Soliqlar va soliqqa tortish


Yagona yer solig‘i to‘lovchilari, soliq ob‘ekti va soliq bazasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə28/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

2. Yagona yer solig‘i to‘lovchilari, soliq ob‘ekti va soliq bazasi. Qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta‘lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari yagona yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishadi.
Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar – soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar tarkibiga kiradi:
- yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar;
- qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.
O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yagona yer solig‘ini to‘lovchilar hisoblanishmaydi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha mazkur faoliyat turidan yagona yer solig‘ini to‘laydilar va ular boshqa soliqqa tortish tizimini tanlash huquqiga ega emaslar.
Yagona yer solig‘ini to‘lovchi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, davlat bojlari, litsenziya yig‘imlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarni to‘lashning amaldagi tartibi saqlanadi.
Agar yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘zlari ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha shu toifadagi to‘lovchilar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashga majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirsa, faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yig‘imlar to‘lanadigan savdo va umumiy ovqatlanishdan tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutilgan yagona soliq to‘lov yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘laydilar.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yerlar ijaraga (shu jumladan ichki xo‘jalik pudratiga) berilganda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan yerlar bo‘yicha yagona yer solig‘ini to‘lash majburiyati saqlanib qoladi.
Qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi maydoni yagona yer solig‘i solish ob‘ekti hisoblanadi.
Soliq solinadigan yer uchastkalarining normativ qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi. Agar normativ qiymat belgilanmagan bo‘lsa, unda soliq solinadigan baza bo‘lib qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqaruvchilarning soliq solinadigan yer uchastkalari maydoni hisoblanadi.
Soliq solinadigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, yer uchastkalarining joylashishi, tuproq boniteti va yer mulkining boshqa tavsiflari yer kadastri ma‘lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi.
3. Soliqdan imtiyozlar. Yagona yer solig’ini to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
- ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
- yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug’orishdan foydalanilayotgan bo’lsa, o’sha qismida tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga.
Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — yagona yer solig’i to’lovchilarga Soliq kodeks 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer solig’i bo’yicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi.
Kalendar yil soliq davridir.
4.Soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi. Yagona yer solig’i summasi yer uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig’ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi. Yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to’xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o’zgargan, shuningdek yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to’lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig’ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Yagona yer solig’ini to’lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 sentyabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabrigacha — soliqning qolgan summasi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin