Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə27/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

4.3. Yagona yer solig‘i.


1. Yagona yer solig‘ining joriy etilishi va ahamiyati. 1999 yilda qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimida tub o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-2086-sonli Farmoniga muvofiq 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i joriy etildi.
Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etilishi, o‘z navbatida ularni quyidagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qildi:

    • foyda solig‘i;

    • qo‘shilgan qiymat solig‘i;

    • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

    • yer solig‘i;

    • yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

    • mol-mulk solig‘i;

    • obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

    • boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar.

Yagona yer solig‘i to‘lovchilari hisoblangan qishloq xo‘jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona to‘lovlari, davlat boji, litsenziya yig‘imlari, budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, shuningdek aksizosti mahsulotlarga aksiz solig‘ini to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolindi.
Yagona yer solig‘ini joriy qilishdan maqsad qishloq xo‘jalik erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarini mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish, qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va birxillashtirishdan iboratdir.
Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni tasarrufidagi yerlaridan yanada oqilona foydalanishga da‘vat etadi, chunki har bir gektar yer maydoni uchun undan daromad olish yoki daromad olmaslik holatidan qat‘iy nazar belgilangan miqdordagi soliq summasini to‘lash lozim bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi jarayonini yanada takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa tortishning ushbu tizimi xo‘jaliklar hisobchilarining soliqlarni hisoblash va to‘lash borasidagi ishlarnini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‘jalik korxonalari o‘nlab turdagi soliqlar va yig‘imlarni to‘lashardi. Agar ayrim soliq turlarining har oyda va har yilning har choragida to‘lanishini hisobga oladigan bo‘lsak, unda ayrim xo‘jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar bo‘yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 yilda ana shuncha to‘lov topshiriqnomalarini to‘ldirishi kerak bo‘lar edi. Endilikda esa xo‘jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi soliq summaini hisoblab chiqishadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin