Soliq statistikasi indd


“Soliq statistikasi va prognozi” fanining boshqa



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

1.3. “Soliq statistikasi va prognozi” fanining boshqa
iqtisodiy fanlar bilan aloqasi
Soliq statistikasi va prognozi fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida 
davlat bajaradigan vazifa va faoliyatning amaliy jarayonini o‘r-
ganuvchi muhim sohalardan biri hisoblanadi. Aynan, soliq statistikasi 
va uni prognozlash orqali soliq tizimini takomillashtirishga eri-
shiladi. Soliq statistikasi orqali soliq tizimining rivojlanish darajasi, 
yutuq va kamchiliklari iqtisodiy raqamlarda bayon qilinadi. Prog-
nozlash orqali soliq tushumlarining rejalashtirish iqtisodiy, ilmiy 
asoslanadi. Bu esa, davlat budjetida di
fi
tsit holati yuz berishi oldi 
olinadi, davlat budjeti mablag‘larining sar
fl
anish samarasi oshadi, 
mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish ta’-
minlanadi. Soliqlar va soliqqa tortish sohasiga mansub bo‘lgan 
“Soliq statistikasi va prognozi” fani “Soliq nazariyasi”, “Soliqlar 
va soliqqa tortish”, “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish”, “Jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortish”, “ Soliq huquqi” fanlari bilan bevosita 
va uzviy bog‘liq hisoblanadi. “Soliq statistikasi va prognozi” 
fani o‘z predmetini o‘rganar ekan, so‘zsiz soliqlarni prognozlash 
va undirishning nazariy asoslarini boyitishga ko‘maklashadi. Bir 
vaqtda “Soliq nazariyasi” fani esa “Soliq statistikasi va prognozi” 
fanini rivojlantirish borasida nazariy yo‘nalishlar beradi. “Soliq 
statistikasi va prognozi” fanini “Soliq huquqi” fanidan ajralgan holda 
o‘rganish vaqtni samarasiz o‘tkazish bilan teng hisoblanadi. Aynan, 
soliq tushumlarini prognozlashtirish soliqqa tortishning huquqiy 
asoslari zamirida amalga oshiriladi. Bu esa soliq tushumlarining 
prognoz ko‘rsatkichlarining haqqoniy bo‘lishiga ko‘mak beradi. 
Xuddi shunday “Soliq ma’murchiligi” va “Soliq statistikasi va 
prognozi” fanlari ham bir–birlarini uslubiy qurollantirishda o‘zaro 
ko‘maklashadilar. Ayniqsa soliqqa tortish tizimini tashkil qilish
soliqlarni undirish, soliq hisobini tashkil qilish masalalarida yaqqol 
ko‘zga tashlanadi.


24
“Soliq statistikasi va prognozi” fani masalalariga doir bilimlarni 
o‘rganish boshqa fanlardan ham xabardor bo‘lishni talab etadi. 
Jumladan, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi», “Iqtisodiyot nazariyasi”, 
“Moliya”, kabi fanlar shular jumlasidandir.
Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi 
bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan 
ham bog‘liq. Har qanday fanni o‘rganishdagi usullar umumiy 
tavsifga ega, lekin har bir fan o‘z predmetidan kelib chiqib, o‘zining 
ilmiy bilish usullariga ega. Shuning uchun, fanni o‘rganishdagi 
usullar umumiy va alohida usullarga bo‘linadi. 
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‘rga-
nishning birdan-bir to‘g‘ri ilmiy usuli dialektik usuldir. Shuning 
uchun ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jum-
ladan “Soliq statistikasi va prognozi” fanining ham nazariy va 
metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‘rsatadiki, 
rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan 
murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning uchun, ushbu usul 
tadqiqotning induksiya va deduksiya usullarini o‘z ichiga oladi. 
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil 
qilinadigan bo‘lsa – bu induksiyadir. Avval, dastlab xususiy hollarni 
o‘z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu – deduksiyadir. 
Shu bilan birga barcha iqtisodiy fanlar kabi “Soliq statistikasi 
va prognozi” fanining ham o‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. 
Ulardan biri ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining 
mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida obyektning 
faqat bir tomoniga, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga 
e’tibor qaratiladi va ikkinchi darajali unsurlarning ta’siri e’tiborga 
olinmaydi. 
“Soliq statistikasi va prognozi” fani shuningdek, o‘z predmetini 
o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. 
Tahlil – bu o‘rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va 
ularni izchillik bilan tahlil qilish bo‘lsa, sintez esa, o‘rganilgan 
qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon 


25
deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab 
nazariy masalalar mana shu yo‘l bilan o‘rganiladi. 
Fan o‘z predmetini o‘rganishda makroiqtisodiy va mikro iq ti sodiy 
holda tahlilni qo‘shib olib borish muhim o‘rin tuta di. “Soliq statistikasi 
va prognozi” fani xo‘jalik yurituvchi subyekt 
lari hamda davlat 
budjeti o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish 
da, makroiqtisodiy 
qonuniyatlarni o‘rganadi. Bu esa so‘zsiz “So liq statistikasi va prog-
nozi” fanining makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlari bilan 
chambarchas bog‘liqligini tasdiqlaydi.
Fanning iqtisodiy ta’limotlar tarixi bilan bog‘liqlik jihati shun-
dan iboratki, agarda iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani o‘z predmetida 
asosan jamiyat taraqqiyoti davrlarida ulardagi muammolarni yechib 
berishga qaratilgan turli shaxslarning iqtisodiy 
fi
krlarini, g‘oyalarini, 
turli nazariyalarni o‘rgansa, “Soliq statistikasi va prognozi” fani 
ham o‘z predmetini o‘rganishda soliq tushumlarini undirishga 
tegishli bo‘lgan turli xil g‘oyalar va nazariyalarni o‘rganadi.
“Soliq statistikasi va prognozi” fani iqtisodiyot nazariyasi 
fani bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli “Soliq statistikasi 
va prognozi” fanini iqtisodiyot nazariyasiga chuqurlashtirilgan, 
kengaytirilgan bo‘limi deb qarash ham mumkin. Umumiqtisodiy 
nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqmagan holda “Soliq sta-
tistikasi va prognozi” fani o‘z predmetini o‘rganadi. 
Soliq tushumlarini soliq davrlari bo‘yicha taqqoslash, jadvallar 
orqali ifodalash, ularning dinamik o‘zgarishlariga nazariy jihatdan 
baho berish jarayonlarida “Soliq statistikasi va prognozi” fani oliy 
matematika, ehtimollar nazariyasi fanlari bilan o‘zaro munosabatga 
kirishadi.
Shuningdek, mazkur fan moliya nazariyasi fani bilan ham 
cham barchas bog‘liqdir. “Soliq statistikasi va prognozi” fani ham 
pul munosabatlarini ifodalar ekan, so‘zsiz u ham moliya nazariyasi 
fani bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Shuningdek, “Soliq statistikasi 
va prognozi” fani davlat budjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. 
Chunki soliqlar oxir oqibatda budjet daromadlarini shakllantiradi. 


26
Soliq tushumlarini ta’minlash jarayonida budjet munosabatlari 
yuzaga keladi. 
Bugungi kunda “Soliq statistikasi va prognozi” fani soliqlar 
va soliqqa tortish ta’lim yo‘nalishida mutaxassis kadrlar tayyor-
lash dagi o‘rni va ahmiyati katta. Soliq tushumlari bo‘yicha belgi-
lan 
gan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash – soliq 
xodim larining asosiy funksional vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu 
ma’noda, “Soliq statistikasi va prognozi” fani talabalarning soliq 
statistikasi va prognozi bo‘yicha yuzaga kelgan bilimga bo‘lgan 
ehtiyojini qanoatlantiradi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin