminlashi zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosatining asosiy vazifasi iqtisodiyotda ishlab
chiqarish darajasining pasayib ketishiga yoʼl qoʼymaslik, ishlab chiqarishni
ragʼbatlantirishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish boʼlib hisoblanadi
Buning uchun soliq siyosati sohasida
soliq stavkalarini pasaytirish, yangi
investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qoʼllash
kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Soliq siyosati samarasini pasaytiradigan omillardan quyidagilarni koʼrsatish
mumkin:
- narxlarning oʼsishi (haqiqatda iqtisodiyotni ragʼbatlantirishga doir chora-
tadbirlar nafaqat real YaMM koʼpayishiga, balki inflyatsiyaga
ham olib kelishi
mumkin);