Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
3.4. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. 1.Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik – mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir”.
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning suybekti kim bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qonuniga muvofiq balog‘at yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘zi ixtiyor etgan Qonunga zid bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko‘rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo‘lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi.
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog‘liqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Shug‘ullanayotgan soha bo‘yicha ilm, bilimga egaligi.
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik qobiliyati.
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
Qonunlarga itoatkorligi.
Innovatsiyachilikning faolligi.
Maqsad sari intiluvchanlik.
Tashkilotchilik.
Tejamkor bo‘lishi.
O‘z so‘zining ustidan chiqish.
Ruhiy poklik va halolligi.
O‘z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
Mulk munosabatlarining uyg‘unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi:
egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to‘la hukmronlik qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;
foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to‘lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;
operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.
Tadbirkorlarga o‘z qobiliyatini to‘la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi.
mablag‘larni qonunga zid bo‘lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va h.k.;
Bozorning ochiqligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, xomashyo harakati uchun sun’iy g‘oyalarning yo‘qligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va h.k.
Tadbirkorlik uchun huququqiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni himoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi.
Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to‘lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo‘yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va h.k.