Soliq statistikasi indd


Soliqlarni hisoblash usullari hamda soliqlarni



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

2.2. Soliqlarni hisoblash usullari hamda soliqlarni
hisoblashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar
Soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarishning 
umu miy qoidasi O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 28-
mod dasida bayon qilingan. Soliq kodeksining mazkur moddasiga 


37
asosan soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish tartibi 
soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek 
imtiyozlar mavjud bo‘lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq 
va boshqa majburiy to‘lov summasini hisoblash qoidalarini bel-
gilaydi.
Hisoblash majburiyati kimning zimmasiga yuklanganligiga qa-
rab soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash usuli ikkiga bo‘-
linishi mumkin: soliq to‘lovchi tomonidan va soliq idorasi tomo-
nidan hisoblanuvchi. 
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish soliq 
to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Ammo, 
ayrim soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish davlat 
soliq xizmati organi yoki soliq agenti tomonidan bajarilishi mum-
kin. Masalan, yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i, qo‘shimcha 
qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulklariga 
belgilanuvchi soliqlar soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda 
hisoblanadi; jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulklardan va yer 
soliqlari soliq idorasi xodimlari tomonidan hisoblanadi.
Ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq summasini hisoblashda eng 
kam minimal ish haqi miqdorlaridan foydalanilishi mumkin. Ay-
rim turdagi soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab 
chi qarishda ularning to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam miqdori 
bel gilanishi mumkin. Masalan, uglevodorod qazilma boyliklari 
raz vedkasi uchun 10000, qimmatbaho toshlar qazilma boyligini 
razvedkasi uchun 1000 minimal ish haqi miqdorida imzoli bonus 
summasi belgilangan; Transport vositasini vaqtinchalik saqlash 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun har bir 
egallagan joy uchun minimal ish haqining 0.1% miqdorida qat’iy 
belgilangan soliq o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida soliq hisoblashning 
ikki tartibi belgilangan: umumiy belgilangan tartib va soliq so-
lishning soddalashtirilgan tartibi. Umumiy belgilangan tartib aso-
sida soliq to‘lovchilar soliq kodeksida belgilangan barcha umum-


38
davlat, mahalliy soliqlarini va boshqa majburiy to‘lovlarining soliq 
to‘lovchilari hisoblanadi. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘-
lovchilar amaldagi bir qancha mavjud umumdavlat, mahalliy va 
boshqa majburiy to‘lovlar o‘rniga yagona soliq to‘laydilar. O‘z-
be 
kiston Respublikasi soliq kodeksining XX bo‘limida soliq 
solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash qoidalari va normalari 
keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida soliq hisoblashning 
bir qancha usullariga asos solingan. Soliq hisoblash usuli soliqqa 
tortish obyektini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlash, budjet bilan 
hisob-kitob qilish tartibini belgilash bilan bevosita bog‘liq. Soliqlar 
to‘g‘ri, bilvosita, nisbiy va alohida, hisoblash usullari bilan amalga 
oshiriladi. 
Soliq hisoblashning to‘g‘ri usuli soliq to‘lovchilar tomonidan 
soliq hisob-kitoblarini tuzishda, soliq majburiyatini aniqlashda 
foydalaniladi. To‘g‘ri usul haqqoniy soliq hisobini yuritishni 
talab qiladi. To‘g‘ri usul vositasida budjetga real to‘lovlar amalga 
oshiriladi. Ammo amaliyotda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq 
to‘lashdan qochish, daromadlarni yashirish, birlamchi hujjatlarni 
yo‘qotish, soliq hisobini belgilangan tartibda yuritmaslik holat-
lari uchrab turadi. Bunday holatlarda soliq idorasi soliqlarni 
hisoblashda bilvosita usuldan foydalaniladi. Bunga daromadlarni 
soliq solishdan yashiringan daromadlarni, xarajatlar miqdorini 
asossiz oshirish holatlarini aniqlash usullari kiradi. Bunday holatlar 
asosan katta oborotga ega bo‘lgan korxonalarda uchrashi mumkin. 
Shunday qilib, soliq hisoblashning bilvosita usuli sifatida hujjatlarni 
o‘zaro solishtirish, qarama-qarshi tekshirish, bir xil toifadagi hujjat 
nusxalarini solishtirish , nazorat xaridi, xaridorlardan so‘rov olish 
va hokazolar kiradi. 
Bilvosita usul yordamida soliq solinadigan obyektni aniqlashda 
moliyaviy hisobotlarni, bank hisob-varaqlarini, tovarlar va xiz-
matlarga belgilangan baho hisob-kitoblarining yig‘ma jadvallarini, 


39
buxgalteriya va boshqa toifadagi hujjatlar(kontraktlar, yuk xatlari, 
shartnomalar va hokazo) nusxalarini tahliliy o‘rganish talab 
qilinadi. 
Soliq hisoblashda nisbiy va alohida hisob usullaridan ham foy-
dalaniladi. Ushbu usullardan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashda 
foydalaniladi. Ya’ni, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjetga 
to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini aniqlashda tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) oluvchi haqiqatda olingan va (yoki) soliq 
to‘ 
lovchi tomonidan ishlab chiqarilgan hamda o‘z ehtiyojlari 
uchun foydalanilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi 
lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasini 
hisobga olishda nisbiy va alohida hisob usullaridan foydalaniladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda qaysi usuldan foydalanish 
soliq to‘lovchining ixtiyoriga havola etiladi. Tanlangan usul soliq 
to‘lovchining hisob siyosatida aks ettirilishi zarur. Nisbiy usulda 
soliq to‘lovchi hisobga olinuvchi qo‘shilgan qiymat solig‘ini uning 
ulushi asosida aniqlanadi. Bunda soliqqa tortiluvchi oborotning 
umumiy oborotdagi ulushi aniqlanadi. Aniqlangan ulush asosida 
budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i tarkibidagi hisobga 
olinuvchi summa aniqlanadi. Alohida hisob usulida soliqqa tor-
tiluvchi oborot uchun olingan tovarlar, ish va xizmatlar uchun to‘-
langan qo‘shilgan qiymat solig‘i va mos xarajatlar alohida hisobi 
yuritiladi.
Soliqlarni hisoblashda “hisoblash” usulidan ham keng miq-
yos da foydalaniladi. Mazkur usulga asosan, daromadlar va che-
girmalar mahsulot ortilgandan, ishlar bajarilgandan, xizmatlar 
ko‘r satilgandan keyin, mulk balansga olingandan keyin soliq hisob-
kitobi uchun qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda “hisoblash” 
usuli yordamida korxonalar xo‘jalik hayotiga doir faktlar moliyaviy 
va soliq hisobotlarida aks etadi. “Hisoblash” usulida tayyorlangan 
moliyaviy va soliq hisobotlari nafaqat o‘tgan hisobot davriga taal-
luqli to‘lovlar va tushumlar to‘g‘risida ma’lumot beradi, balkim 
korxonaning kelajakdagi to‘lashi zarur bo‘lgan majburiyatlari 


40
to‘g‘risida ham hisobot beradi. Xo‘jalik operatsiyalarining va ho-
disalarining samaradorligi to‘lov amalga oshirilgan sanadan qat’i 
nazar, sodir bo‘lgan momentda inobatga olinadi. 
“Hisoblash” usulining soliq hisoblashda qo‘llanilishi quyidagi 
natijaga erishishga imkon beradi:
– korxonaning hisob-kitob va to‘lov intizomini mustahkam-
laydi;
– moliyaviy va soliq hisobining muvo
fi
qlashishiga olib keladi;
– korxona faoliyati ustidan nazoratni va hisobni soddalashi shi-
ga olib keladi.
Soliqlarni hisoblashda bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Har bir soliq turi bo‘yicha soliq summasini hisoblashda o‘ziga 
xos bo‘lgan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardan 
iborat. 2–1-jadvalga qarang.
2–1- jadval

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin