4.6-jadval
Ayrim rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jalik sub‘ektlari to‘laydigan asosiy soliq turlari
Soliq turlari
|
AQSh
|
Fransiya
|
Italiya
|
Buyuk Britaniya
|
Germaniya
|
Daromad solig‘i
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Korporativ soliq
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Mol-mulk solig‘i
|
-**
|
+
|
-
|
+
|
-**
|
Yer solig‘i
|
+
|
+
|
-*
|
-
|
+
|
Mahalliy soliqlar (yer solig‘idan tashqari)
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
QQS
|
-
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Sotuvga soliq
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Ijtimoiy to‘lovlar
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
* - daromad solig‘iga kiritilgan.
** - yer solig‘iga kiritilgan.
Germaniya, Frantsiya, Italiyada qishloq xo‘jalik sub‘ektlari hisoblangan fermerlik kooperativlariga korporativ soliqni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar keng tarqalgan. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to‘laydigan yer solig‘i boshqa yuridik shaxslarga nisbatan ancha past miqdorda belgilangan.
Gollandiyada bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatga qobiliyatli aholining 4 foizigina ishlaydi. Bu davlatning xududi va aholisi O‘zbekiston bilan solishtirganda bir necha barobarga kam. Tabiiy sharoiti esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi uchun anchagina noqulay. Shunga qaramasdan ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Eksportning yillik hajmi taxminan 35 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.
Jahonda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari AQSh davlatida mukammal shakllangan deb atash mumkin. Buning asosiy sabablari, fermer xo‘jaliklariga yordam dasturlarini mablag‘ bilan ta‘minlashda federal xukumat etakchilikni o‘zida saqlab turganligi bilan izohlanadi.
5-mavzu: Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Reja:
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.
2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari.
3. Soliq imtiyozlari.
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to‘ldirish tartibi.
6. Import tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartibi.
7. Qo’shilgan qiymat solig’ining xorijiy davlatlarda undirishning ijobiy tajribalarini o’zlashtirish masalalari.
1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlaridan biri – qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot etkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta frantsuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi.
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Evropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Evropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me‘yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e‘tirof etildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa tortishning ob‘ekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi tovaroborot, balki mamlakat korxonalarining tashqi bozorlaridagi tovaroboroti ham hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‘pchilik hollarda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini «Evropacha» soliq deb ham atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki, birinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i dunyoda birinchi marta Evropa davlati bo‘lgan Frantsiyada joriy etildi; ikkinchidan, 1977 yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Evropaning bir necha davlatlarida joriy etildi; uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Evropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Hozirgi vaqtda qo‘shilgan qiymat solig‘i Evropa Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarning davlat budjetlarining daromadlarini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi.
Evropa Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarda soliq tushumlarining tarkibida egri soliqlarni yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablaridan biri, bu mamlakatlarda soliq stavkalarini umumlashtirilganligi va soliqqa tortish bazasini o‘zaro uyg‘unlashtirilganligi hisoblanadi. Bu masalaning O‘zbekiston Respublikasi uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi shundaki, mamlakatimiz tovaroborotining sezilarli qismi Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‘iston Respublikalariga to‘g‘ri keladi. Hozirga qadar mazkur mamlakatlar o‘rtasida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalarini umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini uyg‘unlashtirish masalasi hal qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra 2017 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 30,2 foizni, egri soliqlar tarkibida esa 55,3 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjet daromadlarining asosiy manbai ekanligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |