3.3-jadval
Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyat bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq
STAVKALARI29
№
|
Faoliyat turi
|
Qat’iy belgilangan soliqning bir oydagi stavkasi (so’mda)
|
Toshkent shahri
|
Nukus sh., viloyat bo‘ysunadigan shaharlar
|
Boshqa shaharlar
|
Boshqa aholi punktlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
|
1.
|
Chakana savdo:
- oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar bilan;
- dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan;
- gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari;
|
1000 000
400 000
500 000
|
750 000
200 000
250 000
|
400 000
100 000
200 000
|
300 000
50 000
50 000
|
2.
|
Maishiy xizmatlar, 3-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari
|
350 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
3.
|
O‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan milliy shirinliklar va non-bo‘lka mahsulotlari tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o‘tirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish
|
300 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
|
Bolalar o’yin avtomatlari
|
300 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
4.
|
Boshqa faoliyat turlari
|
300 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
5.
|
Avtomobil transportida yuk tashishga doir xizmatlar:
|
|
|
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
|
200 000
|
|
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
|
300 000
|
*) Uy xo‘jaligi, shu jumladan, dehqon xo‘jaligida parvarishlangan tirik hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalar) hamda ularni so‘yib, xom yoki qayta ishlangan ko‘rinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan ko‘rinishda (manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlaridan tashqari) sotish bundan mustasno.
Soliq solishdan ozod etish soliq to‘lovchi tomonidan davlat hokimiyatining joylardagi tegishli organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, sotilgan mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoxud uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etish sharti bilan amalga oshiriladi.
Izohlar:
1. Jismoniy shaxs:
a) bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullansa, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliq to‘laydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;
v) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, soliqni ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha to‘laydi.
3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari quyidagilardir:
Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish daftari;
Tovar cheklari daftari.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari oxirgi yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip o‘tkazib bog‘langan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno,–yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – har oyning yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |