2.Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari va soliqni hisoblash muddatlari. Yagona soliq to‘lovi uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga muvofiq 2017 yildan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ishchilari sonidan qat‘iy nazar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) quyidagi stavkalarda yagona soliq to‘lovi to‘lash joriy qilindi:
4.2-jadval 2017 yilda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining stavkalari28
N
To’lovchilar
Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da
1
Umumiy ovqatlanish korxonalari
10
ulardan:
umumiy ta’lim maktablari, maktab-internatlar, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari
8
2
CHakana savdo korxonalari, 3 va 4-bandlarda ko’rsatilganlaridan tashqari:
2.1
quyidagi joylarda joylashgan:
aholisi soni 100 ming va undan ko’p kishidan iborat shaharlarda
4
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin bo’lgan va tog’li yerlarda
1
2.2
Joylashgan joyidan qat’i nazar:
alkogolli mahsulot, tamaki mahsuloti, benzin, dizel yoqilg’i va suyultirilgan gaz realizatsiyasidan tovar oboroti bo’yicha
4
3
Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug’ullanuvchi savdo korxonalari (4-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari)
5
4
Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan:
aholisi soni 100 ming va undan ko’p kishidan iborat shaharlarda
3
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin bo’lgan va tog’li yerlarda
1
Izoh: Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va yagona soliq to‘lovining turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida joylashgan bir necha savdo nuqtalariga ega bo‘lsa, unda ular har bir savdo nuqtasi bo‘yicha tovar oborotining alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari lozim.
Agar savdo korxonalri, jumladan ulgurji va chakana dorixonalar, yagona soliq to‘lovining turli stavkalari o‘rnatilgan aholi punktlarida mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan bir necha savdo shahobchalariga ega bo‘lsalar, ular har bir savdo shahobchasi bo‘yicha tovarlar aylanmasini alohida-alohida hisobini yuritishlari va shu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan soliq stavkalari bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari shart.
Bunda savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlari savdo korxonasi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan joy uchun o‘rnatilgan stavkasi bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘laydilar.
Agar savdo korxonalari balansida qayd etilgan asosiy vositalarni ijaraga topshirsalar, ular ijaraga berilgan ushbu aktivlar qiymatidan umumbelgilangan tartibda mol-mulk solig‘ini to‘laydilar hamda ularga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Savdo korxonalari yagona soliq to‘lovini mustaqil ravishda soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar va budjetga to‘laydilar.
Yagona soliq to‘lovini hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oydan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatlarda davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shaklda taqdim etiladi.
Yagona soliq to‘lovini to‘lash ortib boruvchi yakun bilan hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.