Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 92,76 Kb.
səhifə4/9
tarix22.12.2023
ölçüsü92,76 Kb.
#189570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2023

Harid qilish sarflari
Tovarlarni import qiluvchi savdo kompaniyasi qiymati 150 mln so‘m bo‘lgan tovarlarni import qilgan. Shuningdek, kompaniya 20 mln QQS va 15 mln import boji to‘lagan. Kompaniya QQS to‘lovchisi hisoblanadi va to‘langan 20 mln so‘m QQS qoplanishi kutilmoqda. Tovarlarni yetkazib kelish uchun transport tashkilotiga 15 mln so‘m to‘lagan. Xarid qilish sarfini aniqlang.
D-t Tovarlar 180 mln so‘m (150+15+15)
D-t Qoplanadigan QQS 20 mln so‘m
K-t Majburiyat bo‘yicha tomonlar 200 mln so‘m.
Qoplanadigan QQS summasi alohida aktiv sifatida aks ettiriladi va kelgusi sotuvlar bo‘yicha QQS summasi bilan o‘zaro hisob-kitob qilinadi.
Ustama sarflari
Doimiy ishlab chiqarish ustama sarflarining qayta ishlash tannarxiga olib borilishi ishlab chiqarishning me'yoriy quvvati asosida belgilanadi. Me'yoriy quvvat bir nechta davrlar yoki mavsum davomida normal sharoitda, rejalashtirilgan ta'mirlash bilan bog‘liq ishlab chiqarish quvvatidagi yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, o‘rtacha ko‘rsatkichlar asosida olinishi kutilayotgan ishlab chiqarish hajmidir.
Haqiqiy ishlab chiqarish hajmidan fakatgina u me'yoriy quvvatga taxminan teng bo‘lgandagina foydalanish mumkin. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan doimiy ustama sarflar summasi ishlab chiqarishning pasayishi yoki bekor turishlar natijasida oshmaydi. Taqsimlanmagan ustama sarflar ular yuzaga kelgan davrda xarajat sifatida tan olinadi. Ishlab chiqarish o‘ta yuqori bo‘lgan davrlarda mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan doimiy ustama sarflar zahiralar tannarxidan yuqori baholanmasligi uchun kamaytiriladi.
O‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama sarflari ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqatda foydalanish asosida har bir mahsulot tannarxiga olib boriladi”.
Sharh: mazkur bandga asosan doimiy va o‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama sarflari taqsimlanishi izohlangan.
Doimiy ustama sarflari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga ishlab chiqarishning me'yoriy quvvati asosida taqsimlanishi ko‘rsatilgan. Me'yoriy quvvat bir nechta davrlar yoki mavsum davomida normal sharoitda, rejalashtirilgan ta'mirlash bilan bog‘liq ishlab chiqarish quvvatidagi yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, o‘rtacha ko‘rsatkichlar asosida olinishi kutilayotgan ishlab chiqarish hajmidir. Buning natijasida, jami doimiy ustama sarflarini me'yoriy ishlab chiqarish quvvatiga bo‘lib, xaqiqiy ishlab chiqarish xajmiga ko‘paytirilsa, qayta ishlash sarfiga olib boriladigan sarflar summasi kelib chiqadi.
Me'yoriy quvvatni aniqlash tartibi 2-son BHXSda keltirilmagan. Har bir kompaniya o‘z faoliyat turining xususiyatidan kelib chiqqan holda, ushbu ko‘rsatkichni aniqlashi lozim. Bunda quyidagi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
- normal ish muhitida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi
- rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmi (masalan, yillik asosda)
- o‘tgan yillardagi va joriy yildagi ishlab chiqarish hajmi.
Taqsimlanmay qolgan doimiy ustama sarflari ular yuzaga kelgan davrda xarajat sifatida tan olinishi belgilangan. Ushbu taqsimlanmay qolgan doimiy ustama sarflar sotish tannarxiga hisobdan chiqariladi.
Umuman olganda, doimiy ustama xarajatlarini taqsimlashda asosiy mulohaza sifatida “Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan doimiy ustama sarflar summasi ishlab chiqarishning pasayishi yoki bekor turishlar natijasida oshmasligi lozim” degan mulohaza yotadi. Aks holda, ishlab chiqarish jarayonlarini vaqtincha to‘xtatish kompaniya uchun maxsulot tannarxiga ta'sir ko‘rsatish vositasiga aylangan bo‘lardi va bir sohadagi kompaniyalar o‘rtasida qiyoslanuvchanlik kamayishiga sabab bo‘lgan bo‘lardi. Mazkur jihat amaldagi 4-son BHMSda hisobga olinmagan.
O‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama sarflari haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi asosida har bir mahsulot tannarxiga olib borilishi belgilangan.
Ustama sarflarini taqsimlash
A kompaniya bo‘yicha quyidagi ma'lumotlar berilgan.
Ishlab chiqarish to‘liq quvvati – 1000 ishchi soat
Me'yoriy ishlab chiqarish quvvati – 800 ishchi soat
Joriy davr uchun haqiqiy ishchi soat – 500 soat.
Jami doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari – 2000 p.b
Jami o‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama sarflari – 2500 p.b
Davr boshiga mahsulot qoldig‘i mavjud emas.
Davr mobaynida ishlab chiqarilgan birliklar soni 500 ta.
Sotilgan mahsulotlar soni 400 ta.
Mahsulot tannarxini aniqlash uchun hisobga olinadigan ustama sarflar va davr oxiriga mahsulotlar qoldig‘ini toping.
Doimiy ishlab chiqarish ustama sarflarini taqsimlash normasi=jam doimiy ustama sarflari/me'yoriy ishlab chiqarish quvvati
Ushbu ko‘rsatkich 2000/800=2,5 p.b/soat
Bir soatda bitta mahsulot chiqishini hisobga olib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga taqsimlanishi lozim bo‘lgan doimiy i/ch ustama sarflarini aniqlaymiz: 500*2.5=1250 p.b.
Qolgan o‘zgarmas ustama sarflar 750 p.b (2000-1250) xarajat sifatida tan olinadi va sotilgan mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi.
O‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama sarflarni taqsimlash normasi=o‘zgaruvchan ishlab chiqarish ustama sarflari/ Joriy davr uchun haqiqiy ishchi soat
Ushbu ko‘rsatkich 2500/500=5 p.b/soat
Yuqoridagi ma'lumotlar asosida moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan moddalarni hisoblaymiz:
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot
Zaxiralar 100 ta * (2,5 p.b+5 p.b)=750 p.b
Foyda yoki zararlar to‘g‘risidagi hisobot
Sotish tannarxi 400 ta *(2,5 p.b+5 p.b)+750 taqsimlanmagan qismi=375 p.b

Yüklə 92,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin