Soliq va soliqqa tortish


-rasm . Jismoniy shaxslardan olingan daromad solig’i tahlili11



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə6/10
tarix25.05.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#59441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sharipov Abror

3-rasm . Jismoniy shaxslardan olingan daromad solig’i tahlili11
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha tushumlar 2020 yilda 15,1 trln. so'mni yoki YaIMning 2,6 foizini tashkil etdi. Ushbu tushumlar 2019 yil oxirida prognoz qilingan 1 trln. so'mga (prognoz 16,1 trln. so'm) kam, bu, birinchi navbatda, pandemiya bilan bog'liq cheklov choralari oqibatida tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiy faolligi pasayishi, 2020 yilda soliqqa tortilmaydigan moddiy yordam miqdorining eng kam ish haqining 4,22 dan 7,5 barobarga oshirilishi, shuningdek byudjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag'batlantirish uchun xarajatlarning ayrim turlarini qisqartirish bilan bog'liq.
Shu bilan birga 2020 yilda ijtimoiy soliq stavkasining mikrofirma va kichik korxonalar uchun 12 foizdan 1 foizgacha pasaytirilishi ish haqi fondini va ishchilar sonini qisman saqlashga imkon berdi.
Qo'shilgan qiymat solig'i byudjet daromadlarining asosiy manbalaridan biridir. 2020 yilda Davlat byudjeti daromadlarining jamidagi ulushi 30,3%ni tashkil etdi (2019 yilda - 33%). QQS bo'yicha tushumlar 2018-2019 yillarda 64,9%ga oshdi (22,5 dan 37,1 trln. so'mgacha). Shu bilan birga, YaIMdagi ulushi 5,5%dan 6,9%ga oshdi.
2019 yilda soliq siyosatidagi jiddiy o'zgarishlar soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirishni nazarda tutuvchi soliq islohoti bilan boshlandi. Keng ko'lamli islohot uni o'tkazishda barcha soliq vositalariga qisqa muddatda ta'sir qildi. Shunday qilib, qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash uchun chegara ishchilar soni o'rniga yillik aylanma (daromad) shaklida joriy etildi. Soliq to'lovchilar sonini ko'paytirish, ayrim soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish orqali soliq bazasini kengaytirish bo'yicha choralar qabul qilindi. 2020 yilda QQS tushumlari miqdori 40,2 trln. so'mni tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 3,2 trln. so'mga yoki 8,6%ga ko'pdir (qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 2019 yil 1 oktyabrdan 20 foizdan 15 foizga tushirildi).
2020 yilda QQS bo'yicha imtiyozlarning bekor qilinishi natijasida mamlakat ichidagi aylanma bo'yicha imtiyozlar 15,1 trln. so'mni tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 11,4 trln. so'mga kamdir. Shu davrda import bo'yicha QQS imtiyozlari 15,4 trln. so'mga kamayib, 21,7 trln. so'mni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda soliq imtiyozlarini aniqlash metodologiyasini takomillashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu shu bilan bog'liqki, ba'zi hollarda, imtiyozlar soliq elementlari sifatida, aslida, imtiyoz hisoblanmasa ham tan olinadi (masalan, QQS bo'yicha nol stavkasini qo'llash, QQSdan ozod etilgan moliyaviy xizmatlar, olib kirishda xalqaro shartnomalarning mavjudligi).
Shu bilan birga, QQS samaradorligi 2018 yilda 0,28 dan 2020 yilda 0,45 ga oshdi. (QQS samaradorligi = YaIMdagi QQS daromadlari foizlarda / QQS stavkasi).
Soliq idoralari tomonidan ma'muriylashtiriladigan QQS tushumlari 2020 yilda 20,5 trln. so'mni tashkil qildi yoki o'tgan yilga nisbatan 13%ga kamaydi, bu, birinchi navbatda, koronavirus pandemiyasi sababli iqtisodiy faollikning sekinlashishi va soliq stavkasining 20%dan 15%gacha pasayishi, shuningdek, qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha soliqqa tortiladigan importning oshishi bilan bog'liq.
Bojxona idoralari tomonidan import tovarlarga undiriladigan QQS 2020 yilda 19,7 trln. so'mni tashkil etdi yoki 2019 yilga nisbatan 47%ga ko'p, bu, eng avvalo, bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi bilan bog'liq.


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin