Soliq va soliqqa tortish


Tannarxni hisoblashning formulalari



Yüklə 92,76 Kb.
səhifə6/9
tarix22.12.2023
ölçüsü92,76 Kb.
#189570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bugalteriya 2023

Tannarxni hisoblashning formulalari
Odatda bir-birining o‘rnini bosmaydigan zahiralar birliklarining tannarxi hamda ishlab chiqarilgan va aniq loyihalar uchun ajratilgan tovarlar va xizmatlarning tannarxi ularga tegishli alohida sarflar bo‘yicha tannarxni identifikatsiyalash usuli bilan aniqlanadi”.
Sharh: Sarflarni o‘ziga xos identifikatsiya qilish, aniq sarflarni zaxiralarning identifikatsiyalangan moddalariga kiritishni anglatadi. Bu, sotib olingan yoki ishlab chiqarilganligidan qat'i nazar, ma'lum bir loyiha uchun ajratilgan ob'ektlarni tegishli hisobga olish usulidir.
Biroq, odatda bir-birini o‘rnini bosadigan ob'ektlarning ko‘p sonli ishlab chiqarilishida sarflarni aniq identifikatsiya qilish maqsadga muvofiq emas.
Bunday sharoitda zaxiralarni FIFO yoki AVEKO usullaridan foydalanish mumkin. Ob'ektlarning bir-birini o‘rnini bosa olishini aniqlash uchun mulohaza yuritish lozim.
Identifikatsiya usuli
Kompaniya zargarlik buyumlarini buyurtma asosida yasab beradi. Har bir buyurtma alohida hom ashyo, dizayn va vaqt talab etadi. Bunday mahsulot ishlab chiqarish uchun harid qilingan hom-ashyo tannarxini baholashning qaysi usulidan foydalanish lozim?
Har bir buyurtma uchun harid qilingan alohida hom-ashyo tannarxini identifikatsiyalash usuli orqali hisobga olish lozim. Shuningdek, har bir buyurtma ham ayni shu usul orqali hisobga olinadi.
“23-bandda ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, zahiralar tannarxi “birinchi kirim, birinchi chiqim qilinishi”
(FIFO) usuli yoki o‘rtacha tortilgan qiymat formulasi orqali aniqlanishi lozim. Tashkilot o‘zi uchun foydalanishi va xarakteri jihatidan bir xil bo‘lgan barcha zahiralar bo‘yicha tannarxni hisoblashning bir xil formulasidan foydalanishi lozim. Xarakteri va foydalanishi jihatidan turli xil bo‘lgan zahiralar uchun tannarxni hisoblashning turli formulalaridan foydalanish o‘zini oqlashi mumkin”.
Sharh: Mazkur bandga muvofiq zaxiralarni hisoblashda identifikatsiyalash usuli bilan bir qatorda FIFO va o‘rtacha tortilgan qiymat formulasidan foydalanish mumkinligi ko‘rsatilmoqda. Xalqaro tajribada LIFO formulasi mavjud. Xozirda AQSh davlatida ushbu usulni qo‘llashga ruxsat berilgan. 2-son BHXS bo‘yicha esa LIFO usuli ta'qiqlangan.
FIFO formulasi birinchi xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar birinchi bo‘lib chiqib qilinishi va o‘z navbatida, davr oxirida qolgan zaxira birliklari eng oxirgi xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarni nazarda tutishini anglataladi.
O‘rtacha tortilgan tannarx formulasida(AVEKO) har bir birlikning tannarxi,xuddi shunday birliklarning davr boshiga o‘rtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan xuddi shunday birlik tannarxining o‘rtacha tortilgan qiymati bo‘yicha aniqlanadi. O‘rtacha tortilgan qiymat, tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatiga qarab, davriy asosda yoki har bir yangi partiya olinganda hisoblanishi mumkin.
Zaxiralarni hisoblash formulalari
Quyidagi ma'lumotlar asosida FIFO va AVEKO usullarini ko‘rib chiqamiz.
A tovar xarid qilingan/sotilgan sana Miqdor Birlik narxi
Tovarlar qoldig‘i 0 0
01.01.20X1-Xarid qilingan 40 5 p.b
25.01.20X1-Xarid qilingan 80 6 p.b
28.01.20X1-Sotilgan (60)
Davr oxiriga qoldiq 60
Sotish narxi 10 p.b ni tashkil etadi.
Ushbu operatsiyalar bo‘yicha yalpi foyda va tovarlar qoldig‘ini aniqlang.
FIFO AVEKO
Tushum (60*10 p.b) 600 600
Sotish tannarxi* (320) (340)
Yalpi foyda 280 260
*FIFO bo‘yicha sotish tannarxi=40*5+20*6=320p.b
*AVEKO bo‘yicha sotish tannarxi=(40*5+80*6)/120*60=340 p.b
FIFO AVEKO
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot
Joriy aktivlar
Zaxiralar** 360 340
**FIFO bo‘yicha sotish tannarxi=60*6=360p.b
**AVEKO bo‘yicha sotish tannarxi=(40*5+80*6)/120*60=340 p.b
Amaliyotda, o‘rtacha narxlar davriy o‘sishini inobatga olinsa, FIFO usuli AVEKO usuliga nisbatan foydani ko‘proq chiqishiga sabab bo‘ladi. Mazkur formulalarni har iqqisi ham soliq hisobi maqsadlarida qo‘llash uchun ruxsat berilganini inobatga olib, foyda solig‘ini kamroq to‘lash uchun AVEKO usuli tanlanishi mumkin.
Tashkilot o‘zi uchun foydalanishi va xarakteri jihatidan bir xil bo‘lgan barcha zaxiralar bo‘yicha tannarxni hisoblashning bir xil formulasidan foydalanishi talab etiladi. Xarakteri va foydalanishi jihatidan turli xil bo‘lgan zaxiralar uchun tannarxni hisoblashning turli formulalaridan foydalanish o‘zini oqlashi mumkin.
Masalan, bitta operatsion segmentda ishlatiladigan zaxiralar tashkilot tomonidan boshqa operatsion segmentda xuddi shu turdagi zaxiralardan farqli ravishda foydalanilishi mumkin. Lekin, zaxiralarning geografik joylashuvidagi (yoki tegishli soliqqa tortish qoidalaridagi) farq o‘z-o‘zidan tannarxni hisoblashning turli xil formulalaridan foydalanishga yetarlicha asos bo‘la olmaydi.


Yüklə 92,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin