Tayanch so‘z va iboralar
1. Soliq statistikasi.
2. Soliq tushumlarini prognozlash.
3. Guruhlash.
4. Taqqoslash.
5. Soliq tushumlari bo‘yicha mutloq ko‘rsatkichlar.
6. Nisbiy ko‘rsatkichlar.
7. Tahlil va sintez usuli.
8. Induksiya va deduksiya.
9. Ilmiy abstraksiya usuli.
10. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil.
11. Statistik usul.
12. Dispersiya.
13. O‘rtacha kvadratik chetlanish.
30
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Soliq statistikasining nazariy asoslarini tushuntirib bering.
2. Soliq tushumlarini prognozlash tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
3. “Soliq statistikasi va prognozi” fanini o‘rganishdagi umumiy usullar ha-
qida tushuncha bering?
4. “Soliq statistikasi va prognozi” fanini o‘rganishdagi alohida usullar haqida
tushuncha bering?
5. “Soliq statistikasi va prognozi” fanining soliq tizimini takomillashtirishdagi
ahamiyatini tushuntirib bering.
6. “Soliq statistikasi va prognozi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan
bog‘liqligini asoslab bering.
7. “Soliq statistikasi va prognozi” fanining soliq xodimlarini tayyorlashdagi
o‘rniga baho bering.
8. Soliq tushumlarini prognozlashda soliq statistikasining ahmiyatini sharh-
lab bering.
9. Soliq statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda soliq hisobini tashkil
qi lish deganda nimani tushunasiz?
10. “Soliq statistikasi va prognozi” fanining asosiy vazifalari va maqsadini
tu shuntirib bering.
31
II BOB. SOLIQLARNI HISOBLASHDA
QO‘LLANILADIGAN KO‘RSATKICHLAR VA
ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI
2.1. Soliq hisob-kitoblarini yuritish, soliqlarni hisoblash va
budjetga o‘tkazish tartibi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliya-
tida ko‘plab toifadagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Masalan,
banklardan olingan kredit mablag‘larining hisob-kitobi, debitorlar
va kreditorlar bilan hisob-kitoblar, mol yetkazib beruvchilar bilan
hisob-kitoblar va hokazo. Ularning orasida soliq hisob-kitoblarini
yuritishning o‘ziga xosligi mavjud. Soliq hisob-kitoblari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 43,44-moddalarida
bayon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 43,44-moddalariga
asosan, soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy
to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar
bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek
hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z
ichiga oladigan hujjati hisoblanadi. Soliq hisob-kitoblari soliq
hisobotining tarkibiga kiradi. Soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar ham
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda
tuziladi. Tasdiqlangan shaklga muvo
fi
q, soliq hisob-kitoblari
qog‘ozda yoki elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda
elektron hujjat ko‘rinishida tuziladi.
Soliq hisob-kitoblari soliq to‘lovchi tomonidan imzolanishi, agar
soliq to‘lovchi yuridik shaxs bo‘lsa, muhri bilan tasdiqlanishi talab
qilinadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisob-kitoblari
32
uchun alohida talab mavjud. Ular uchun elektron imzo beriladi va
hisob-kitoblar soliq to‘lovchi tomonidan elektron raqamli imzosi
bilan tasdiqlanadi.
Soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda
yoki tugatilayotganda soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta
tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo‘lgan davr
yuzasidan topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish
balansi, soliq hisoboti va hisob-kitoblarini taqdim etadi. Soliq
hisoboti va hisob-kitoblari topshirish dalolatnomasi, taqsimlash ba-
lansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish
kuni ichida taqdim etiladi.
Yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan hollarda, unga soliq davri
boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi
organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilin-
gan sanagacha bo‘lgan davr uchun soliq hisoboti taqdim qilish talab
qilinadi.
Soliq hisobotlari va hisob-kitoblari soliq to‘lovchi tomonidan
mus taqil tuzilib topshirilishi sababli, unda ko‘rsatilgan ma’lu mot-
larning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchining zimmasiga
yuklatiladi.
Soliq hisoboti va hisob-kitoblarini topshirish muddatlari mavjud.
Bu haqida mazkur bobning to‘rtinchi paragra
fi
da so‘z yuritiladi.
Soliq hisoboti va hisob-kitoblarini kimga taqdim qilish – so liq
hisob-kitoblarini qabul qiluvchi soliq idorasi soliq to‘lovchi hisobga
qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organi yoki ayrim hollarda
obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yilgan soliq idorasi bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat
soliq xizmati idorasiga taqdim etadilar.
Soliq hisobotini va hisob-kitoblarni soliq idoralariga taqdim
qilishning quyidagi usullari mavjud:
– shaxsan olib borib berish tartibida;
– pochta orqali buyurtma xat bilan;
– telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.
33
Soliq hisoboti va soliq hisob-kitoblari soliq idorasiga taqdim
qi lingan sanani to‘g‘ri belgilash muhim ahmiyat kasb etadi. Chun-
ki, taqdim qilish muddatidan kechiktirib topshirilgan soliq hi-
sob-kitoblariga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Soliq
qonunchiligida soliq hisoboti va hisob-kitoblarini taqdim qilingan
sana quyidagicha belgilanadi:
– soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etil-
ganda – soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul
qilib olingan sana;
– soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etil-
ganda - aloqa tashkilotining tamg‘asida ko‘rsatilgan, pochta jo‘nat-
masi jo‘natilgan sana;
– soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda – elektron
hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.
Soliq hisoboti va hisob-kitoblarini tuzishda quyidagilarni aks
ettirish muhim hisoblanadi:
– soliq to‘lovchining identi
fi
katsiya raqami;
– soliq davri va soliq yoki boshqa majburiy to‘lov sum masi;
– soliq kodeksining 43 va 44-moddalarida soliq hisobotini tu-
zishga doir belgilangan talablar.
Yuqorida belgilangan talablarning buzilishi soliq hisoboti va
hisob-kitoblarining davlat soliq xizmati idorasi tomonidan taqdim
etilmagan deb hisoblashiga sabab bo‘ladi.
Belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim etilganda davlat
soliq xizmati idorasi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun
ichida bu haqda soliq to‘lovchiga yozma bildirish yuboradi. Soliq
to‘lovchi hisobot va hisob-kitoblardagi mavjud kamchiliklarni
bartaraf etib, qayta topshiradi.
Xatolarni o‘zi mustaqil ravishda aniqlagan soliq to‘lovchi soliq
majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati ichida aniqlashtirilgan
soliq hisobotini taqdim etishi mumkin. Aniqlashtirilgan soliq
hisobotida ilgari taqdim etilgan soliq hisobotidagi ma’lumotlar,
aniqlashtirilgan ma’lumotlar va ulardagi tafovutlar ko‘rsatiladi.
34
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqaril-
gan soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi ilgari taqdim etilgan
soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq yoki
boshqa majburiy to‘lov summasidan kam bo‘lsa, aniqlashtirilgan
soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran shaxsiy varaqada
soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi tafovut miqdoriga
kamaytirilganligi aks ettiriladi.
Soliq hisob-kitoblari deklaratsiya asosida ham amalga oshirilishi
mumkin. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘z be-
kiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
– mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbayida
soliq solinmagan bo‘lsa;
– fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ular dan
foy dalanganlik uchun mualli
fl
ik haqi tariqasida olingan daro mad lar;
– asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi
daromadlar;
– ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan
daromadlar;
– O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalar-
dan olingan daromadlar;
– soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 191-moddasida
jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya
va uning asosiy mohiyati bayon qilingan. Mazkur moddaga asosan,
jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya
soliq to‘lovchining olingan yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma
arizasidan iborat bo‘ladi. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning jami
yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asosiy ish joyi bo‘yicha
to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotnoma
ilova qilinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi dek la-
ratsiya shaklida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
35
– soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan
yili, jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili;
– soliq to‘lovchining identi
fi
katsiya raqami;
– soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlar turlarga ajratib
ko‘r satilgan holda olingan jami yillik daromad (bir martalik ope-
ratsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daro-
madlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning
o‘zi dan olish mo‘ljallanayotgan daromad aks ettiriladi);
– daromadlarning manbalari;
– daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar,
chiqimlar va ajratmalarning summalari;
– jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘-
yicha imtiyozlar;
– hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
– haqiqatda to‘langan soliq summasi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi dek-
laratsiya pochta orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek elektron
shakldagi axborot tarzida soliq idoralariga taqdim etilishi mumkin.
Ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq to‘lovchi to‘lashi zarur bo‘lgan
soliq summasining miqdori va u bilan bog‘liq hisob-kitoblar soliq
idorasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday soliq
turlariga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk, yer soliqlari
kiradi.
Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‘ lov-
chida soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida
saqlanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati ikki
usulda bajarilishi mumkin. Soliq to‘lovchining hisob varag‘ida yetar-
licha pul mablag‘lari bo‘lgan hollarda, tegishli soliq yoki boshqa
majburiy to‘lovni to‘lash uchun bankka to‘lov topshiriqnomasi taq-
dim etilgan paytdan e’tiboran soliq to‘lovchilar tomonidan hisob-
langan soliq summalari budjetga to‘langan hisoblanadi. Soliq yoki
boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan to‘langanda esa
pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga topshirilgan
36
paytdan e’tiboran hisoblangan soliq to‘lovlari to‘langan deb
hisoblanadi.
Ayrim sabablarga ko‘ra soliq to‘lovchining soliqlarni to‘lash
bo‘yicha bankka taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari
bajarilmasdan, qaytarilishi mumkin. Masalan, soliq yoki boshqa
majburiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasi
soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olinishi, bank tomonidan soliq
to‘lovchiga to‘lov topshiriqnomasining qaytarilishi, shuningdek
agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan
paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan birinchi
navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud
bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun
hisob varaqda yetarlicha pul mablag‘lariga ega bo‘lmasligi. Bunday
holatlarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar budjetga to‘langan
deb hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni maj-
buriy tartibda undirish tartibi ham mavjud. Bu haqida keyingi
boblarda bayon qilinadi.
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa maj-
buriy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati uning huquqiy
vorisi yoki huquqiy vorislari tomonidan bajariladi.
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning meros qilingan mol-mulkini
qabul qilgan merosxo‘ri yoki merosxo‘rlari tomonidan bajariladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy
shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati
uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-
mulki hisobidan bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |