Soliqlar va soliqqa tortish


Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə42/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

6. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra ro‘yxatlar va stavkalar bo‘yicha aksiz solig‘i solinadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i bojxona xizmatlari tomonidan so‘mlarda undiriladi va har 5 kunda respublika budjetiga kirim qilinadi.
Olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga aksiz solig‘ining hisobi va uning budjetga kelib tushishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmatining hududiy boshqarmalari amalga oshiradi.
Respublika xududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib kiruvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar aksiz solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq solish ob‘ekti bo‘lib bojxona yuk deklaratsiyasining 45-ustunida ko‘rsatilgan, tovarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha so‘mlarda qayta hisoblangan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.
Aksiz solig‘i summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S x A/100,
bu yerda:
S - bojxona qiymati;
A - aksiz solig‘i stavkasi.
Olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i summasi tovarning bojxona qiymatidan foizlarda yoki bir birlik o‘lchovi uchun AQSh dollarlarida belgilanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz solig‘i olinmaydigan tovarlarning jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi bo‘yicha belgilangan normalar”ga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i tatbiq etilmaydi.
Majburiy ravishda markalanadigan, olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlarga aksiz solig‘ini to‘lovchilar aksiz markalarini xarid qilish chog‘ida kontrakt (bayonot berilgan) qiymatidan hisoblangan aksiz solig‘i summasining 100 foizini to‘laydilar, bunda aksiz markalarining nominal qiymati aksiz solig‘i summasidan ortiq miqdorda to‘lanadi, mablag‘lar belgilangan tartibga ko‘ra respublika budjetiga kirim qilinadi.
Markalangan, aksiz to‘lanadigan tovarlar olib kirilganda aksiz solig‘i summasi bojxona qiymatidan kelib chiqib qayta hisoblanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy bojxona boshqarmalarining qaroriga ko‘ra to‘lovchiga, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi sanasidan boshlab 2 oydan oshmaydigan muddatga aksiz solig‘ini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilishi mumkin.
Ortiqcha kelib tushgan aksiz solig‘i summasi o‘ttiz kun ichida qaytarilishi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritilishi kerak.
Ular to‘langan yoki undirilgan paytdan boshlab bir yil davomida to‘lovchi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan aksiz solig‘i summalari qaytarilishini talab qilib, murojaat etishi mumkin.
Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarish bojxona organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etish bilan amalga oshiriladi:

  • to‘lovchining yozma arizasi, unda ortiqcha to‘lash yoki undirish sabablari ko‘rsatiladi, shuningdek pul mablag‘lari qaytarilishi kerak bo‘lgan to‘lovchining bank rekvizitlari beriladi;

  • aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va undirish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi;

  • ijrosi to‘g‘risida bank belgisi qo‘yilgan, aksiz solig‘ining tegishli summalarini to‘lashga oid to‘lov hujjati;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar) chegaradan haqiqatda olib o‘tilgani to‘g‘risida chegara bojxonasining belgisi qo‘yilgan (zarur hollarda) tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar.

Ortiqcha to‘langan aksiz solig‘i summalarini qaytarish umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek aksiz solig‘i to‘liq undirilishi, ko‘rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 285-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalash joriy etildi va ularni aksiz markalarini yopishtirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta‘qiqlandi.
Aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respublika budjetiga nominal qiymati bo‘yicha buyurtma berilayotgan aksiz markalari miqdorining butun summasini to‘lagach, davlat soliq inspektsiyalariga turlari bo‘yicha aksiz markalarining zarur miqdorini xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari soliq inspektsiyalarining aksiz markalariga doir kelib tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda aksiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi.
Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani “Davlat belgisi” Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.
Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.
Davlat soliq inspektsiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.
Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini:

  • tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘langanidan keyin;

  • tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘langanidan keyin beradilar.

Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha xarid qiladigan aksiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika budjetiga kiritiladi va aksiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aksiz markalarining qiymati hisobiga olinmaydi.
Aksiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat belgisi” DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlaydi.
“Davlat belgisi” DIChBning aksiz markalarini ishlab chiqarishga doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida qoplaydi.
Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:

  • respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib kelinadigan;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelinadigan;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan;

  • Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan aksizsiz olib kelish me‘yorlari doirasida olib kelinadigan (jo‘natiladigan) aksizosti tovarlari majburiy tarzda markalanmaydi.

Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmaydi.
Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aksiz tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular bo‘yicha umumiy belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘lanadi.
Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan;

  • O‘Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan;

  • 98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil;

  • 01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari;

  • 4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi;

  • 5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi;

  • 98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi;

  • 99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz tovarlari anglatadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin