Soliqlar va soliqqa tortish


Soliq ob‘ekti, yalpi tushum tarkibi va soliq bazasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə22/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

3.Soliq ob‘ekti, yalpi tushum tarkibi va soliq bazasi. Yagona soliq to‘lovi ob‘ekti (soliq solinadigan aylanma) bo‘lib, yalpi tushum hisoblanadi.
Quyidagilar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi:
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda (qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun) sotilishidan tushgan tushum summasi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotilishidan tushgan tushum deganda quyidagilar tushuniladi:
- qurilish, qurilish-montaj, ta‘mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot korxonalari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum summasi deganda o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblangan yalpi tushum tushuniladi;
- lizing kompaniyalari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum summasi deganda lizing bo‘yicha foizli daromadlar tushuniladi;
- vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun – ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul mukofoti summasi;
- tayyorlov, ta‘minot-sotish tashkilotlari uchun – realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromad;
- lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – o‘yin chiptalarini ularda ko‘rsatilgan narx bo‘yicha tarqatishdan tushgan tushum.
2) asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Quyidagilar asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarga kiritiladi:
a) undirilgan yoki qarzdor e‘tirof etgan jarimalar, penyalar hamda xo‘jalik shartnomalarining shartlarini buzganlik uchun boshqa jazo turlari, shuningdek etkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha daromadlar;
b) hisobot yilida aniqlangan, o‘tgan yillardagi daromadlari;
v) mikrofirma va kichik korxonalar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar singari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘lanmagan operatsiyalardan boshqa daromadlar;
g) mikrofirma va kichik korxonaning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini sotishdan daromadlar;
d) kreditorlik va debetorlik qarzini qonun bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
e) tovar-moddiy boyliklarni qo‘shimcha baholash.
Tovar-moddiy boyliklarni qo‘shimcha baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga qarab soliq solinadigan yalpi tushumga kiritiladi;
j) tekin moliyaviy yordam, shu jumladan tekinga olingan mol-mulk;
z) boshqa operatsion daromadlar.
3) moliyaviy faoliyatdan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi:
a) olingan royalti;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar hamda mikrofirma va kichik korxonaga tegishli bo‘lgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;
v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan daromad (marja);
g) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi farqdan daromadlar.
d) qimmatli qog‘ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar;
e) moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.
4) favqulodda daromadlar.
Tovarlar (xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish) bepul berilganda soliq solish ob‘ektiga ularning qiymati ham kiritiladi, bu qiymat ularni ishlab chiqarishga ketgan amaldagi xarajatlardan, mol-mulk bepul berilganda esa balansda qayd etilgan qoldiq qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.
Soliq kodeksiga ko‘ra soliq solinadigan yalpi tushum hisoblab chiqilayotganda quyidagilar yalpi tushum sifatida qaralmaydi:
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag‘lar;
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
3) shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
4) realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to‘lash (bo‘nak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
5) mulk huquqi ularga o‘tgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq ta‘minlash sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
6) budjetdan berilgan subsidiyalar;
7) agar mablag‘larni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
8) olingan grantlar;
9) aktsiyador – yuridik shaxsning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga yo‘naltirilganda qo‘shimcha aktsiyalarning qiymati yoki aktsiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tariqasida olingan daromadlari;
10) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar;
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik va topshiriq shartnomalari yoki vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud o‘zga ishonchli shaxs uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash hisobiga tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno);
12) ob‘ekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) to‘lovining bir qismi tarzida qoplanishi;
13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar;
14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub‘ektining muassislaridan (ishtirokchilaridan) ularning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablag‘lar soliq solish ob‘ektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim;
15) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
Balansning valyuta moddalarini qayta baholash chog‘ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o‘rtasidagi saldo soliq solish ob‘ekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs farqi summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Soliq kodeksining 356-moddasiga ko‘ra soliq solinadigan bazani aniqlash uchun yalpi tushum summasidan quyidagilar chegirib tashlanadi:
1) davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar;
2) to‘lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;
3) dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga to‘lov manbaida umumiy asoslarda soliq solinadi;
4) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;
5) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
6) mahsulot etkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatish (hisobdan chiqarish) natijasida olingan boshqa daromadlar.
Chegirmalardan tashqari soliq solinadigan baza quyidagilar uchun kamaytiriladi:
1) avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun:
-transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga;
-benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan farq summasiga;
2) lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq bo‘lmagan miqdoriga;
3) brokerlik tashkilotlari uchun – bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga;
4) vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasiga.
5) yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25 foiziga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi;
6) yosh oilalar jumlasidan bo‘lgan xodimlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha badallar to‘lashga va (yoki) mulk qilib uy-joy olishga tekin yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 10 foiziga.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin