Soliqlar va soliqqa tortish


III. Mustaqil ta'limni baholash tartibi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə191/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

III. Mustaqil ta'limni baholash tartibi
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ta'limning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ta'limning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo’yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi.
Mustaqil ta'limning bajarilishini nazorat qilish va baholash tizimi o’quv guruhi darajasida tashkil etilayotgan ilmiy seminarda, amaliy mashg’ulotlarda, joriy va oraliq nazoratlarda olib boriladi. Mustaqil ta'limlarning baholash me’zoni quyidagicha tashkil etish mumkin: barcha ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun - oraliq nazoratga ishchi dastur bo’yicha maksimal 34 (24/10) ball belgilangan bo’lib, shundan mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiy tahlil bo’yicha berilgan qo’shimcha topshiriqlarni bajarishi uchun maksimal 10 ball ajartilgan. Bu maksimal 10 ball oraliq nazorat o'tkaziladigan vaqtlarda ikki marta maksimal 5 ballga ajratilgan holda rasmiylashtiriladi.


Mustaqil ta'lim bo’yicha talabaning ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagi mezonlarga asosan aniqlanadi:

Ball

Baho

Talabaning bilim darajasi

8,6-10,0

A’lo

Mustaqil ta'lim talablari 86-100% bajarilgan, mustaqil ta'lim bo’yicha bajargan ishlari yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish, mushohada yuritish, mohiyatini tushuntirish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.

7,1-8,5

Yaxshi

Mustaqil ta'lim talablari 71-85% bajarilgan, mustaqil ta'lim bo’yicha bajargan ishlari yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish, amalda soliqlarni hisoblash uslubiyatlarini qo’llay olish, mohiyatini tushuntirish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.

5,5-7,0

Qoniqarli

Mustaqil ta'lim talablari 55-70% bajarilgan, mustaqil ta'lim bo’yicha bajargan ishlari yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish, tasavvurga ega bo’lish.

0-5,4

Qoniqarsiz

Mustaqil ta'lim talablari 54% bajarilgan, mustaqil ta'lim bo’yicha bajargan ishlari yuzasidan xulosa va qaror qabul qilishda aniq tasavvurga ega emaslik, bilmaslik, shuningdek belgilangan muddat va tartibda mustaqil ta'limni bajarmaslik.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin