Soliqlar va soliqqa tortish


-mavzu: Soddalashtirilgan soliq tizimi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə20/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

4-mavzu: Soddalashtirilgan soliq tizimi


Reja:


4.1. Yagona soliq to‘lovi.
4.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish.
4.3. Yagona yer solig‘i.
4.4. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
4.5. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda savdo va umumiy ovqatlanish hamda qishloq xo’jalik korxonalarini soliqqa tortishning ilg’or tajribalaridan foydalanish masalalari.


4.1. Yagona soliq to‘lovi.


1. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotiga tadbiq etilishi, uning iqtisodiy mohiyati. Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son “Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida” gi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya‘ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat‘iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir nechta soliq turi o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin