27
Yangi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishini,
imtiyozlar to‘liq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan
baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi
qonun huj-
jatlari ular rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida uch oy
o‘tgach, amalga kiritiladi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi,
aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to‘lovchining haqligi
prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq bo‘lishi kerak. Soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari har bir soliq to‘lovchi qaysi soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarni, qachon,
qancha miqdorda hamda
qay tartibda to‘lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan
bo‘lishi kerak.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilashda soliq to‘-
lovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
elementlari aniqlangan bo‘lishi kerak.
Soliq solish umumiydir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni
bel gilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yakka tartibdagi xususiyatga
ega bo‘lgan imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga
ega bo‘lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va
boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi
mumkin emas.
Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining
butun hududida bar-
cha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovar-
larning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag‘larning
erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘ya-
digan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘-
yilmaydi.
28
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy
huj jatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Barchaning e’ti-
bori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar
kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib
chi qarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga,
ulardagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani
qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘l may-
digan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining
foydasiga talqin qilinadi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish tartibi so-
liq davri uchun
soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek
imtiyozlar mavjud bo‘lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va
boshqa majburiy to‘lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish soliq
to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Soliqqa tortishning umumiy belgilangan tartibi va sodda lash-
tirilgan soliqqa tortish rejimi mavjud. Soliqqa tortishning umumiy
belgilangan tartibida yuridik shaxslar
soliq kodeksida belgilangan
barcha soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatiga ega
bo‘ladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning ayrim
toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim
turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek
ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari
qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi hisoblandi.
Ayrim turdagi soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab
chiqarishda ularning to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam miqdori
belgilanishi mumkin.
Soliq tushumlarini hisobga olish
soliq qonunchiligini rivoj-
lantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, soliq tushumlarini
o‘z vaqtida va haqqoniy hisobga olish natijasida operativ ma’lumotlar
yig‘iladi. Soliq tushumlari to‘g‘risidagi operativ ma’lumotlar
29
asosida tahliliy jarayon amalga oshiriladi. Tahlil natijasida soliq
tushumlarini o‘z vaqtida undirishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar,
yoki soliq ma’murchiligining ijobiy tomonlari aniqlanadi. Soliq
tushumlariga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilish va ijobiy
natijalarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab
chiqiladi. Asosli takli
fl
ar soliq qonunchiligini
takomillashtirishda
muhim g‘oya manbasi hisoblanadi.
Soliq statistikasining soliq menejmentini samarali tashkil qilish-
dagi ahamiyatiga hech kim shubha qilmaydi. Har qanday qonun
loyi hasini qabul qilishda yoki amaldagi qonunga o‘zgartirish kiri-
tishda mazkur qonunning dolzarbligi, qonunga o‘zgartish kiritish
zarurligi statistik ma’lumotlar asosida isbotlanadi. Shu sababli, so liq
qonunchiligini davr talabiga mos holda takomillashtirish uchun so liq
statistikasini to‘g‘ri
tashkil qilish maqsadga muvo
fi
q hisoblanadi.
Soliq statistikasining ma’lumotlarini haqqoniyliyligini ta’min-
lashda soliq tushumini hisobga olish tizimini rivojlantirish talab
qilinadi. Shu ma’noda, soliq tushumini hisobga olish tizimini
rivojlantirish soliq statistikasi ma’lumotlarining ishonchliligini va
operativligini oshiradi. Bu esa soliq qonunchiligini rivojlantirish
uchun kechiktirib bo‘lmaydigan asosiy vazifa hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: