O’ZBEK
TILIDA
|
INGLIZ
TILIDA
|
RUS
TILIDA
|
O’ZBEK TILIDAGI MAZMUNI
|
Budjet tizimi
|
Budget system
|
Бюджетная система
|
Turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, ularni tashkil etishni va tuzish printsiplarini, shuningdek budjet jarayonida paydo bo‘ladigan ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.
|
Budjet dotatsiyasi
|
Budgetsubsidies
|
Бюджетные субсидии
|
O‘z daromadlari va budjet tomonidan tartibga solinadigan barcha mablag‘lar etishmagan holda quyi budjetning harajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga tekinga (haq olmay) ajratiladigan pul mablag‘lari.
|
Budjet profitsiti
|
Budgetsurplus
|
Бюджетный избыток
|
Muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
|
Budjet ssudasi
|
Budget loan
|
Бюджетный
кредит
|
Yuqori budjetdan quyi budjetga yoki respublika budjetdan rezident – yuridik shaxsga yoki xorij davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
|
Budjet subventsiyasi
|
Budget
subventions
|
Бюджетных
субвенций
|
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ma‘lum maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga tekingi (haq olmay) ajratiladigan pul mablag‘lari.
|
Davlat budjeti
|
State budget
|
Госбюджет
|
Davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli fondlari mablag‘larining) markazlashtirilgan fondi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
|
Daromad solig’i
|
Incometax
|
Подоходный налог
|
To’g’risoliqlarning asosiy shakli. Jismoniy yoki yuridik shaxslarning jami daromadidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqxujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarini chegirgan holda foizdahisoblangan ulushi.
|
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya
|
Income declaration
|
Декларация о доходах
|
Dvidentlar – taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi (daromadi); aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya uchun aksionerlarga ma‘lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to‘lanadigan daromad.
|
Dotatsiya
|
Subsidy
|
Субсидия
|
Davlat budjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag‘lari, (ziyon) larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabalarga ko‘ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.
|
Daromad solig‘ining shedulyar shakli
|
Shedulyar income tax form
|
Shedulyar форма налог на доход
|
Daromadning manbaini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedulyarga) bo‘linishini taqozo etadi. Har bir shedul o‘ziga manbai oldida “tutish”ni maqsad qilib qo‘yadi. Mamlakatda bu sohada olti shedul amal qilib, ularning ayrimlari Yana ichki taqsimlanishga ham egadir.
|
Jarima
|
Penaltu
|
Санкция
|
Soliqqa oid jinoyatlar uchun javobgarlik o’lchovidir.
|
Ikki marta soliqqa tortish
|
Doubletaxation
|
Двойное налогообложение
|
1. Turli soliqlarni daromad (kapital)ning yagona manbaidan olinishi;
2. Qo‘shma korxona xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o‘tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xudi shu foydani xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi;
3. Sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) v undan to‘lanadigan dividentlarni ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to‘langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbaini ikkinchi mamlakatda oliqqa tortishdan ozod qilish yo‘li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutilish mumkin.
|
Investitsion soliq krediti
|
Investment tax credits
|
Инвестиционные налоговые кредиты
|
Soliq to‘lovchi tomonidan ma‘lum bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha juda muhim buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan engillik, imtiyoz (soliq to‘lovini kechiktirilish). Bu kredit soliq to‘lovi va mahalliy ma‘muriyat o‘rtasida tuziladigan soliq bitimi bilan rasmiylashtirladi. Investitsion soliq kreditini taqdim etish (berish), rasmiylashtirish va qaytarish tartibi “Investitsion soliq kredit to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq belilanadi.
|
Imtiyoz
|
Privilege
|
Льгота
|
Ma‘lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to‘liq) ozod etish, ma‘lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega bo‘lish, masalan, soliq imtiyoziga.
|
Import solig‘i
|
Import tax
|
Налог на импорт
|
Bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Boj poshlinalarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa bir qismi mahalliy budjetlarga borib tushadi.
|
Yig‘imlar
|
Tolls
|
Пошлины
|
Qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqari fondlarga o‘tkaziladigan majburiy badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotrasport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar kiradi.
|
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar
|
Local taxes and fees
|
Местные налоги и сборы
|
Mahalliy budjetga olinadigan jismoniy va yuiridk shaxslarning majburiy to‘lovlari. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, savdo-sotiq qilish huquqi uchun qig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik ishlari uchun yig‘im va boshqalar.
|
Mahalliy budjet
|
The local budget
|
Местный бюджет
|
Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
|
Ma‘muriy javobgarlik
|
Administrative responsibility
|
Административная ответственность
|
Ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar yuridik javobgarligining shakllaridan biri.
|
Ortiqcha to‘lovlar
|
Payment
|
Переоплата
|
To‘lovning budjetga tushgan ortiqcha summasi. Odatda soliq to‘lovchining boshqa to‘lovlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan boqimondalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu to‘g‘rida unga ma‘lum qilinadi yoki moliya organining qarori nusxasi va bankning tegishli ko‘chirmasi asosida soliq to‘lovchiga qaytariladi.
|
Penya
|
Fine/surcharge
|
Пеня
|
Qonunchilikda nazarda tutilgan yoki shartnoma majburiyati bo’yicha belgilangan vaqtdan kechikkan har bir kun uchun bitim bo’yicha qayd etilgan summaning foizdagi ulushi ko’rinishida qo’llaniladi.
|
Regressiv soliqqa tortish
|
Regressivetaxation
|
Регрессивное налогообложение
|
Soliq asosi (bazasi)ning o‘sib borishi bilan soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi. Soliq undirish og‘irligi daromadga teskari proportsionaldir: daromad qancha kam bo‘lsa, soliq to‘lovchi uchun soliqning og‘irligi shuncha og‘irdir. Hozirgi paytda qo‘shilgan qiymat solig‘ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.
|
Real soliq
|
Real tax
|
Реальный
налог
|
Soliqto‘lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortadigan to‘g‘ri soliqlardan iboratdir.
|
Rezidentlar
|
Residents
|
Резиденты
|
Kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo‘lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va bo‘lmagan soliq to‘lovchilar (shu mamlakat hududida va undan tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
|
Respublika budjeti
|
Republican budget
|
Республиканский
бюджет
|
Davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda adromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
|
Soliq agenti
|
Taxagent
|
Налоговый агент
|
Yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat byudjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunda yuridik shaxslar, ular o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishga yollaganligi natijasida to‘lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatmaydigan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan ushlanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va byudjetga o‘tkazib beradi.Soliq agenti adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida e’tirof etiladi.
|
Soliqlar
|
Taxes
|
Налоги
|
Qonunda beliglangan tartibdastavka bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va fuqarolar (yuridik va jisoniy shaxslar)dan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga olinadigan majburiy to‘lovlar. Soliq, yig‘im, poshlina va boshqa to‘lovlar deyilganda qonuniy aktlar asosida beliglangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqaridagi fondlarga majburiy badallarning to‘lanishi tushuniladi. Belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar, poshlinalar va boshqa to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi.
|
Soliq bazasi
|
The tax base
|
Налоговая база
|
Soliq ob’ektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan ob’ektning miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi.
|
Soliq kontseptsiyasi
|
The concept of tax
|
Понятие налога
|
Bu soliqlarni yo‘nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyalarining yaxlitligidir.
|
Soliq siyosati
|
Tax policy
|
Налоговая политика
|
Bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.
|
Soliq siyosati strategiyasi
|
Tax policy
|
Стратегия налоговая
политика
|
Soliq siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir.
|
Soliq siyosati taktikasi
|
Tax policy and tactics
|
Тактика
налоговая политика
|
Belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.
|
Soliq sub’ekti
|
The subject of tax
|
Субьекти налога
|
Soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq sub’ekti - bu soliqqa oid munosabatlarning tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari - Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspektsiyalari qatnashadi.
|
Soliq ob’ekti
|
The object of the tax
|
Объект налогообложения
|
Soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq ob’ekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarni qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi.
|
Soliq organlari
|
Tax authorities
|
Налоговые
органы
|
Soliq qonunchiligiga rioya qilish, mamlakatning qonunlariga muvofiq belgilangan (o‘rnatilgan) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilishi ustidan nazoratni ta‘minlovchi yagona mustaqil markazlashtirilgan tizim. Davlat soliq qo‘mitasining yagona tizimiga kiruvchi soliq organlari davlat boshqaruvining markaziy organi (Davlat soliq qo‘mitasi), viloyat, tuman va shahar soliq inspeksiyalaridan iboratdir.
|
Soliq imtiyozlari
|
Tax incentives
|
Налоговые льготы
|
Soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil engilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin.
|
Soliq manbai
|
A source of tax
|
Источник налога
|
Bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbai, ya’ni daromadi. Soliq ob’ekti va soliq manbaini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, daromad (foyda)ga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq ob’ekti ham soliq manbai ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima ob’ekt bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi.
|
Soliq stavkasi
|
Tax rate
|
Ставка налога
|
Soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat‘iy soliq stavkalari daromadlarga bog‘liq bo‘lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarida o‘rnatiladi.
|
Soliqqa tortish birligi
|
Unit of taxation
|
Единица налогообложения
|
Bu ob’ektning o‘lchov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida ob’ektning o‘lchov birligi bo‘lib uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov birligi bo‘lib kv.m. yoki gektar hisoblanadi.
|
Soliqqa tortish predmeti
|
The subject of taxation
|
Предметом налогообложения
|
Soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish ob’ekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi.
|
Soliq tizimi
|
The tax system
|
Налоговая
система
|
Mamlakat doirasida (hududida) to‘lovlardan (yuridik va jisoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar,yig‘imlar va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakli va uslublari yig‘indisi.
|
Soliq qonunchiligi
|
Tax legislation
|
Налоговое
законодательство
|
Davlatda soliqlarning turi, ularni undirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig‘indisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.
|
Soliq tushumlari
|
Tax revenues
|
Налоговые
поступления
|
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlari qismidagi ha rbir soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga mo‘ljallangan qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolotli banklarning hisob-kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan soliq badallari (to‘lovlari) va moliyaviy sanktsiyalar.
|
Soliq hisob-kitoblari
|
Tax calculations
|
Налоговые
расчеты
|
Yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko‘zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq organlariga taqdim etilib, o‘zida ma‘ulm hisobot davri mobaynida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan to‘lovlar summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga ko‘ra har bir soliq turi bo‘yicha alohida-alohida belgilangan.
|
Soliq nazorati
|
Financial control
|
Налоговые
контроль
|
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta‘minlash ustidan nazorat.
|
Soliqqa tortilmaydigan oborot
|
Tax-exempt turnover
|
Необлагаемый
оборот
|
Qonunga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydigan oborot.
|
Soliqdeklaratsiyasi
|
Tax Declaration
|
Налоговая
декларация
|
Soliq to’lovchining soliq organiga ma’lum bir davr oralig’idaolgan daromadlari hamda unga qo’llaniladigan chegirma va imtiyozlarni o’zida aks ettirgan maxsus shakldagi rasmiy bayonoti. Soliq organi unga va amaldagi soliq stavkalariga asoslanib, to’lanishi belgilangan soliq summalari undirilishini nazorat qiladi
|
Soliq majburiyati
|
Taxliabilities
|
Налоговые обязательства
|
Soliqlarni hisoblash va to’lash yuzasidan talab etiladigan va bajarilishi shart bo’lgan majburiyatlarni o’zida aks ettirgan iqtisodiy munosabatlar majmui. Bu jarayonda davlat o’zining vakolatli organlari orqali soliq to’lovchidan mazkur majburiyatlar bajarilishini talaba etish huquqiga egadir
|
Soliq mexanizmi
|
The tax mechanism
|
Налоговый механизм
|
Davlat, jamiyat va alohida sub’ektlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish yuzasidan markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini tashkil etish bilan bog’liq ob’ektiv munosabatlarni boshqarish usullari yig’indisi.
|
Soliq yuki
|
The tax burden
|
Налоговое бремя
|
Soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘ida to‘lagan soliqlari yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining yig‘indisini ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi.
|
Soliq organi
|
Taxauthority/
taxbodies
|
Налоговый орган
|
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, soliqlar undirilishini amalga oshiruvchi davlat organlari tizilmasi.
|
Soliq to’lovchi
|
Taxpayer
|
Налогоплательщик
|
Qonunchilikka ko’ra, tegishli soliqlarni to’lash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
|
Xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish
|
International double taxation
|
Международное
двойное налогообложение
|
Xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortish deganda ikki yoki undan ortiq mamlakatda bir soliq to’lovchining faoliyati aynan bir xil yoki o’xshash soliq turi bilan bir vaqtning o’zida soliqqa tortish ifodalanadi.
|