Soliq siyosаti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlаnish omili musayev Zikir Zokirovich



Yüklə 31,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü31,25 Kb.
#199482
1   2   3
Musayev Zikir Zokirovich


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1178 
- siqib chiqarish effekti: soliq stavkalarini kamaytirish milliy jamgʼarmalarni 
qisqartiradi va investitsiyalar hajmini kamaytiradi; 
- sof eksport effekti: soliqlarni qisqartirish milliy jamgʼarmalar miqdorini 
kamaytiradi, ichki foiz stavkasini oshiradi, xorijiy sarmoyalarning qoʼshimcha oqib 
kelishiga olib keladi: natijada mamlakat valyutasining kursi oshadi va sof eksport 
miqdori qisqaradi. 
Oʼzbekistondagi soliq siyosatining xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni 
ajratish mumkin: 
-hukumat ijtimoiy-iqtisodiy va byudjet-soliq siyosatining oʼzaro bogʼlanganligi va 
bir-birini toʼldirishi; 
-soliq siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy yuksalishini 
ragʼbatlantirishga erishish, hamda uni mustahkamlashga yoʼnaltirilganligi; 
-soliq yigʼimini oqilona usulda tashkil etish va soliqlarning ragʼbatlantiruvchi 
rolini taʼminlash; 
-budjet xarajatlarining ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilganligi. 
Soliq tadbirlari budjet tadbirlarini to‘ldirib turadi va ular birgalikda talab 
majmuasini rivojlantirishga, natijada esa ishlab chiqarishni ham rivojlantirishga olib 
keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni taʼkidlash mumkinki, budjet daromadlarini 
ko‘paytirishdagi soliq siyosatining yechimi soliq tizimi va soliq siyosati bilan bog‘liqdir. 
O‘zbekistonning soliq siyosatini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishi - bu davlat uchun 
ham, bozor qatnashchilari uchun ham, qulay sharoitlarni yaratishdir. Bunda soliq 
islohotining asosiy maqsadi faqat budjet daromadlarini ko‘paytirish bo‘lib qolmasdan, 
balki ishlab chiqarishni rivojlantirishni, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va faoliyat 
samaradorligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratimog‘i lozim. Bunda quyidagilar 
ko‘zda tutiladi: 
- soliqlarni qisqartirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini 
pasaytirish yo‘nalishlarida soliq qonunchiligini takomillashtirish
- soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish; 
- bir xil soliq bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish; 
- soliq qonunchiligiga rioya etish ustidan qatʼiy operativ nazoratni joriy etish. 
Aytib o‘tilgan choralarni amalga kiritish, amalga oshirilayotgan soliq siyosati 
samaradorligini oshiradi, hamda soliq tizimini iqtisodiy o‘sishga erishish vazifalari 
bilan muvofiqlashtirishga yordam beradi. 

Yüklə 31,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin