Tannarxni baholashning usullari Zahiralar tannarxini baholashda aniqroq natijaga erishish uchun qo‘llanishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadigan me'yoriy sarflar usuli yoki chakana narxlar usulidan foydalanish mumkin”.
Sharh: mazkur bandga muvofiq zaxiralar tannarxini baholashda quyidagi usullar qo‘llanishi mumkinligi ko‘rsatilgan:
1. Me'yoriy sarflar usuli
2. Chakana narxlar usuli
Me'yoriy sarflar usulida xom ashyo va materiallar, mehnat, samaradorlik va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning me'yoriy darajasi hisobga olinadi. Ular muntazam tahlil qilinadi va zarurat bo‘lsa, joriy holatni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi.
Chakana narxlar usulidan ko‘pincha chakana savdo sohasida ko‘p sonli, tez-tez o‘zgarib turuvchi va bir xil foyda me'yoriga ega zahiralarni baholashda, ularga nisbatan tannarxni baholashning boshqa usullaridan foydalanish amaliy jihatdan imkonsiz bo‘lganligi uchun foydalaniladi. Zahira birligi tannarxi ushbu zahiraning sotish narxini yalpi marjaning tegishli foiziga kamaytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Foydalaniladigan foizni aniqlashda dastlabki sotish narxidan pastroq narxga tushirilgan zahiralar ham hisobga olinadi. Ko‘pincha, har bir chakana savdo bo‘limi bo‘yicha o‘rtacha foizdan foydalaniladi.
Har ikki usul taxminiy baholash usuli bo‘lib, muhimlikni hisobga olish lozim.
Ma'lumot, agar uni tushirib qoldirish, noto‘g‘ri ko‘rsatish yoki yashirish umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobot foydalanuvchilarining muayyan hisobot beruvchi tashkilot to‘g‘risidagi moliyaviy ma'lumot bilan ta'minlaydigan moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta'sir ko‘rsatishi asoslangan tarzda kutilsa, muhim hisoblanadi.
Chakana narxlar usuli Futbolkalar savdosi bilan shug‘ullanadigan kompaniyaning tovarlari davr boshiga qoldig‘i 5,1 mln so‘m. Davr mobaynida harid qilinganlari summasi 18,5 mln so‘m. Davr uchun tushum 22 mln so‘mni tashkil etgan. Yalpi foyda (marja) o‘rtacha 25%ni tashkil etadi. Sotish tannarxi va tovarlarning davr oxiriga qoldig‘ini aniqlang.
1. Kompaniya yalpi foydasini hisoblaymiz. 22 000*25%=5500
2. Sotish tannarxi=Tushum -yalpi foyda = 22000-5500=16500
3. Davr oxiriga tovarlar qoldig‘ini aniqlaymiz=5100+18500-16500=7100
Javob: sotish tannarxi 16,5 mln so‘m va tovarlar qoldig‘i 7,1 mln so‘m