Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort
3.Soliq imtiyozlari. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. Ular:
1) soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti (208-modda);
2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209-modda);
3) soliqdan ozod etiladigan sug‘urta xizmatlari (210-modda);
4) soliqdan ozod etiladigan import (211-modda).
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi:
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan, davlat boji va yig‘imlar undiriladigan xizmatlar;
maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o‘tkazishga doir xizmatlari;
protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek nogironlarga ko‘rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlarni ta‘mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar bo‘yicha xizmatlar;
davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari;
pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;
aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to‘lash bo‘yicha xizmatlari;
budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining budjetdan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi xulosasi asosdir;
shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek temir yo‘l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlari.;
oliy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta‘lim berishning haq evaziga o‘qitishga doir qismi bo‘yicha xizmatlar;
vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirilgan qimmatbaho metallar;
chet el havo kemalariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bevosita O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida amalga oshiriladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati;
sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari va bolalar dam olish oromgohlarining xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlari.
gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
geologiya va topografiya ishlari;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, ishlar;
nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, ta‘minot-sotish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha realizatsiya qilish oborotlari mustasno;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, shuningdek grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
uy-joy fondini saqlash va ta‘mirlash yuzasidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
aholini elektr energiyasi bilan ta‘minlash;
davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari;
o‘zi etishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti;
ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlov bo‘linmalari xizmatlari;
va boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan oborotlar.
Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan:
to‘lovlar, o‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‘lov vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar, inkasso bo‘yicha operatsiyalar;
milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar;
qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar;
akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;
pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar;
kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash);
forfeyting va faktoring operatsiyalari;
lombard operatsiyalari (garovga qo‘yilgan mol-mulkka qisqa muddatli kreditlar berish);
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti.
va boshqa oborotlar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan sug‘urta xizmatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
a) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari;
b) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi va tantemalar;
v) sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
g) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari ulushining qayta sug‘urtalovchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lovini;
d) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar;
e) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
j) qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar;
z) hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;
i) sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan sug‘urta rezervlari va sug‘urta fondlari mablag‘larini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar;
k) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar;
l) qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) etkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
m) qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
n) bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
a) sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni);
b) preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar;
v) sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi to‘laydigan mablag‘lar;
g) sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar.
Tovarlarni import qilishda quyidagi hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi:
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma‘muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a‘zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;
3) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar;
4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;
5) davlatlar, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari hisobidan olib kirilayotgan tovarlar;
6) dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari, shuningdek dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kirilayotgan xom ashyo;
7) O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish texnologik asbob-uskunalarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan e‘tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi;
8) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;
9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
10) bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘z ishlab chiqarishida foydalanish uchun olib kirayotgan xom ashyo, materiallar va yarim mahsulot.