2.3. Soliq stavkalari va ularning soliq tushumlari va
boshqa majburiy to‘lovlar hajmiga ta’siri
Soliqlarning stavkalari daromad (foyda, mol-mulk)ning
budjetga soliq sifatida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan muayyan ulushidir.
Stavkalar odatda soliqqa tortish bazasiga nisbatan foiz sifatida
belgilanadi.
Proporsional soliq stavkalari soliq obyektining miqdoridan
qat’i nazar, foizda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari shkala
ko‘rinishida o‘rnatiladi. Daromad summasining oshishi bilan hisob-
lanuvchi soliq miqdori ham oshib boradi.
Soliq amaliyotida progressiv soliq stavkalarining ikki turi
mavjud: oddiy va murakkab turlari. Murakkab turida soliq obyekti
ikki qismga bo‘linadi. Bo‘lingan qismlar uchun alohida o‘suvchi
soliq stavkalari belgilanadi. 2–1-chizmada soliq stavkalarini turlari
aks ettirilgan.
2–1-chizma
Soliq stavkalarining turlari
Soliq stavkalari
Qat’iy belgilanuvchi
stavka
Proportsional soliq
stavkasi
Progressiv soliq
stavkasi
Pegressiv soliq
stavkasi
Progressiv soliq stavkalarining kamchilik tomoni shundan ibo-
ratki, bunday soliq stavkalarining me’yordan ortiq midori iqtisodiy
va mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Regressiv soliq stavkalari soliqqa tortish obyektining hajmi
ortib borishi bilan qo‘llanila boshlaydi. Masalan ish haqi fondining
47
kamayishi bilan soliq stavkalari qo‘llanilishi mumkin. Xullas,
regressiv soliq stavkasida daromadning osishi bilan hisoblangan
soliq miqdori kamayib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 27- moddasida soliq
stavkalariga ta’rif berilangan. Mazkur moddaga asosan, stavka soliq
solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan
foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Har yili navbatdagi moliyaviy yil uchun budjet tasdiqlanganida
soliq stavkalarining miqdori ham aniqlashtiriladi. Iqtisodiy
jarayonni operativ boshqarish uchun soliq stavkalarining miqdoriga
aniqlik kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
ham berilishi mumkin.
Soliq stavkalarining yuqori me’yorlarda belgilanishi qisqa
muddatda soliqlar va boshqa majburiy tushumlar hajmini oshishiga
olib keladi. Ammo, soliq stavkalarining me’yordan ortiq darajada
oshirilishi soliq to‘lovchilar zimmasiga to‘g‘ri keladigan soliq
yukining oshishiga olib keladi. Natijada korxona va tashkilotlarning
tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarining
kattagina qismi immoblizatsiya bo‘lib, ularning moliyaviy ahvoli
yomonlashuviga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, korxona o‘z
faoliyatini to‘xtatishga sabab bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotda
faoliyat yuritayotgan korxonalar, tashkilotlarning va tadbirkorlik
subyektlarning sonini kamayishi, ularning moliyaviy ahvolini
yomonlashuvi uzoq muddatdagi soliq tushumlari miqdorini kama-
yishiga olib kelishi mumkin.
Soliq nazariyasida va amaliyotida soliq stavkalarining turlari va
toifalari ko‘p. Ularni qat’iy, proporsional, progressiv va regressiv
stavkalarga ajratilishi mumkin.
Soliq solishda proporsional stavka qo‘llanganda daromad miq-
dorining o‘zgarishi bilan ushlab qolinadigan soliq summasi ham
teng ulushlarda o‘zgaradi. Proporsional stavka yuridik shaxslardan
48
olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat soliqlarini hisoblashda
foydalaniladi.
Progressiv stavka qo‘llanilganda daromad miqdorining o‘sishi
bilan soliq summasi ko‘payadi. Soliq solishning progressiv stav-
kasi jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni hi-
sob lashda qo‘llaniladi.
Regressiv stavka qo‘llanilganda daromadning o‘sishi bilan ush-
lanadigan soliq summasi kamayadi.
Soliq stavkasi soliqqa tortiladigan obyektning birligiga nisbatan
pul ifodasida (spetsi
fi
k stavka) yoki foizlarda (advaler stavka)larida
belgilanishi mumkin. Soliq solishning spetsi
fi
k va advaler stavkalari
aksizosti tovarlarni aksiz solig‘iga tortishda qo‘llaniladi.
Qat’iy stavkalar mutloq summada belgilanadi, masalan, yer
solig‘i, yerosti boyliklardan olinadigan soliq stavkalari. Alohida
faoliyat turlarini soliqqa tortish bo‘yicha qat’iy soliq stavkalari
belgilangan.
Yuqorida takidlanganidek, soliq stavkalari O‘zbekiston Res-
pub likasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Ammo, ayrim
toifadagi soliq to‘lovchilarning daromadlarini va boshqa soliq
ob yektlarini soliqqa tortish uchun qo‘llaniluvchi soliq stavkalari
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksida to‘lov manbayida
soliq solinadigan daromadlariga soliq stavkalari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa
bilan bog‘liq bo‘lmagan va to‘lov manbayida soliq solinadigan
daromadlariga quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
– dividendlar va foizlarga - 10 foiz;
– sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta
qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga - 10 foiz;
– xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro ta-
shishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz;
– doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromdlari - 20
foiz.
49
Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning daromadalarini soliqqa
tortishda imtiyozli soliq stavkalari ham qo‘llanilishi mumkin.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng
kam stavka bo‘yicha soliq solinadi:
– baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun
O‘z bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgi lan-
gan koef
fi
tsiyentlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar tariqasida olin-
gan daromadlarga. Bunda cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va
tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik
shaxslar xodimlarining ish haqiga koef
fi
tsiyentlar hisoblashning
eng yuqori summasi hisoblash paytidagi holatga ko‘ra belgilangan
eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi;
– korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik
qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu
ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga.
– mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan
ayollarning daromadlaridan olish darajasi 20 foizdan oshmasligi
lozim. Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlar ro‘yxati qo-
nun hujjatlari bilan belgilanadi;
Soliq stavkalarini qo‘llash tartibi qaysi soliq turi bo‘yicha soliq
miqdorini hisoblashga bog‘liq. Lekin, soliq stavkalarini qo‘llashning
umumiy qoidasi ham mavjud. Deyarli barcha soliqlarni hisoblashda
soliq stavkasi soliqqa tortiladigan baza miqdoriga ko‘paytiriladi.
Soliq stavkalarini qo‘llashning o‘ziga xosligi stavkaning qaysi
guruhga mansubligi bilan belgilanadi. Masalan, progressiv soliq
stavkalarni olingan daromad miqdorini oshishiga bog‘liq holda
baland stavkani qo‘llash talab qilinadi. Aksincha, regressiv soliq
stavkalari daromadning oshishi va ma’lum chegaraga yetishi nis-
batan past soliq stavkasini qo‘llashga asos bo‘ladi.
Qat’i soliq stavkalarini qo‘llashning asosiy talablaridan biri
– daromad olishdan qat’i nazar, soliq to‘lovchining belgilangan
faoliyat bilan shug‘ullana boshlashi va soliq obyektiga ega bo‘lishi
hi soblanadi.
50
Shunday qilib, soliq stavkalarini qo‘llashdan oldin, soliq to‘-
lovchining toifasini bilishimiz, soliq to‘lovchining qanday faoliyat
turi bilan shug‘ullanishini tushunishimiz, olingan daromad miq-
dorini va qilingan xarajatlarni to‘g‘ri hisoblashimiz, soliq obyektini
va soliqqa tortish bazasini to‘g‘ri aniqlagan bo‘lishimiz, amaldagi
soliq qonunchiligiga asosan soliq imtiyozlarini to‘g‘ri qo‘llay oli-
shimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: |