Soliqlar, ularning vazifalari va turlari



Yüklə 207,55 Kb.
səhifə2/10
tarix27.08.2023
ölçüsü207,55 Kb.
#140775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Isroilov Elbek kurs ishi

Kurs ishining maqsadi soliq tizimini takamillashtirish, undagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- soliq tushunchasi, uning mazmun-mohiyatini ochib berish;
- soliqlarning funksiyalari va tomoyillarini tadqiq etish;
- soliqlarning turlari va tasniflarini o’rganish;
- O’zbekiston soliq tizimining hozirgi holatini tahlil qilish;
Kurs ishining obyekti soliq tizimi hamda uning turlari va ular bo’yicha mavjud qarashlar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimiz soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning soliq tizimi, uni tartibga solinishi, uning zaruriyati va ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va o’zaro mazmunan bog’langan 4 ta rejadan iborat bo’lib umumiy hajmda 39 betni tashkil etadi.

1. Soliq tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati


Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo’lib ko’rinadi, holbuki soliq tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi bo’lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo’llab quvvatlanishi kerak. Adolatsiz soliq tizimi o’tmishda juda ko’p tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g’oyalarining katta qismini soliq tizimining asosiy tamoyillari qanday bo’lishi kerakligini aniqlashga bag’ishlashgan.
Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg’or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko’proq iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo’lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan o’zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e’tibor bergan. Uning soliq nazariyasi ma’lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi o’rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo’lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb qaraladi. U shuningdek, o’z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag’ topa olmaydiganlarga ijtimoiy ta’minot berishni qo’llab quvvatlaydi2.
Petti "Soliqlar va yig’imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga kelayotgan urush uchun jamg’rmalar yig’ilishida qirol tomonidan qo’llanilishi mumkin bo’lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, ta’lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo’llab quvvatlash va birlamchi mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga ta’minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo’llab quvvatlagan.
"Uzoq o’nsakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit va uning izdoshlari hozirgu kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi g’oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu yillar davomida ko’plan ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi Graf Shaffesbury, ko’zga ko’ringan davlat arbobi, 1706- yil Gollandiyadagi hamkasibiga shunday yozadi:
Bu yerda o’zini butun dunyo bo’ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu g’ayritabiiy lekin so’z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart.
Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi kungidek hech qanday chegara bo’lmagan. Shuning uchun, o’sha davrning ilg’or olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi bo’lishlariga qaramasdan bir vaqtning o’zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va uning izdoshlarining dunyo bo’ylab ulkan ta’sirini sanab o’tish joizdir.
John Locke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, ko’zga ko’ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi “Shonli revolutsiya” (Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bo’lgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat o’rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo’lsak, u haqida Locke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma’lumotlarni qoldirgan.
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarni iqtisodiy mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan.
Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo’jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi»3.
Professor B.Boldirev boshchiligida yozilgan « Kapitalizm moliyasi» o’quv qo’llanmasida soliqlarga qo’yidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar — davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy to’lovlari»4 haqiqatdan ham bunday olib qaraydigan bo’lsak, yuqorida keltirilgan ta’riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo’lishi mumkin. Lekin bu ta’riflar o’zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to’laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to’lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to’g’risida etarli ma’lumotlar bera olmaydi.
Sh. Gataulin «Soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi» maqolasida — «...soliqlar o’zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga qo’yidagicha javob beradi: «Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy manbai bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir5.
Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning mohiyatini to’laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o’zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar ob’ekti bo’lib nima hisoblanadiyo degan savollarga javob bera olmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga ko’ra soliqlar quyidagicha ta’riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo’ladi «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir»6.
Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo’lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o’rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida, davlat paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu erdan kelib chiqadi.
Biz soliqlarni iqtisodiy mohiyatini to’liq tushunishimiz uchun, dastavval soliq so’zining tarixan mavjud bo’lgan iqtisodiy ma’nosini to’g’ri tushunib tahlil qilib olishimiz lozim.
Soliq tushunchasi - iqtisodiy munosabatlarda asosiy o’rinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bo’lgan pul mablag’larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to’lovlarni aks ettiradi, ya’ni soliq - davlat tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgilangan stavkalar bo’yicha, soliq to’lovchining bundan biron bir muayyan manfaat ko’rishi bilan bevosita bog’lanmagan tarzda undiriladigan pul yig’imi.
Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi.
Yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilgan holda quyidagilarni ifodalash mumkin (1-rasm):
a) soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi oliy organi - parlamentga beriladi;
b) soliqni fuqaro emas, mulkdor to’laydi;
v) soliq davlat byudjetiga daromad olish uchun belgilanadi;
g) soliq to’lash majburiy xususiyatga ega.


Yüklə 207,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin